SAMARQAND VILOYAT ADLIYA BOSHQARMASI
2.57K subscribers
6.84K photos
1.07K videos
23 files
4.5K links
Samarqand viloyat adliya boshqarmasining telegram kanali.

Бизни кузатинг:
https://youtube.com/channel/UCfrxZAwBsy74sDdZG2OcMMQ

https://www.facebook.com/groups/1845889768777670
Download Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Bugun, 10-sentabr kuni Samarqand shahrida Xalqaro notariuslar ittifoqi Osiyo ishlari komissiyasining 14-yalpi yigʻilishi konferensiya formatida boshlandi.

Tadbirda dunyoning 27 ta mamlakatidan, jumladan Markaziy Osiyo respublikalari, Xitoy, Turkiya, Yaponiya, Germaniya, Fransiya, Ispaniya, Portugaliya, Gruziya, Armaniston, Benin, Vengriya, Meksika, Moʻgʻuliston va boshqa davlatlardan yuzdan ortiq xorijiy ekspertlar — notarial birlashmalar rahbarlari va notariuslar ishtirok etmoqda.

Bu yilgi tadbir Osiyoda notariat oldida turgan zamonaviy muammolar, xususan, notariat sohasini raqamlashtirishni takomillashtirish jihatlarini muhokama qilish uchun muhim maydon boʻladi.

Shuningdek, komissiyaning yillik faoliyati yakunlari boʻyicha hisobotlar tinglanadi, Osiyoning yangi davlatlarini Xalqaro notariuslar ittifoqiga aʼzolikka qabul qilish, Osiyo ishlari boʻyicha komissiyaning 2025-yilga moʻljallangan prezidentligiga nomzod koʻrsatish masalalari koʻrib chiqiladi.

@adliyangiliklari
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Avval xabar berganimizdek, Samarqand shahrida Xalqaro notariuslar ittifoqi (XNI) Osiyo ishlari komissiyasining 14-yalpi yigʻilishi boʻlib oʻtmoqda.

Uning doirasida XNI Osiyo ishlari boʻyicha komissiyaning 2025-yilga moʻljallangan prezidenti etib Mo‘g‘uliston Notarial palatasining raisi Bayanjargal Chandrabaal saylandi.

Sahifamizga ulaning:👉 https://t.iss.one/qonun_va_huquq
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Bugun Samarqandda Oʻzbekiston Notarial palatasi tashabbusi bilan “Merosni rasmiylashtirishning oʻziga xos xususiyatlari” mavzusida 4-xalqaro konferensiya oʻz ishini boshladi.

Tadbirda dunyoning 30 ga yaqin mamlakatidan, jumladan Markaziy Osiyo respublikalari, Xitoy, Turkiya, Yaponiya, Germaniya, Fransiya, Ispaniya, Portugaliya, Gruziya, Armaniston, Benin, Vengriya, Meksika, Moʻgʻuliston va boshqa davlatlardan xorijiy ekspertlar — notarial birlashmalar rahbarlari va notariuslar ishtirok etmoqda.

Ishtirokchilarga turli mamlakatlarda meros huquqining oʻziga xos jihatlarini chuqur muhokama qilish, tajriba almashish va murakkab huquqiy masalalarni hal qilishda qoʻshma yondashuvlarni ishlab chiqish imkoniyatini berishi kutilmoqda.

Konferensiyada Oʻzbekiston adliya vaziri Akbar Toshqulov soʻzga chiqib, mamlakatimizda ushbu yoʻnalishda amalga oshirilgan islohotlar haqida toʻxtalib oʻtdi.

Taʼkidlangandek, avval qogʻoz shaklda yuritilgan 80 milliondan ortiq fuqarolik holati dalolatnomalari raqamli formatga keltirildi. Xuddi shunday rasmiylashtirilgan barcha vasiyatnomalar va tugallanmagan meros ishlari ham “Notarius” axborot tizimi elektron bazasi yaratildi.

Tizimda meros ishi ochilganligini tekshirish, agarda meros ishi ochilmagan boʻlsa meros ishini ochish, shuningdek, vasiyatnoma mavjudligini tizim orqali tekshirish imkoniyati yaratildi.

