QARAQALPAQSTAN KADASTR
2.48K subscribers
8.02K photos
950 videos
2 files
4.86K links
Bul kanalda Kadastr agentligi hám Mámleketlik kadastrlar palatası Qaraqalpaqstan Respublikası basqarmaları jańalıqlarınan xabardar bolıp barasız
Download Telegram
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🟢 Ayni damda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi binosida "Ko‘chmas mulklarga oid ma’lumotlarni UZKAD axborot tizimiga o‘tkazish ishlari yuzasidan amalga oshirilgan ishlar" mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tkazilmoqda.

Matbuot anjumanni O'zbekiston hamda Uzreport telekanallari orqali jonli efirda tomosha qilishingiz mumkin.

#ayni_damda #matbuot_anjumani

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⁉️⁉️⁉️⁉️⁉️ 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 

🟢 Bugungi kunda yurtimizda 3,8 milliondan ortiq yaʼni 493 ming gektar yer uchastkalarining hujjatlari yo‘qligi va Qonunning maqsadi ham o‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni eʼtirof etish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iboratdir.

⚖️ Qonun loyihasi Prezidentimizning 2023-yil 2- noyabrda yer hisobi va kadastr xizmatlari bo‘yicha o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishidagi topshiriqlari asosida ishlab chiqildi. Loyihani tayyorlashda Italiya, Bolgariya, Xorvatiya, Chexiya va boshqa davlatlarning ijobiy tajribasi inobatga olindi.

Shuningdek, loyihani tayyorlash jarayonida Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan ishlab chiqilgan yo‘riqnomalar o‘rganildi.

🌟 Kadastr agentligi Metodologiya va uslubiy qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘i - Begzod Nishonov.

#ayni_damda #matbuot_anjumani

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⁉️⁉️⁉️⁉️⁉️ 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 

Oliy sud, Adliya vazirligi, Kadastr agentligi mas’ullari tomonidan birgalikda juda ko‘p holatlar o‘rganilib, umumlashtirdi va yer uchastkalarining rasmiylashtirilmagan asosiy 8 ta holati belgilab olindi:

🟢 2018 yil 1 maygacha yakka tartibdagi uy-joy qurib o‘zboshimchalik bilan egallagan yer hamda undagi bino va inshootlar;
🟢2018 yil 1 may kunigacha fuqarolar va tashkilotlar tomonidan hujjatda ko‘rsatilgan maydondan ortiqcha egallangan yer hamda undagi bino va inshootlar;
🟢“bir martalik aksiya” doirasida huquqlarini eʼtirof etish oxiriga yetmagan yer hamda undagi bino va inshootlar;
🟢2021 yil 8 iyunga (hokimlarning vakolati bekor qilinguniga) qadar tuman (shahar) hokimlari qarori bilan ajratilgan, lekin viloyat hokimi yoki xalq deputatlari Kengashi tomonidan ko‘rib chiqilmagan yer;
🟢bog‘dorchilik va uzumchilik shirkatlari hududidagi turar joylar hamda ular egallagan yer;
🟢kichik sanoat zonalari hududiga 2020 yil 9 martgacha joylashtirilgan tadbirkorlarning yeri;
🟢davlat orderi bilan xususiylashtirilgan binolar va uylar egallagan yer;
🟢hokim qarori bilan mulk huquqi eʼtirof etilgan binolar va uylar egallagan yer uchastkasi.

Adliya vazirligi boshqarma boshlig‘i - Jaksimuratov Uzakbergen

#ayni_damda #matbuot_anjumani

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⁉️⁉️⁉️⁉️⁉️ 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 

💫Dastlabki o‘rganishlarga ko‘ra, hozirgi kunda “bir martalik aksiya” doirasida hujjatlari rasmiylashtirilishi boshlangan, lekin yakuniga yetmagan 60 mingdan ziyod holat bor. Shuningdek, kichik sanoat zonalarida joylashgan 1 200 nafardan ortiq tadbirkorlarning yerlarini rasmiylashtirish ishlari tugatilmagan. Xuddi shunday, tumanlarda hokim qarori bilan uy-joyga mulk huquqi eʼtirof etilib, yer uchastkasiga bo‘lgan huquq belgilanmay qolgan ko‘plab holatlar mavjud. Qonunda ana shularning barchasini rasmiylashtirish nazarda tutilgan.

😄Aslida, “o‘zboshimchalik bilan egallangan”, degan so‘z faqatgina noqonuniy maʼnosini anglatmaydi. Qonunchilikda hujjatlari saqlanib qolinmagan yer yoki bino-inshootlarga nisbatan ham “o‘zboshimchalik bilan egallangan” degan taʼrif qo‘llaniladi. Masalan, o‘tgan asrda ajratilgan yerlarning ko‘pi shunday holatda, yaʼni qaysidir sabablarga ko‘ra hujjatlari saqlanmagan. Hozirgi kunda yurtimizdagi 2 million 400 mingdan ortiq uy-joy shu holatda turibdi. Ularning barchasi tegishli tartibda o‘rganilib, qonuniy yechimlari beriladi.

🌟 Kadastr agentligi Metodologiya va uslubiy qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘i - Begzod Nishonov.

#ayni_damda #matbuot_anjumani

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM