QARAQALPAQSTAN KADASTR
2.42K subscribers
8.09K photos
968 videos
2 files
4.9K links
Bul kanalda Kadastr agentligi hám Mámleketlik kadastrlar palatası Qaraqalpaqstan Respublikası basqarmaları jańalıqlarınan xabardar bolıp barasız
Download Telegram
#Huquqiy_asoslar #Aktual_savollar

15 sotix yer uchastkamizga 1998 yil kadastr hujjat rasmiylashtirganmiz. Hozir yagona darchaga murojaat qilsak, guvohnomasi yo‘q ekan boshqatdan kadastr qilish kerak deyapti. Shu to‘g‘rimi?

1998 yil kadastr hujjatlari rasmiylashtirilgan bo‘lsa va Hozirgi kunga kelib joyida o‘zgarishlar bo‘lmasa kadastr hujjatlarini yangilash mumkin. O‘sha davrda huquqni ro‘yxatdan o‘tkazilganligini tasdiqlovchi guvohnoma rasmiylashtirish jarayoni mavjud bo‘lmagan. Huquq ro‘yxatdan o‘tkazilganligini tasdiqlash uchun huquq belgilovchi hujjatga usti xat (shtamp va muhr) qo‘yilgan.

Agar ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquq ro‘yxatdan o‘tkazilmagan bo‘lsa, ushbu ko‘chmas mulkka huquq belgilovchi hujjatlarni (davlat orderi, shartnoma, tuman(shahar) hokimining qarori, sud qarori. v.b.) davlat xizmatlari markaziga taqdim etiladi.

Hozirgi kunda ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni ro‘yxatdan o‘tkazilganligini tasdiqlashda davlat reyestridan ko‘chirma taqdim etiladi.