Salıq xızmeti xabarları
3.03K subscribers
9.77K photos
2.51K videos
178 files
8.36K links
Tarawǵa baylanıslı múrájatlardı jollaw ushın: @saliq_murajat_bot

Instagram https://www.instagram.com/saliq_xabarlari
Facebook https://www.facebook.com/saliqxabarlari
Youtube https://www.youtube.com/channel/UCs9W8hHE


Maģlìwmat ushın tel: (61) 222-00-33
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Ayrim huquqbuzarliklar uchun birinchi marta ogohlantirish beriladi

2025-yil 1-apreldan boshlab soliq organlari xodimlari tomonidan oʻzlariga biriktirilgan korxonalarda yoki mahallalardagi tadbirkorlik subyektlarida soliqqa oid ayrim huquqbuzarliklar aniqlanganda:

📢birinchi marta ogohlantirish beriladi;

ogohlantirishdan keyin uch kun ichida soliqqa oid huquqbuzarlik bartaraf etilmaganligi yoki takroran aniqlanganligi sayyor soliq tekshiruvini oʻtkazish uchun asos boʻladi;

🖥soliqqa oid huquqbuzarliklar boʻyicha sayyor soliq tekshiruvini tekshiruv boshlangandan keyin 24 soat ichida “Yagona davlat nazorati” axborot tizimida roʻyxatga olish orqali Biznes-ombudsmanni xabardor qilish tartibida amalga oshirishga ruxsat etiladi;

📑sayyor soliq tekshiruvi natijalari boʻyicha rasmiylashtirilgan dalolatnoma sayyor soliq tekshiruvi boʻyicha qaror qabul qilish uchun asos boʻladi.

Bu faqat quyidagi huquqbuzarliklar uchun amal qiladi:

🧾nazorat-kassa texnikalar va toʻlov terminallaridan foydalanish tartibini buzish;

📇mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan xodimlar va ish haqi fondini soliq hisobotida aks ettirmaslik;

🏠yer uchastkalaridan hujjatsiz yoki yer uchastkasiga boʻlgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlarda koʻrsatilganidan koʻp miqdorda foydalanish;

💎foydali qazilmalarni noqonuniy qazib olish yoki qazib olingan foydali qazilmalar hajmini soliq hisobotida koʻrsatmaslik.

2025-yil 1-maydan boshlab “Soliq xavfini aniqlash, tahlil qilish va baholash” avtomatlashtirilgan dasturi natijalariga asosan soliq bazasini yashirish (kamaytirib koʻrsatish) faktlari boʻyicha soliq tekshiruvlari boshlanganligi toʻgʻrisida tadbirkorlik subyektini xabardor qilish talab etilmaydi.
Amaldagi tartibga koʻra, xabarnoma 10 ish kunidan kechiktirmay berilishi kerak.

👉PQ-78-son 27.02.2025-yil
__________
#новое_в_законодательстве

За некоторые налоговые правонарушения в первый раз будет предупреждение


С 1 апреля 2025 года при выявлении сотрудниками налоговых органов на закрепленных за ними предприятиях или у субъектов предпринимательства в закрепленных махаллях некоторых налоговых правонарушений:

📢в первый раз объявляется предупреждение;

неустранение либо выявление налоговых правонарушений повторно в трехдневный срок после предупреждения является основанием для проведения выездной налоговой проверки;

🖥разрешается проведение такой проверки в порядке уведомления Бизнес-омбудсмана путем регистрации в информационной системе "Единый государственный контроль" в течение 24 часов с момента начала проверки;

📑акт, оформленный по результатом выездной проверки, является основанием для принятия решения по проверке.

Это касается только следующих правонарушений:

🧾нарушение порядка применения контрольно-кассовой техники и расчетных терминалов;

📇неотражение в налоговой отчетности осуществляющих трудовую деятельность сотрудников и фонда заработной платы;

🏠использование земельных участков без документов либо в большем размере, чем это указано в документах, подтверждающих право на земельный участок;

💎незаконная добыча полезных ископаемых или неотражение в налоговой отчетности объема добытых полезных ископаемых.

С 1 мая 2025 года не требуется уведомлять субъект предпринимательства о начале налоговых проверок по фактам сокрытия (занижения) налоговой базы, проводимых на основании результатов автоматизированной программы по определению, анализу и оценку налогового риска.
Согласно действующему порядку нужно уведомлять не позднее чем за 10 рабочих дней.

👉№ПП-78 от 27.02.2025 г.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Maxsus iqtisodiy va sanoat zonalarini rivojlantirishning asosiy maqsadli ko‘rsatkichlari belgilandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Maxsus iqtisodiy va sanoat zonalari faoliyatining samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida Farmoni qabul qilindi.
👉PF-41, 04.03.2025 y.

Unga ko‘ra, 2025-yilda:

Maxsus iqtisodiy zonalar – belgilangan chegaralarda maxsus huquqiy soliq va bojxona rejimi joriy qilingan holda, eksportbop, yuqori texnologik loyihalarni amalga oshirish uchun tashkil etiladi.

Maxsus iqtisodiy va sanoat zonalari direksiyalari ular tomonidan ijaraga berilgan yer maydonlari uchun 2028-yil 1-yanvarga qadar yer solig‘i bo‘yicha hisoblangan summaning 1%ini to‘laydi.

Maxsus iqtisodiy zonalar ishtirokchilari uchun qonunchilikda nazarda tutilgan imtiyozlar belgilangan muddatlarga qadar saqlab qolinadi.

👉Batafsil

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#siyasıy_aǵartıwshılıq_saatı 📚
#nızamshılıqtaǵı_jańalıqlar

⚡️"Siyasiy-aǵartıwshılıq saatı"

Búgingi kúnniń eń áhmiyetli hám aktual máseleleri haqqında maǵlıwmat berip barıwshı "Siyasıy-aǵartıwshılıq saatı" Qaraqalpaqstan Respublikası salıq basqarmasında.
📌«Siyasiy aǵartıwshılıq saatı»na Qaraqalpaqstan Respublikası salıq basqarması xızmetkerleri hám aymaqlıq salıq inspekciyaları xızmetkerleride "ZOOM" platforması arqalı online qatnastı.
___________
#siyosiy_marifat_soati
#qonunchilikdagi_yangiliklar

"Siyosiy-ma’rifat soati"

Bugungi kunning eng muhim va dolzarb masalalari haqida ma’lumot berib boruvchi "Siyosiy-ma’rifat soati" Qoraqalpog‘iston Respublikasi soliq boshqarmasida.
📌"Siyosiy ma’rifat soati"ga Qoraqalpog‘iston Respublikasi soliq boshqarmasi xodimlari va hududiy soliq inspeksiyalari xodimlari ham "ZOOM" platformasi orqali online qatnashdi.

🟢telegram 🔴 facebook  🔵  instagram  🟠 youtube
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Yuk tashish hujjatlaridagi yangiliklar: qo‘shimcha va afzalliklar

Vazirlar Mahkamasining "O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga tovar-moddiy boyliklarini tashish hujjatlarini rasmiylashtirish tartibini yanada takomillashtirishga qaratilgan o‘zgarish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida" qarori qabul qilindi.
👉 VMQ-168, 18.03.2025-y.

Unga ko‘ra:

Tovar-moddiy boyliklar yuklab jo‘natish bilan bir vaqtda realizatsiya qilinganda, elektron hisobvaraq-faktura (EHF) va tovar-transport yuk xati (TTYX) birlashtirilgan holda rasmiylashtirilishi mumkin.

❗️Bu tadbirkorlarning ish hajmi va vaqtini kamaytirib, mablag‘larini tejaydi.

Quyidagi holatlarda EHF bilan ETTYX birlashtirilib rasmiylashtirilmaydi:

🔹yuklar transport vositasidan foydalanmagan holda (qo‘lda yoki maxsus qurilmalar yordamida) tashilganda;

🔹tovarlarni realizatsiya qilish va yuklab jo‘natish bir vaqtda amalga oshirilmaganda.

Aytish kerakki, TTYXni elektron shaklda rasmiylashtirish talabi yuridik shaxslar, YTT va aylanmasi 100 mln so‘mdan oshgan o‘zini o‘zi band qilgan shaxslarga nisbatan qo‘llaniladi.

Shuningdek, qaror bilan:

hujjatdagi xatoliklarni mustaqil ravishda tuzatish maqsadida “Tuzatuvchi ETTYX”ni rasmiylashtirish tartibi;

yuklar jismoniy shaxslarga yetkazib berilganda va tovar xususiyatiga ega bo‘lmagan yuklar tashilganda “Bir tomonlama ETTYXni rasmiylashtirish" tartibi;

yuklarni bir nechta transport almashinuvi hamda pochta va kuryerlik xizmati orqali tashilganda ETTYXni rasmiylashtirish tartiblari belgilandi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Kichik va o‘rta biznesning iqtisodiyotdagi o‘rnini oshirish chora-tadbirlari belgilandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kichik va o‘rta biznesning iqtisodiyotdagi o‘rnini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni qabul qilindi.
👉PF-50-son, 19.03.2015-y.

Unga ko‘ra:

🔹2025-yil 1-maydan o‘z faoliyatini o‘rta yoki yirik biznes toifasigacha yiriklashtirgan tadbirkorlik subyektlariga – 1 yil davomida QQS summasi o‘rnini qoplash (qaytarish) 7 kun muddatda tezlashtirilgan tartibda amalga oshiriladi;
Amalda yirik, eksport qiluvchi va «AAA» toifadagi subyektlarga qaytariladi.

🔹2025-yil 1-iyuldan 2028-yil 1-yanvarga qadar:

▫️kichik va o‘rta biznes subyektlari uchun qo‘shimcha talablar va majburiyatlarni belgilaydigan normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilishga moratoriy eʼlon qilinadi;
▫️tadbirkorlik subyektlariga yangi tartibga solish vositalarini belgilovchi yoki amaldagilarini kuchaytirishni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjatlarning kuchga kirish sanasi 1-yanvar yoki 1-iyul etib belgilanadi;
▫️kichik tadbirkorlik subyektlari birinchi faoliyat yili davomida ilk bor sodir etgan savdo va tadbirkorlik sohalariga oid maʼmuriy huquqbuzarlik uchun maʼmuriy javobgarlikdan ozod etiladi;

🔹2025-yil 1-sentabrdan boshlab bir vaqtning o‘zida quyidagi barcha mezonlarga javob beruvchi kichik va o‘rta biznes subyektlarini ixtiyoriy tugatishning soddalashtirilgan tartibi joriy qilinadi:

▫️oxirgi 3 yilda tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olgan jami daromadi 10 mlrd so‘mdan oshmagan;
▫️budjet va kreditorlar oldida qarzdorligi mavjud bo‘lmagan hamda muntazam ravishda soliq hisobotlarini taqdim etayotgan;
▫️ “Xavfni tahlil qilish” elektron tizimida xavf darajasi past bo‘lgan.

🔹2026-yil 1-yanvardan o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat (ishlar, xizmatlar) turlarini qisqartiriladi;
Amaldagi 106 ta faoliyat turi 72 taga qisqartirilmoqda. Asosan YTT shug‘ullanadigan (xonalarni tozalash, mebel yig‘ish, avtomobillarni taʼmirlash, kosmetolog) va sanoat usulida amalga oshiriladigan (pechka va kaminlar yasash, shisha puflash, ko‘zgu tayyorlash, soatsozlik) yo‘nalishlar qisqarmoqda.

🔹fermer xo‘jaliklarining soliq qarzdorligi bo‘yicha hisoblangan penya hisobidan chiqariladi hamda sud va ijro ishlarining ushbu penyani undirish bilan bog‘liq qismi tugatiladi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
O‘zini_o‘zi_band_qiladigan_shaxslar_uchun_faoliyat_ishlar,_xizmatlar.pdf
1.6 MB
#qonunchilikdagi_yangiliklar

2026-yil 1-yanvardan o‘zini o‘zi band qiladigan shaxslar uchun faoliyat turlari ro'yxati
___________
#новое_в_законодательстве

Перечень видов деятельности для самозанятых лиц с 1 января 2026 года

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Hunarmandchilik faoliyatining yo‘nalishlari ro'yxati.pdf
3.2 MB
#qonunchilikdagi_yangiliklar

2026-yil 1-yanvardan Milliy hunarmandchilik faoliyatining yo'nalishlari ro'yxati
___________
#новое_в_законодательстве

Перечень направлений ремесленнической деятельности с 1 января 2026 года

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#siyasıy_aǵartıwshılıq_saatı 📚
#nızamshılıqtaǵı_jańalıqlar

⚡️"Siyasiy-aǵartıwshılıq saatı"

Búgingi kúnniń eń áhmiyetli hám aktual máseleleri haqqında maǵlıwmat berip barıwshı "Siyasıy-aǵartıwshılıq saatı" Qaraqalpaqstan Respublikası salıq basqarmasında.
📌«Siyasiy aǵartıwshılıq saatı»na Qaraqalpaqstan Respublikası salıq basqarması xızmetkerleri hám aymaqlıq salıq inspekciyaları xızmetkerleride "ZOOM" platforması arqalı online qatnastı.
___________
#siyosiy_marifat_soati
#qonunchilikdagi_yangiliklar

"Siyosiy-ma’rifat soati"

Bugungi kunning eng muhim va dolzarb masalalari haqida ma’lumot berib boruvchi "Siyosiy-ma’rifat soati" Qoraqalpog‘iston Respublikasi soliq boshqarmasida.
📌"Siyosiy ma’rifat soati"ga Qoraqalpog‘iston Respublikasi soliq boshqarmasi xodimlari va hududiy soliq inspeksiyalari xodimlari ham "ZOOM" platformasi orqali online qatnashdi.

🟢telegram 🔴 facebook  🔵  instagram  🟠 youtube
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Kreativ park rezidentlariga soliq imtiyozlari belgilanmoqda


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar bilan ochiq muloqotida belgilangan vazifalarni amalga oshirishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoni qabul qilindi.
👉PF-61, 26.03.2025-y.

Unga asosan, kreativ industriya parki (kreativ park) yaratiladi.

2025-yil 1-maydan 2031-yil 1-yanvargacha mazkur kreativ park rezidentlariga quyidagi soliq imtiyozlari joriy etiladi:
🔸ijtimoiy soliqni hamda jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻini 50% kamaytirilgan stavkada toʻlash;
🔸rezidentlarni tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromadi miqdoridan qatʼi nazar aylanmadan olinadigan soliq toʻlovchilar toifasiga kiritish. Bunda rezidentlar oʻz istagiga binoan umumbelgilangan soliq solish tartibiga oʻtishlari mumkin.

❗️Ushbu tartib Soliq kodeksiga tegishli oʻzgartirishlar kiritilgandan soʻng amaliyotga joriy etiladi.
👉Soliq kodeksining
2- va 75-moddasi

📌Ma’lumot uchun, amalda tovar aylanmasi 1 mlrd so'mdan oshgan aylanmadan olinadigan soliq to‘lovchilar mazkur oshish ro‘y bergan sanadan boshlab umumbelgilangan soliqlarni (QQS va foyda solig'i) to‘lashga o‘tadi.
__________
#новое_в_законодательстве

Резидентам креативного парка будут предоставлены налоговые льготы

Глава государства подписал Указ "О мерах по реализации задач, определенных в открытом диалоге Президента Республики Узбекистан с молодежью".

👉№ УП-61 от 26.03.2025 г.

Согласно документу будет создан Парк креативной индустрии (креативный парк).

С 1 мая 2025 года по 1 января 2031 года резиденты креативного парка:
🔸будут уплачивать социальный налог и налог на доходы физических лиц по ставке, сниженной на 50%;
🔸будут включены в категорию плательщиков налога с оборота независимо от размера их дохода, полученного от реализации товаров (работ, услуг). При этом резиденты по их желанию могут перейти на общеустановленный порядок налогообложения.

❗️Данный порядок будет внедрен в практику после внесения соответствующих изменений в Налоговый кодекс.
👉
ст.2 и ст.75 НК

📌К сведению. Согласно действующему порядку плательщики налога с оборота, у которых совокупный доход превысил 1 млрд сумов, переходят на уплату общеустановленных налогов (НДС и налог на прибыль) с даты превышения.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads