#Tunggi_mutolaa
"Hayotdan hursandman" derdi u baxtiyor jilmayib, kampiridan keyin ancha cho‘kib qolgan bo‘lsa-da...
Rostdanam hayotdan roziga o‘xshardi...
Chunki uning telefoniga "tring" etib xabarlar kelardi. Noma’lum kimlardandir...
Ko‘chada kim bilandir quyuq so‘rashardi, xuddi yaqin tanishidek uyiga chorlardi...
Hiyobonga chiqib yam-yashil maysaga termulib, baxtiyor jilmayib kimnidir o‘ylardi. Balki xotiralarni eslar...
Kechalari esa uyidan xira yog‘du taralardi.
Vafot etdi. Uzoqdagi "qizi" keldi. O‘g‘li kela olmadi...
"Otangiz juda xursand yashardi, kimlar bilandir xabarlashib turardi" deyishdi.
Qiz yelka qisdi. Telefonini topib qarashdi.
Maysaning suratlari, MCHS xabarlari yana tinmay terilgan lekin gaplashishning iloji bo‘lmagan raqamlar bor ekan...
©️Azizaxon Ismoilova