QARAQALPAQSTAN KADASTR
2.84K subscribers
8.06K photos
960 videos
2 files
4.88K links
Bul kanalda Kadastr agentligi hám Mámleketlik kadastrlar palatası Qaraqalpaqstan Respublikası basqarmaları jańalıqlarınan xabardar bolıp barasız
Download Telegram
▫️Rasmiy munosabat▫️

26 may 2022 yilda ijtimoiy tarmoqlarda Davlat kadastrlari palatasi Farg‘ona viloyati boshqarmasi tizimidagi xodimlar nomidan yozilgan aprel oyi oylik maoshi berilmayotgani to‘g‘risidagi murojaatnoma bo‘yicha
Davlat kadastrlari palatasi Markaziy apparati quyidagilarni ma’lum qiladi:

- 2020 yil 7 sentyabrdagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori bilan Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi tashkil etilganidan boshlab, Davlat kadastrlari palata tomonidan xodimlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida bir qancha amaliy ishlar amalga oshirilgan. Jumladan, Farg‘ona viloyati boshqarmasi xodimlarining joriy yil 1-choragi davomida o‘tgan yilning mos davriga nisbatan oylik ish haqlari o‘rtacha 50%ga oshirilgan.

- O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 12.02.2021 yildagi 66- son qaroriga ko‘ra, Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmalari alohida yuridik xo‘jalik sub’ekti hisoblanib, kadastr ishlari va boshqa daromadlaridan o‘zining barcha xarajatlarini, jumaladan xodimlarga oylik maoshi bo‘yicha, birinchi darajali zaruriy xarajatlarini va boshqa ishlab chiqarish xarajatalarini amalga oshirishi belgilangan.

Qarorda xodimlarning oylik maoshlari to‘lanadigan mablag‘lar Palata Markaziy apparati tomonidan moliyalashtirilishi ko‘zda tutilmagan. Tasdiqlangan daromad-xarajat smetasiga asosan hududiy boshqarma xodimlarining oylik maoshlari har oyda amalda oladigan daromadlari hisobidan qoplanishi belgilangan.

Davlat kadastrlari palatasi Farg‘ona viloyati boshqarmasining tushum va xarajatlarini noto‘g‘ri hisoblanishi va taqsimlanishi natijasida yuzaga kelgan masala bo‘yicha Palata markaziy apparati tomonidan ishchi guruh tuzilib, hozirda o‘rganish olib borilmoqda. Jarayon yakunlariga ko‘ra masala yuzasidan batafsil ma’lumot beriladi.

#DavKadastrPalata #rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |YouTube
▫️Rasmiy munosabat▫️

◻️Ijtimoiy tarmoqlardagi Davlat kadastrlari palatasi Farg‘ona viloyati boshqarmasi tizimidagi xodimlar nomidan yozilgan aprel oyi oylik maoshi berilmayotgani to‘g‘risidagi murojaatnoma bo‘yicha Davlat kadastrlari palatasi Markaziy apparati tomonidan ishchi guruh ajratilib, o‘rganish ishlari olib borilayotgani haqida ma’lumot bergandik.

Ishchi guruh tomonidan Davlat kadastrlari palatasi Farg‘ona viloyati boshqarmasining iqtisodiy ko‘rsatkichlari pasayib ketganligi, tartib intizom buzilganligi va ijro intizomining izdan chiqqanligi tanqidiy ko‘rib chiqildi.

O‘rganish natijalariga ko‘ra:
Boshqarma ma’sullari tomonidan boshqarmaning moliyaviy holatini o‘rganmasdan ustama va moddiy yordam hamda rag‘batlantirishlar notug‘ri hisoblanganligi;

Zahira yer maydonlari uchun to‘lovlar undirilmaganligi;

Shuningdek, boshqarmaning xarajatlari moliyaviy ahvoliga qaramasdan daromadlar qismidan oshib ketganligi aniqlandi.

Davlat kadastrlari palatasi Farg‘ona viloyati boshqarmasining tushum va xarajatlarini noto‘g‘ri hisoblanishi va taqsimlanishi sabab xodimlarda tushunmovchilik va e’tiroz yuzaga kelgan.
Yuqoridagi xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘yganlarga nisbatan intizomiy jazo choralari qo‘llanildi. Bundan tashqari Farg‘ona viloyatiga yangi tayinlangan boshqarma boshlig‘i R. Mirzaxmedovga boshqarma ish faoliyatining samaradorligi va tartib intizomini yo‘lga qo‘yish uchun muddat belgilandi.

◻️Alohida ta’kidlash kerak, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 12.02.2021 yildagi 66- son qaroriga ko‘ra, Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmalari alohida yuridik xo‘jalik sub’ekti hisoblanib, xodimlarning oylik maoshlari to‘lanadigan mablag‘lar Palata Markaziy apparati tomonidan moliyalashtirilishi ko‘zda tutilmagan. Tasdiqlangan daromad-xarajat smetasiga asosan hududiy boshqarma xodimlarining oylik maoshlari har oyda amalda oladigan daromadlari hisobidan qoplanishi belgilangan.

Ana shularni nazarda tutgan holda, Davlat kadastrlari palatasi Markaziy apparati hududiy boshqarmalarining ko‘rsatkichlari yuzasidan doimiy o‘rganish va nazorat ishlarini olib boradi.

#DavKadastrPalata #rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |YouTube
▫️Rasmiy munosabat▫️

⚡️IJTIMOIY TARMOQLARDA AYLANAYOTGAN "10400 AQSH DOLLARI" HAQIDA ANIQROQ

Bugun kunning ikkinchi yarmida deyarli barcha ijtimoiy tarmoq kanallarida "Kadastr muhandisi 10.400 AQSh dollari bilan ushlandi" degan mazmundagi xabarlar tarqaldi.

Aslida 10400 Aqsh dollarini kim olgan?

Demak, joriy yil 21 oktabr kuni fuqaro Sh.Ya. Toshkent viloyat IIBB boshlig‘i nomiga ariza bilan murojaat qilib, o‘z arizasida "Ibroxim" ismli shaxs Yangiyo‘l tumani Xalqobod maxallasi hududidagi “U.Yusupov” nomli agrofirmaga qarashli 32 sotix yer maydonini jami 29.000 AQSh dollariga sotishligini va ushbu yer maydonini Yangiyo‘l tuman kadastr bo‘limida ishlovchi tanishi orqali hujjatlarni rasmiylashtirib berishi evaziga 2.400 AQSh dollari berish kerakligini, shundan "avans" sifatida oldindan kadastr xodimi 400 AQSh dollari va yer maydoni egasi "Ibroxim" ismli shaxs 10.000 AQSh dollari talab qilishayotganligini bayon qilib, ularga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.

Arizaga asosan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida "Ibroxim" deya aytilayoigan fuqaro I.A kelishilgan summadan "avans" sifatida 10.000 AQSh dollarini olayotgan vaqtida, kadastr muhandisi esa 400 AQSh dollari olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Lekin, ijtimoiy tarmoq sahifalar sarlavhalarida esa "kadastr muhandisi" iborasi birinchi planga qo‘yilib, 10.400 AQSh dollari olganligiga urg‘u berilmoqda.

Ijtimoiy tarmoq egalaridan har bir ma’lumotni yaxshi o‘rgangan holda omma e’tiboriga havola etishlarini so‘rardik, zero birgina yuzaki o‘rganilgan xabar ortidan nafaqat bir insonning balki butun bir tashkilotning nomi qoralanayotganini anglash lozim.

📌 Biz bu rasmiy munosabat orqali xodim tomonidan qilingan noqonuniy harakatni oqlamoqchi emasmiz, aksincha qonun ustuvorligi ta’minlanishi tarafdorimiz. OAVlar va blogerlardan esa ma’lumotni noto‘g‘ri tarqatmasliklarini so‘raymiz.

#DavKadastrPalata #rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram |Facebook|Instagram|YouTube
#Kadastr #rasmiy_munosabat

ЗАХИРАДАГИ ЕРНИНГ ЭГАСИ ЧИҚДИМИ?!

Ижтимоий тармоқларда ерини ундан тортиб олишаётганидан норози фуқаронинг мурожаати айрим муҳокамаларга ва тушунмовчиликларга сабаб бўлди.

‼️Аслини билмай туриб хулоса қилишга шошилманг!

БАТАФСИЛ БУ ЕРДА ЎҚИНГ👇
https://telegra.ph/Zahiradagi-erning-ehgasi-chi%D2%9Bdimi-02-21

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Rasmiy munosabat

◼️ Kuni kecha ijtimoiy tarmoqda ""Uzkad" tizimi joriy etilganiga 1 yil bo‘lsada, nega haligacha ko‘p joylar o‘tkazilmagan?!" sarlavhasi ostida post joylandi. Ushbu masala bo‘yicha Davlat kadastrlari palatasi quyidagi ma’lumotlarni taqdim etadi:

▫️ Bugungi kunga qadar ko‘chmas mulklar bo‘yicha ma’lumotlar bir nechta axborot tizimlarida yuritilib va saqlanib kelingan. Ushbu holatlarni bartaraf etish maqsadida yagona ma’lumotlar bazasini yaratishni taqozo qilgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 24 avgustdagi PF-198-son Farmoniga asosan, Uzkad axborot tizimi ko‘chmas mulklar to‘g‘risidagi ma’lumotlarining haqiqiyligi va ishonchliligi davlat tomonidan kafolatlanadigan yagona axborot tizimi etib belgilangan!

📃 Batafsil: https://telegra.ph/Rasmiy-munosabat-05-09-3

#DavKadastrPalata #rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan bir kadastr raqami 2 shaxsga berilgani aytilgan murojaat yuzasidan Davlat kadatasrlari palatasi Qoraqalpog'iston Respublikasi boshqarmasi o‘rganish ishlarini olib bordi va quyidagilarni ma'lum qiladi.

Ellikqal’a tumani Paxtachi MFY hududida joylashgan tijorat do‘koni binosi 1994-yil 7 oktyabr kungi Davlat orderi hamda 1994-yil 30 sentabr kungi Qoraqalpog'iston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash qo‘mitasining buyrug'iga asosan “E.T” MChJ balansiga bekitib berilgan va 2011 yil 6 oktyabr kungi arizasiga muvofiq kadastr yig'majildi tayyorlanib, er uchastkasiga doimiy foydalanish huquqi bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan.

Fuqaro X.R.ning davlat xizmatlari markazi orqali murojaatiga asosoan 1998 yil 25 sentabr kungi MChJning bayonnomasiga asosan 2020 yil 7 dekabr kuni fuqaro X.R nomiga kadastr pasporti rasmiylashtirib berilgan, lekin er uchastkasi va bino-inshootga bo‘lgan huquqi davlat ro‘yxatiga olinmagan.

Ushbu tijorat do‘koni binosi hozirgi kunda 2023 yil 14 iyun kungi ko‘chmas mulk oldi-sotdi shartnomasiga asosan B.A. nomiga davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan va tegishli idoradan ruxsatnomaga asos buzish ishlari olib borilgan.

Qaraqalpaqstan kadastr
Telegram | Instagram  | Facebook | Youtube
#Rasmiy_munosabat

RASMIY MUNOSABAT

Ijtimoiy tarmoqlarda eʼlon qilingan maʼlumot Davlat kadastrlari palatasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi tomonidan o‘rganib chiqildi hamda quyidagilarni maʼlum qilamiz.

Shuni alohida taʼkidlash joyizki, Ko‘chmas mulklarni va ipoteka shartnomalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish ishlari Davlat kadastrlari palatasining filiallari tomonidan amalga oshirilmaydi.

"Adolat himoyachisi" advokatlik firmasining so‘rovnomasida at "Aloqa bank" Qoraqalpog‘iston filiali, "VAVE TECHNOLOGY" MCHJ va “EL-KOLORIT” MCHJ o‘rtasida tuzilgan ipoteka shartnomasining davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi haqida maʼlumot so‘ralganda boshqarma xodimi tomonidan to‘liq o‘rganilmasdan taqdim etilgan maʼlumotda yo‘l qo‘yilgan xato yuzasidan javobgarlik chorasi qo‘llanilganligini maʼlum qilamiz.

Ish yuzasidan bo‘lib o‘tayotgan sud jarayonida taqdim qilingan maʼlumotnomada ipoteka shartnomasi davlat ro‘yxatidan o‘tganligini maʼlum qilingan.

Haqiqatdan 2021-yil 16-avgust kuni mulkdor murojaatiga asosan Davlat kadastrlari palatasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi tomonidan yuqorida ko‘rsatilgan ipoteka shartnomasi davlat ro‘yxatidan o‘tganligini hamda hozirda ushbu shartnoma  Ko‘chmas mulk - 3 dasturida mavjud ekanligini maʼlum qilamiz.

Qaraqalpaqstan kadastr
Telegram | Instagram  | Facebook | Youtube|Twitter
#Rasmiy_munosabat

RASMIY MUNOSABAT

Ijtimoiy tarmoqlarda eʼlon qilingan maʼlumot Davlat kadastrlari palatasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi tomonidan o‘rganib chiqildi.

"Aloqa bank" Qoraqalpog‘iston filiali, "VAVE TECHNOLOGY" MCHJ va “EL-KOLORIT” MCHJ o‘rtasida tuzilgan ipoteka shartnomasining davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligini maʼlum qilamiz.

2021-yil 16-avgust kuni mulkdor murojaatiga asosan Davlat kadastrlari palatasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi tomonidan yuqorida ko‘rsatilgan ipoteka shartnomasi davlat ro‘yxatidan o‘tgan hamda hozirda ushbu shartnoma Ko‘chmas mulk-3 dasturida mavjud bo'lib, ipoteka shartnomalarini davlat ro‘yxatidan oʻtkazish kitobida ushbu shartnoma kitobning 27-betida qayd qilingan.

Ish yuzasidan ma’lumot so‘ralganda to‘liq o‘rganilmasdan taqdim etilgan ma’lumotda yo‘l qo‘yilgan xato yuzasidan o'rnatilgan tartibda boshqarmaning davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchisi A.J ga hayfsan jazo chorasi qo‘llanilgan.

Davlat kadastrlari palatasi Qoraqalpog'iston Respublikasi boshqarmasi fuqaro hamda tadbirkorlarda muammoli masalalar yoki savollari bo'lgan taqdirda qonun doirasida yordam berishga doimo tayyor ekanini bildiramiz.

Boshqarma qabul kunlari: Dushanba -Juma 10:00-17:00
Aloqa uchun boshqarma telefon raqami: (61) 224-91-13


Qaraqalpaqstan kadastr
Telegram | Instagram  | Facebook | Youtube|Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Rasmiy_munosabat

RASMIY MUNOSABAT

Ijtimoiy tarmoqlarda eʼlon qilingan maʼlumot Davlat kadastrlari palatasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi tomonidan o‘rganib chiqildi.

"GARANT BANK" AJ, "SAXINUR ZIYO" MCHJ va “NAVRO'Z” MCHJ o‘rtasida tuzilgan ipoteka shartnomasining davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan.

2023-yil 12-yanvar kuni mulkdor murojaatiga asosan Davlat kadastrlari palatasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi tomonidan yuqorida ko‘rsatilgan ipoteka shartnomasi davlat ro‘yxatidan o‘tgan hamda hozirda ushbu shartnoma Ko‘chmas mulk-3 dasturida mavjud bo'lib, ipoteka shartnomalarini davlat ro‘yxatidan oʻtkazish kitobining 84-betida qayd qilingan.

Ish yuzasidan ma’lumot so‘ralganda to‘liq o‘rganilmasdan taqdim etilgan ma’lumotda yo‘l qo‘yilgan xato yuzasidan o'rnatilgan tartibda boshqarmaning davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchisi A.J ga tegishli tartibda xayfsan jazo chorasi qo‘llanilib, bunday holat boshqa takrorlanmasligi uchun uchbu xodim boshqa tumanga rotatsiya qilindi.

Qaraqalpaqstan kadastr
Telegram | Instagram  | Facebook | Youtube
#Rasmiy_munosabat

RASMIY MUNOSABAT

Ijtimoiy tarmoqlarda eʼlon qilingan maʼlumot Davlat kadastrlari palatasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi tomonidan o‘rganib chiqildi.

Ellikqalʼa tumani Toza-bog‘yop OFY fuqarosi tomonidan yuborilgan murojaat asosida, ushbu mahallada joylashgan noturar obyekt hujjatlari o‘rganilib chiqildi.

Ellikqalʼa tumani Toza-bog‘yop OFY hududida joylashgan noturar obyekt 2017 yil tuman hokimi qarori asosida jismoniy va yuridik shaxslarga maishiy xizmat ko‘rsatish uchun fuqaro X.J ga 5 ming kv m yer maydoni ajratilib berilgani va 2023 yilda ushbu yer maydon fuqaro X.J ga davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan.

Naturor obyekt foydalanishga qabul qilinib, kadastr hujjatlari qonunda belgilangan tartibda rasmiylashtirilganligini ma'lum qilamiz.

Qaraqalpaqstan kadastr
Telegram | Instagram  | Facebook | Youtube