Meros ishlarini rasmiylashtirishda oʻlim holati, merosxoʻrlarning tugʻilganlik va nikoh tuzilganligi kabi maʼlumotlarni notariuslar tomonidan mustaqil ravishda elektron shaklda tizim orqali olinishi yoʻlga qoʻyildi. Merosxoʻrlar doirasini aniqlab beruvchi elektron shajara dasturi yaratildi.

Adliya vaziri, shuningdek, merosni rasmiylashtirish yoʻnalishida yaqin istiqboldagi rejalar haqida axborot berdi. Xususan, yangi Fuqarolik kodeksining loyihasida merosni qabul qilishda merosxo‘rlarga merosni qabul qilish muddatlarini joriy etish va umumiy birgalikdagi mulk bo‘lganda merosni rasmiylashtirish qoidalarini qayta ko‘rib chiqish kabi masalalar ilgari surilmoqda.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Joriy yilning 7 oyida eng ko‘p davlat xizmatlari ko‘rsatgan xodimlar.

🔻Samarqand shahar Davlat xizmatlari markazi xodimi Alijon Yusupov 29 mingdan ortiq ko‘rsatgan xizmatlari bilan birinchi o‘rinda.

🔸Batafsil 👆

Sahifamizga ulaning:👉 https://t.iss.one/qonun_va_huquq
#Adliya_xabari

⚡️Urgut tuman adliya bo'limi xodimlari tomonidan tumandagi "Quyi Kamangaron" "Kamangaron" va "Xo‘ja Ahror Valiy" mahallalarda  “Adliya kuni” tadbiri o‘tkazildi.

🔻Tadbirda fuqarolar uchun sayyor qabul tashkil etilib, bir qator murojaatlar qabul qilindi. Murojaatlar bo‘yicha joyida huquqiy tushuntirishlar berildi, 2 ta murojaat bo‘lim ish yurituviga olindi. Bundandan tashqari, uyma-uy yurish va “Huquqiy ko‘mak” aksiyalarini o‘tkazish orqali  mahalla fuqarolari kundalik hayotidagi mavjud huquqiy muammolar o'rganildi.

💡Shuningdek ushbu hududda joylashgan saylov uchastkasi bilan tanishilib, saylov uchastkasi rais o‘rinbosari, kotib va a’zolarga saylov qonunchiligi yuzasidan tushuntirishlar berildi.

Каналга аъзо бўлинг: https://t.iss.one/qonun_va_huquq
#Adliya_xabari

📈 Davlat xizmatlarining koʻlami kengaymoqda

Davlat xizmatlari markazlari orqali koʻrsatilayotgan xizmatlar soni yildan-yilga oshib bormoqda. Raqamlarga eʼtibor bering:
🔹 2022-yilda – 258 ta xizmat;
🔹 2023-yilda – 332 ta xizmat;
🔹 2024-yilning hozirgi davriga qadar – 382 ta xizmat turi.

Bu raqamlar davlat xizmatlari tizimining doimiy ravishda rivojlanib, fuqarolar uchun yanada koʻproq qulayliklar yaratayotganidan dalolat beradi.

Davlat xizmatlari endi koʻproq sohalarni qamrab olmoqda va tezkorlik, shaffoflikni taʼminlamoqda.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#No_comment #Adliya_xabari

Samarqand shahar YXKM tomonidan yuridik xizmat ko‘rsatiladigan tashkilotlar va muassasalar mas'ullarining huquqiy bilimlari oshirilib borilmoqda.

Navbatdagi ana shunday mashg‘ulotda Samarqand viloyat adliya boshqarmasi mas'ul xodimi Sirojiddin Mamarajabov va markaz xodimlari yuridik hujjatlarni yuritishda yo‘l qo‘yilayotgan xato va kamchiliklar, qonunbuzilishlar va ularni oldini olish, "E-huquqshunos" tizimidan to‘g‘ri hamda samarali foydalanish, hujjatlarni to‘g‘ri rasmiylashtirish, sohadagi yangiliklar va qulayliklar haqida so‘z yuritishdi.

Seminar savol-javoblar tarzida davom etdi.

Kanalga ulanish:👉https://t.iss.one/qonun_va_huquq
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM