QARAQALPAQSTAN KADASTR
2.46K subscribers
8.04K photos
954 videos
2 files
4.87K links
Bul kanalda Kadastr agentligi hám Mámleketlik kadastrlar palatası Qaraqalpaqstan Respublikası basqarmaları jańalıqlarınan xabardar bolıp barasız
Download Telegram
#Davlat_kadastrlari_palatasi #Hududiy_boshqarmalar #Andijon_viloyati

Xabaringiz bor 23-iyul kuni bo'lib o'tgan aholi murojaatlari bilan ishlash tizimini yangicha tashkil qilish chora-tadbirlari bo‘yicha videoselektor yig'ilishida berilgan topshiriqlar ijrosini ta'minlash maqsadida Davlat kadastrlari palatasi raisi Moxir Valiyev boshchiligida Davlat kadastrlari palatasi Andijon viloyati boshqarmasida kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda fuqarolar murojaatlari bilan ishlash, targ‘ibot va tashviqot ishlarini yana-da kuchaytirish, har bir murojaatga individual yondoshish lozimligi taʼkidlandi. Bu bo‘yicha yig‘ilish qatnashchilariga tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.

Shuningdek palata raisi Andijon viloyatida aholi murojaatlari bilan ishlash bo'yicha olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishib, murojaatlarni ijobiy hal qilish bo'yicha tegishli idoralar bilan integratsiyalashgan dastur faoliyati bilan tanishdi.
#Kadastr #qaror_ijrosi #Davlat_kadastrlari_palatasi #Andijon_viloyati #Shahrixon #Asaka #xatlov

🔰Xabaringiz bor, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 13 avgust kungi 520-sonli qarori ijrosini ta'minlash maqsadida Asaka hamda Shahrixon tumanlarida aholi xonadonlarini qayta xatlovdan o'tkazish ishlari olib borilmoqda.

📊 Asaka hamda Shahrixon tumanlaridagi statistik ma'lumotga ko'ra 150 ta MFYlarda 10 703 gektar yer maydonida joylashgan 112 315 ta turar-joylar qayta xatlovdan o'tkazish ishlari olib borilmoqda.

📝 Joriy yilning 16 sentyabr holatiga mavsum boshidan 4 096 gektar yer maydonida joylashgan 39 054 ta 34,8 % turar-joylar qayta xatlovdan o'tkazib chiqilidi.

Natijada,
- 294 gektar yer maydonida 2 159 ta yangi qurilgan obyektlar;
- 119 gektar yer maydonida 2 179 ta qo'shimcha aniqlangan obyektlar aniqlandi.

🖥 17 436 ta 16 % turar-joylar elektron xaritalarga tushurildi.