QARAQALPAQSTAN KADASTR
2.44K subscribers
8.08K photos
968 videos
2 files
4.9K links
Bul kanalda Kadastr agentligi hám Mámleketlik kadastrlar palatası Qaraqalpaqstan Respublikası basqarmaları jańalıqlarınan xabardar bolıp barasız
Download Telegram
🔹Diqqat elon!🔹

🏢 Davlat kadastrlari palatasi Press turga taklif etadi!

📝 Mavzu: “Yerlarni xatlovdan o‘tkazish va geoportalga joylashtirish”.

📍 Uchrashuv joyi : Humo arena muz saroyi.
🗓 Vaqti: 2022 yil 29 mart soat 10:00da!

Press turda ishtirok etmoqchi bo‘lgan OAV vakillari 71 207 00 03 raqamlariga qo‘ng‘iroq qilib ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.

#DavKadastrPalata #press_tur #e_lon

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |YouTube
📣DIQQAT ELON!📣

🌟Davlat kadastrlari palatasi ushbu bilan quyidagilarni ma’lum qiladi.

▶️ Kadastr xizmatlariga integratsiya qilingan bankning xabar qilishicha, kadastr xizmatlariga aloqador MUNIS (banklararo universal tarmoqli axborot tizimi) dasturi orqali amalga oshiriladigan bank operatsiyalari 2022-yilning 25-dekabridan 2023-yilning 5-yanvariga qadar vaqtincha faoliyat ko‘rsatmaydi. Ya’ni notarial tartibda rasmiylashtirilgan bitimlarga asosan ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni Davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun amalga oshiriladigan to‘lovlarni aynan notarial idoralar orqali yoki PAYME elektron dasturi orqali amalga oshirishning imkoni cheklanadi.

Shu munosabat bilan ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun murojaat arizalari hamda to‘lovlarni VAQTINCHALIK Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali amalga oshirishingiz mumkin bo‘ladi.

▪️Yuzaga keladigan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.

#DavKadastrPalata #e_lon

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
▪️DIQQAT ELON!▪️

◼️Kadastr yo‘nalishiga tegishli davlat xizmatlari ko‘rsatilishida O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazining Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali va O‘zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligining Davlat xizmatlari markazi orqali buyurtmalar kelib tushishi yo‘lga qo‘yilgan.

◼️Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali va Davlat xizmatlari markazining axborot tizimlarida uzilishlar kuzatilishi oqibatida ayni davr oralig‘ida yaratilgan buyurtmalarning "DAVREESTR PRO-2" dasturida axborot tizimiga yetib kelishi hamda tizim orqali ishlov berilgan buyurtmalarning yakunlanishida bir qator muammolar yuzaga kelmoqda.

Ushbu holat, ayni damda to‘liq bartaraf etilishi bo‘yicha choralar ko‘rilmoqda.

◼️Yurtdoshlarimizdan yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz!

#DavKadastrPalata #e_lon

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

E'LON!

⭐️ Kadastr agentligi axborot tizimlarida profilaktik ishlar amalga oshirish rejalashtirilganligi sababli joriy yilning 7-dekabr soat 20:00 dan 11-dekabr soat 11:00 ga qadar Davlat xizmatlari markazlari hamda Notarial idoralarida kadastr sohasida davlat xizmatlarini ko‘rsatishda uzilishlar kuzatilishi mumkin.

⚙️ Shu boisdan hamyurtlarimizga tizimda texnik profilaktik ishlar tugallangunga qadar kadastr xizmatlaridan vaqtincha foydalana olmasliklarini ma'lum qilamiz.

▪️Yurtdoshlarimizdan yuzaga kelgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz!

#DavKadastrPalata #e_lon

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM