Qaraqalpaqstan R. IIM | Rásmiy kanal
7.99K subscribers
15.8K photos
3.95K videos
8.3K links
Қарақалпақстан Республикаси Ишки ислер министрлиги рәсмий телеграмм каналы
Веб-сайт: www.qriiv.uz
Download Telegram
Forwarded from POSTDA|Rasmiy kanal
#Kasb_fidoyisi
E’TIBOR VA E’TIROFDA GAP KO‘P

Sambo bo'yicha bir necha marotaba yoshlar o‘rtasida O‘zbekiston chempioni bo‘ldim. Shuningdek, 2021-yilda Gretsiyada o‘tkazilgan jahon chempionatida, MDH davlatlari chempioantida II-darajali diplom va medalni qo‘lga kiritdim. Shu bilan birga, «O‘zbekiston sport ustasi» va «Xalqaro toifadagi sport ustasi» unvonlariga ega bo'ldim. 2022-yilda Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV tizimda xizmatni boshlab, bugungi kunda vazirlikning tezkor-qidiruv xizmatida faoliyat yuritmoqdaman. Turmush o‘rtog‘im Ilxam Qaljanov ham ichki ishlar organlarida xizmat qiladi.
O‘tgan 2023-yil ham men uchun omadli bo‘ldi. Sababi, 30-iyun Yoshlar kuni munosabati bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisining buyrug‘iga ko’ra, «Umid uchquni» ko‘krak nishoni bilan taqdirlandim. Kelgusida boshqa yoshlar qatori, Vatanimiz sha’nini himoya qilish, tinchlik-osoyishtalikni asrashdek ezgu ishlarda o‘z hisssamni qo‘shish niyatidaman.
Azada AYMURATOVA,
safdor.
Qorqalpog’iston Respublikasi