QARAQALPAQSTAN KADASTR
2.47K subscribers
8.04K photos
950 videos
2 files
4.86K links
Bul kanalda Kadastr agentligi hám Mámleketlik kadastrlar palatası Qaraqalpaqstan Respublikası basqarmaları jańalıqlarınan xabardar bolıp barasız
Download Telegram
Forwarded from Kadastr - Live
#kadastr #memarandum #xalqaro_uchrashuv

Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi hamda Rossiya Federatsiyasi Davlat ro‘yxatiga olish, kadastr va kartografiya federal xizmati (Rosreestr) o‘rtasida “Yo‘l xaritasi” imzolandi.

Telegram Instagram YouTube Facebook
Forwarded from Kadastr - Live
​​#kadastr #hamkorlik #xalqaro_uchrashuv

Ayni damda Geodeziya, kartografiya, kadastr va Yerni masofadan turib zondlash bo‘yicha davlatlararo Kengashning Qirg‘izistondagi 43-sessiyasi virtual formatda o‘z ishini boshladi.

Kun tartibida:

1. Davlatlararo kengashning 42-sessiyasi qarorlarining bajarilishi;

2. Kotibiyat va Davlatlararo kengash ishchi guruhlari faoliyati natijalari;

3. MDHga aʼzo davlatlarning bazaviy tashkiloti geodeziya, kartografiya, kadastr va Yerni masofadan zondlash sohasida kadrlar tayyorlash bo‘yicha faoliyati natijalari- Moskva davlat geodeziya va kartografiya universiteti (MIIGAiK);

4. Davlatlararo kengash faoliyati doirasida loyiha pasportlarini ko‘rib chiqish.

5. MDHga aʼzo davlatlarning geodeziya, kartografiya, kadastr sohasidagi asosiy ilmiy -texnik tashkiloti to‘g‘risidagi nizom loyihasi;

6. MDHga aʼzo davlatlarning geodeziya, kartografiya, geoinformatsion texnologiyalar, Yerni masofadan zondlash, kadastr va huquqlarni ro‘yxatga olish sohasida 2025 yilgacha hamkorlik konsepsiyasi va uni amalga oshirish bo‘yicha Harakatlar rejasi ("Yo‘l xaritasi") va boshqa masalalar ko‘rib chiqishi ko'zda tutilgan.

Telegram Instagram YouTube Facebook
#Kadastr #Xalqaro_uchrashuv

🌐Ayni damda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Osiyo va Tinch okeani iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasi (ESCAP) boshchiligida “Markaziy Osiyoda Yer ma’lumotlari uchun geofazoviy va statistik ma’lumotlardan kompleks foydalanish bo‘yicha ekspertlar guruhi yig‘ilishi” bo‘lib o‘tmoqda.

🔰Tadbirdan ko‘zlangan maqsad – yer axborot tizimlarini rivojlantirishga urg‘u berish, geofazoviy va statistik ma’lumotlardan integratsion holda foydalanish bo‘yicha Markaziy Osiyo davlatlarining institutsiional salohiyatini oshirish hamda idoralararo institutsional hamkorlikni rivojlantirish hisoblanadi.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
#Kadastr #xalqaro_uchrashuv

⚡️Aynida damda Kadastr agentligida Shveytsariyaning Leica Geosystems kompaniyasi bilan uchrashuv bo'lib o'tmoqda.

🔰Uchrashuvdan ko'zlangan maqsad-aerofotosurat yo'nalishidagi so'nggi texnologik imkoniyatlar bilan tanishish, lazerli skanerlar imkoniyatini o'rganish va Agentlikning mavjud aerokamera va qurilmalariga texnik ko'mak masalasini muhokama qilish hisoblanadi.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
#Kadastr #xalqaro_uchrashuv

🔰Joriy yilning 19-may sanasida Kadastr agentligi Jahon bankining “O‘zbekiston hukumatini barqaror urbanizatsiya uchun zarur bo‘lgan muhim islohotlarni ishlab chiqish va amalga oshirishda qo‘llab-quvvatlashni chuqurlashtirish” doirasida Ashna Matema boshchiligidagi “Uy-joy sektorini o’rganish” Missiyasini qabul qildi.

💠Uchrashuv doirasida tomonlar:
🔹Agentlikning uy-joy sektorida tutgan roli;
🔹O’zbekistonda yer va mulkni ro'yxatga olish jarayoni;
🔹Ro'yxatga olingan ko'chmas mulkning qiymati, ro’yxatga olish jarayoni;
🔹Yerlarni qishloq xo'jaligida foydalanishdan boshqa toifaga o'tkazish;
🔹Uy-joy qurish uchun yer maydoni ajratish tartibi kabi masalalar bo’yicha fikr almashdilar.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
#Kadastr #xalqaro_uchrashuv

⚡️Ayni damda Kadastr agentligi va Jahon banki missiyasi o’rtasida “Ko’chmas mulkni ro’yxatga olish va kadastr tizimlarini modernizatsiyalash” loyihasi doirasida komponentlar ijrosi yuzasidan uchrashuv bo’lib o’tmoqda.

🔰Uchrashuv kun tartibidan “Kadastr va ro‘yxatga olishning yagona axborot tizimi-Uzkad”, sohaga doir so’nggi qabul qilingan qonunchilikdagi o’zgarishlar, aerosuratga olish jarayonining amalga oshirilganlik darajasi va boshqa masalalar o’rin olgan.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
#Kadastr #xalqaro_uchrashuv #jahon_banki #world_bank

🟢 Ayni damda ⭐️Kadastr agentligi direktori o‘rinbosari Mirsaid Mirmaksudov va 🌍Jahon bankining “O‘rta shaharlarni kompleks rivojlantirish” loyihasi doirasida Rozanna Nitti boshchiligida missiya o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tmoqda.

➡️ Uchrashuv kun tartibidan:

🌟 Agentlik faoliyati;
🌍 Yer va ko‘chmas mulk munosabatlari sohasidagi qonunchilik asoslari;
🇺🇿 O‘zbekistonda yer va ko‘chmas mulkni ro‘yxatga olish holati
📝 Jahon banki hamkorligida amalga oshirilayotgan loyihalarning joriy holati muhokamasi o‘rin olgan.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#kadastr #xalqaro_uchrashuv

Fazoviy ma’lumotlar infratuzilmasi bo‘yicha Yevrosiyo tashabbusi (EuraAsia SDI) – 2023


⚡️ Ayni dam, Samarqand shahrida 🌟Kadastr agentligi mezbonligida bo‘lib o‘tayotgan Fazoviy ma’lumotlar infratuzilmasi bo‘yicha Yevrosiyo tashabbusining navbatdagi konferensiyasi ish boshladi.

◼️ Mazkur хalqaro uchrashuv 21-22- noyabr kunlari 9 ta davlatdan kelgan 40 ga yaqin xorijiy mutaxassislarni o‘zaro fikr va xalqaro tajriba almashishiga imkon yaratadi.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM