Salıq xızmeti xabarları
3.2K subscribers
8.69K photos
2.16K videos
163 files
7.51K links
Tarawǵa baylanıslı múrájatlardı jollaw ushın: @saliq_murajat_bot

Instagram https://www.instagram.com/saliq_xabarlari
Facebook https://www.facebook.com/saliqxabarlari
Youtube https://www.youtube.com/channel/UCs9W8hHE


Maģlìwmat ushın tel: (61) 222-00-33
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mahallabay #4_sektor

Bunyodkorlik maydoniga aylanayotgan Yunusobod

📍Poytaxtimizning Yunusobod tumanini yanada rivojlantirish va aholi turmush sharoitini yaxshilash maqsadida hududda Davlat soliq qo‘mitasi raisining maxsus shtabi faoliyat yuritmoqda.

Maxsus shtab tomonidan ayni paytda 16 ta mahallada keng ko‘lamli obodonlashtirish va bunyodkorlik ishlari amalga oshirilyapti.
#mahallabay

Mahallalarda soliq organlari faoliyati natijalari

Soliq xizmati organlariga mahalla darajasiga tushib ishlash boʻyicha berilgan topshiriqlar ijrosini taʼminlash maqsadida 2023-yilda 9 443 ta mahallaga 4 427 nafar soliq xodimi biriktirildi.

Shuningdek, soliq organlarining 21 ta yoʻnalishdagi asosiy vazifalari belgilab berildi.

Soliq organlarining mahalladagi faoliyatini baholash uchun “Mahallalarda soliq organlari faoliyati” axborot tizimi ishlab chiqildi.

Ushbu tizim mahallalardagi bevosita har bir soliq toʻlovchi jismoniy shaxsning, tadbirkorning ijtimoiy va iqtisodiy muammolarini oʻrganish, ularga proaktiv shaklda xizmat koʻrsatish, tadbirkorlikni rivojlantirish, yangi ish oʻrinlarini yaratishda soliq organlari xodimlarining ishtiroki va imkoniyatlarini toʻliq ishga solishni taʼminlashga xizmat qiladi.

Mazkur yangi tizimning ishga tushishi natijasida 2023-yil yakuniga qadar yer va mol-mulk soliqlaridan prognozga nisbatan qo‘shimcha 2 trln so‘m, shundan 1,1 trln so‘mi 2023-yilning 4-choragida budjetga tushirildi. Jismoniy shaxslarning mol-mul va yer soliqlaridan tushumlar o‘tgan yilga nisbatan 1,5 baravarga oshdi.

Yashirin ish o‘rinlari legallashtirilganligi hisobiga daromad solig‘i to‘lovchilar 263,2 ming nafarga ko‘payib, 5,3 mln nafarga yetganligi hamda ish haqini oshirilishi JShODS bo‘yicha qo‘shimcha 1,9 trln so‘m tushirish imkoniyatini berdi.

O‘zini-o‘zi band qilgan fuqarolar 2,6 mln nafarni tashkil etib, yil boshiga nisbatan qariyb 1 mln nafarga oshdi.
______________
#махаллабай

Результаты деятельности налоговых органов в махаллях


В целях обеспечения исполнения органами налоговой службы поручений по работе на уровне махалли, в 2023 году за 9 443 махаллями закреплено 4 427 налоговых сотрудников.

Также определены основные задачи налоговых органов по 21 направлению.

Для оценки эффективности их работы разработана информационная система «Деятельность налоговых органов в махаллях».

Данная система служит изучению социальных и экономических проблем физических лиц и предпринимателей в махаллях, оказанию им проактивного обслуживания, развитию предпринимательства, обеспечению полного участия и максимального использования возможностей сотрудников налоговых органов в создании новых рабочих мест.

В результате запуска новой системы по отношению к прогнозу показателей к концу 2023 года дополнительно поступило 2 трлн сумов налогов на имущество и землю, из них 1,1 трлн сумов в IV квартале прошлого года. Поступления по налогам на имущество и землю физических лиц увеличились в 1,5 раза по сравнению с прошлым годом.

За счет легализации скрытых рабочих мест количество плательщиков налога на доходы выросло на 263,2 тысячи и достигло 5,3 млн человек, а повышение заработной платы дало возможность обеспечить дополнительно 1,9 трлн сумов НДФЛ.

Число самозанятых граждан составило 2,6 млн человек и увеличилось почти на 1 млн по сравнению с началом прошлого года.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
#mahallabay

Soliq qoʻmitasi Raisi Xorazmda

Soliq qoʻmitasi Raisi Sh.Kudbiyev mahallalarga biriktirilgan soliq inspektorlari faoliyati hamda ayni yoʻnalishda amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishish maqsadida muntazam ravishda hududlarga tashrif buyurmoqda.

📍Bu galgi tashrif manzili – Xorazm viloyati. Qoʻmita Raisi Urganch tumanidagi “Oyoq bog‘"  hamda Xiva tumanidagi “Istiqlol” mahallasida boʻlib tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning qonuniy faoliyat olib borishiga  ko‘maklashish, soliq bazasini kengaytish bo‘yicha soliq inspektorlari tomonidan olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Xorazm viloyatida 531 ta mahallalarga 244 nafar soliq inspektorlari biriktirilgan, ular oʻzlarining asosiy ish faoliyatini mahalla hududida olib bormoqda.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#mahallabay

Prezident Shavkat Mirziyoyev Namangan viloyati Uychi tumanidagi “Qumtepa” yoshlar kichik sanoat zonasida boʻldi hamda Qumtepa mahallasi "yettiligi" bilan
uchrashdi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#mahallabay

Президент Шавкат Мирзиёев Шароф Рашидов туманидаги Туёқли маҳалласида бўлиб, аҳоли турмуш шароити билан танишди.
——-
#махаллабай

Президент Шавкат Мирзиёев посетил махаллю Туёкли в Шараф-Рашидовском районе, где ознакомился с условиями жизни населения.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#mahallabay

Qoraqalpog‘iston Respublikasi soliq boshqarmasida mahallalarda soliq organlari faoliyati samaradorligiga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi soliq boshqarmasi boshlig‘i X.Bekchanov, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qo‘mitasi mas’ul vakili hamda soha xodimlari ishtirok etdi.

Seminarda joriy yil mart oyi natijalariga ko‘ra, respublika miqyosida samaradorlik ko‘rsatkichi 91.0 ballni tashkil etganligi ta’kidlandi. Mahallabay ishlash tizimida eng yuqori ko‘rsatkichlarni qayd etgan 2 nafar soliq inspektori Soliq qo‘mitasi Raisining buyrug‘iga asosan, yana 8 nafar xodim boshqarma boshlig‘i tomonidan taqdirlandi.

Mehnat rag‘bat demakdir. Bu esa mehnati qadrlanayotgan har bir xodim uchun yanada ko‘proq ishlashga, o‘ziga biriktirilgan mahalla obodligini ta’minlashga hissa qo‘shishga va samaradorlik ko‘rsatkichining ortishiga zamin yaratishi, aniq.

🟢telegram 🔴 facebook  🔵  instagram  🟠 youtube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#mahallabay

Qoraqalpog‘iston Respublikasi soliq boshqarmasida mahallalarda soliq organlari faoliyati samaradorligiga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi.

Joriy yil mart oyida Mahallabay ishlash tizimi bo‘yicha Qoraqalpog‘istondagi 452 ta mahallaga 222 nafar soliq inspektori biriktirildi. Bunda samaradorlik ko‘rsatkichlari “Mahallalarda soliq organlari faoliyati” axborot tizimi orqali baholanmoqda.

🟢telegram 🔴 facebook  🔵  instagram  🟠 youtube
#mahallabay

Mahallalarda soliq organlari faoliyati


Joriy yil may oyida “Mahallalarda soliq organlari faoliyati” axborot tizimida soliq inspektorlarining samaradorlik koʻrsatkichi oʻtgan oyga nisbatan 1,8 balga oshib (KPI) 94 ballni tashkil etdi.

Umumiy reytingda soliq inspektorlari hissasi yuqori boʻlgan hududlar – Top-3:

Qashqadaryo viloyati – 95,1%;

Buxoro viloyati – 94,7%;

Namangan,Surxondaryo va Sirdaryo viloyatlari – 94,3%.


Mahallalarga biriktirilgan inspektorlarning may oyi reytingi koʻrsatkichlari:

90 balldan yuqori 2 820 nafar (aprelda 90 balldan yuqori inspektorlar 1 793 nafar boʻlgan) xodim oy yakuni boʻyicha mukofotlash uchun tavsiya etildi. Mukofotga tavsiya etilganlar oʻtgan oyga nisbatan 1 027 nafarga oshgan.

Reyting koʻrsatgichlarini 1 009 nafar xodim yaxshilab, 70 dan 90 ballgacha boʻlgan inspektorlar – 1 538 nafarni tashkil etdi.

Ish samaradorligi bo‘yicha 70 baldan past ball toʻplagan inspektorlar soni 8 nafar. Xodimlar bilan tushuntirish ishlari olib borilib, sabablari oʻrganilyapti.

Maʻlumot uchiun, “Mahallabay” tizimida respublika boʻyicha 9 445 ta mahallada 4 366 nafar soliq inspektori bevosita faoliyat olib boradi.
—————
#махаллабай

Деятельность налоговых органов в махаллях


В мае текущего года в информационной системе "Деятельность налоговых органов в махаллях" показатель эффективности (KPI) налоговых инспекторов увеличился по сравнению с прошлым месяцем на 1,8 балла и достиг 94 баллов.

ТОП-3 региона, в которых налоговые инспекторы внесли наибольший вклад в общий рейтинг:

Кашкадарьинская область – 95,1%;

город Бухара – 94,7%;

Наманганская, Сурхандарьинская и Сырдарьинская области – 94,3%.


Показатели рейтинга закрепленных за махаллями инспекторов за май:

выше 90 баллов - 2 820 сотрудников (в апреле было 1 793 инспекторов, у которых выше 90 баллов) были рекомендованы к вознаграждению по итогам месяца, число рекомендованных к премии увеличилось на 1 027 человек по сравнению с прошлым месяцем.

Рейтинговые показатели улучшили 1 009 сотрудников, 1 538 инспекторов получили от 70 до 90 баллов.

8 инспекторов набрали менее 70 баллов по эффективности работы. С ними проводится разъяснительная работа и выясняются причины.

Для информации. В системе «махаллабай» в 9 445 махаллях страны осуществляют деятельность 4 366 налоговых инспекторов.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#mahallabay #korxonabay
#soliqchi_komakchi


Tadbirkorlar bilan mahallabay ishlash bo‘yicha “Gʻijduvon tajribasi” asosida sanoatning vertikal o‘sishi ta'minlanmoqada

Prezidentimiz tashabbusi bilan boshlangan "mahallabay", “korxonabay” ishlash institutlari yashirin iqtisodiyotni oldini olish, norasmiy faoliyatlarni qonunilashtirish hamda tadbirkorlik faoliyatining yanada kengayishida muhim rol oʻynamoqda.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#mahallabay #korxonabay

Har bir soliq to‘lovchining o‘z soliqchisi bor


Prezidentimiz tashabbusi bilan boshlangan "mahallabay" va “korxonabay” ishlash institutlari barcha soliq to‘lovchilarga soliq inspektorlari bilan individual ishlash imkonini berdi.

Xususan bugungi kunda
▪️“korxonabay” ishlash tizimida 182 mingta QQS toʻlovchi korxonaga 902 nafar,
▪️"mahallabay" tizimida esa 9 445 ta mahallaga 4 349 nafar soliq inspektori biriktirilgan.

Ushbu xodimlarning asosiy vazifasi soliq toʻlovchilarga soliq majburiyatlarining oʻz vaqtida va toʻgʻri bajarilishida koʻmaklashishdan iborat.

Har bir soliq to‘lovchining my3.soliq.uz'dagi shaxsiy kabineti "Asosiy" sahifasida, o‘ziga biriktirilgan soliq inspektori haqida to‘liq ma’lumotlar (FIO, lavozimi va bog‘lanish uchun telefon raqami) joylashtirilgan:
▫️“Korxonabay” tizimida "Mening soliq boshqarmadagi inspektorim" bo‘limida;
▫️Mahallabay” tizimida "Mening mahalladagi soliq inspektorim" bo‘limida.

Soliq toʻlovchilar faoliyati
▫️“korxonabay” ishlash tizimi orqali 42 ta,
▫️"mahallabay" tizimida esa 25 ta yo‘nalishda avtomatik tahlil qilinadi.

Soliq to‘lovchilar uchun my3.soliq.uz portalida yaratilgan yana bir yangilik –
shaxsiy kabinetning "Asosiy" sahifasidagi “Xizmatlar” bo‘limida soliq to‘lovchilarning soliq organlariga murojaat yuborish shakli yangilandi.

Endilikda murojaat yuborishda uning qisqacha mazmunini bildiruvchi 40 ta mavzudan birini tanlash mumkin. Bunda 1,5 ming belgidan ko‘p bo‘lmagan matn va 5 MBgacha bo‘lgan fayl (xls/pdf/zip) biriktirish imkoni mavjud.

Yuridik va jismoniy shaxslar uchun soliq organining manzili soliq to'lovchining ro'yxatdan o'tgan joyi bo‘yicha avtomatik ravishda sozlanadi. Lekin soliq to‘lovchi o‘z ixtiyoriga ko‘ra, boshqa soliq organini - inspeksiya, boshqarma yoki Soliq qo'mitasini ham tanlashi mumkin.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#mahallabay_ishlash_samarasi

"Mahallabay" ishlash tizimi bo‘yicha yuqori ko‘rsatkich qayd etgan xodimlar rag‘batlantirildi

📍Beruniy tumani soliq inspeksiyasida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qo‘mitasi mas’ul vakili, sektor rahbarlari hamda soha xodimlari ishtirokida mahallalarda soliq organlari faoliyati samaradorligiga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi.

🔗Seminarda joriy yil iyul oyi natijalariga ko‘ra, Beruniy tumani soliq inspeksiyasi davlat soliq katta inspektori Yeshchanov Alim respublika miqyosida mahallabay ishlash tizimida eng yuqori samaradorlik ko‘rsatkichi (KPI) 💯ballni qayd etganligi ta’kidlandi va Soliq qo‘mitasi Raisining tashakkurnomasi va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Shuningdek, tuman hokimi va sektor rahbarlari tomonidan 12-avgust - O‘zbekiston Respublikasi soliq xizmati xodimlari bayrami bilan soliq sohasida xizmat olib borayotgan xodimlarini tabriklab esdalik sovgalari bilan mukofotladi.

🟢telegram 🔴 facebook  🔵  instagram  🟠 youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#mahallabay

TOP-100 “Mahalla yettiligi”reytingi eʼlon qilindi

Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi joriy yilning 8 oyi davomida mahallalarda tizimli ishlarni muvaffaqiyatli amalga oshirishda alohida natijalarga erishgan TOP-100 “mahalla yettiligi” reytingini eʻlon qildi.

Mazkur “mahalla yettiligi” xodimlarini bugungi kunda mahalla tizimining haqiqiy fidoyilari deb atash mumkin. Ular aholining intilishlari va maqsadlarini roʻyobga chiqarishda oʻzlarining ulkan hissalarini qoʻshmoqdalar.

Bugungi kunda har bir mahallaga biriktirilgan soliq organlari xodimlari bor imkoniyatlarni ishga solib, mahallalardagi soliq toʻlovchi jismoniy shaxsning, tadbirkorning iqtisodiy muammolarini oʻrganish va hal qilish, ularga proaktiv shaklda xizmat koʻrsatish, tadbirkorlikni rivojlantirish, yangi ish oʻrinlarini yaratishda fidokorona xizmat qilmoqda.

Top reytingga kiritilgan soliq inspektorlari:
Maxssetbay Saparbayev – Qoraqalpogʻiston Respublikasi “Ketenler” MFY;
Farrux Ashurboyev – Andijon viloyati “Kuygan-yor” MFY;
Samandar Rajabov – Buxoro viloyati “Polvonlar yurti” MFY;
Xayrulla Berdaliyev – Jizzax viloyati “Toqchilik” MFY;
Oʻktam Raxmatov – Qashqadaryo viloyati “Hontepa”MFY;
Jamshid Shapoʻlatov – Navoiy viloyati “Sarjal” OFY;
Islomjon Olimov – Namangan viloyati “Qoʻrgʻoncha” MFY;
Maxmudxoʻja Saidov – Samarqand viloyati “Chortut” MFY;
Shakirov Dilmurod – Sirdaryo viloyati “Islomobod” MFY;
Shamsiddin Mamataliyev – Surxondaryo viloyati “Gulzor” MFY;
Abror Musabekov – Toshkent viloyati “Tortuvli” MFY;
Baxtiyor Boltayev – Toshkent shahar “Olmos” MFY;
Akmaljon Murotov – Fargʻona viloyati “Jonibek” MFY;
Jalolbek Xudoyberganov – Xorazm viloyati “Qoramozi” MFY

Soliq qoʻmitasi faoliyatlari yuqori baxolangan mahallabay ishlash tizimi xodimlarini hamda oʻz kuch va imkoniyatlarini toʻliq ishga solib, reytingdan munosib oʻrin olgan barcha "mahalla yettiligi" xodimlarini samimiy tabriklaydi!

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads