SAMARQAND VILOYAT ADLIYA BOSHQARMASI
2.33K subscribers
7.45K photos
1.1K videos
23 files
4.76K links
Samarqand viloyat adliya boshqarmasining telegram kanali.

Бизни кузатинг:
https://youtube.com/channel/UCfrxZAwBsy74sDdZG2OcMMQ

https://www.facebook.com/groups/1845889768777670
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Bugun Samarqandda Oʻzbekiston Notarial palatasi tashabbusi bilan “Merosni rasmiylashtirishning oʻziga xos xususiyatlari” mavzusida 4-xalqaro konferensiya oʻz ishini boshladi.

Tadbirda dunyoning 30 ga yaqin mamlakatidan, jumladan Markaziy Osiyo respublikalari, Xitoy, Turkiya, Yaponiya, Germaniya, Fransiya, Ispaniya, Portugaliya, Gruziya, Armaniston, Benin, Vengriya, Meksika, Moʻgʻuliston va boshqa davlatlardan xorijiy ekspertlar — notarial birlashmalar rahbarlari va notariuslar ishtirok etmoqda.

Ishtirokchilarga turli mamlakatlarda meros huquqining oʻziga xos jihatlarini chuqur muhokama qilish, tajriba almashish va murakkab huquqiy masalalarni hal qilishda qoʻshma yondashuvlarni ishlab chiqish imkoniyatini berishi kutilmoqda.

Konferensiyada Oʻzbekiston adliya vaziri Akbar Toshqulov soʻzga chiqib, mamlakatimizda ushbu yoʻnalishda amalga oshirilgan islohotlar haqida toʻxtalib oʻtdi.

Taʼkidlangandek, avval qogʻoz shaklda yuritilgan 80 milliondan ortiq fuqarolik holati dalolatnomalari raqamli formatga keltirildi. Xuddi shunday rasmiylashtirilgan barcha vasiyatnomalar va tugallanmagan meros ishlari ham “Notarius” axborot tizimi elektron bazasi yaratildi.

Tizimda meros ishi ochilganligini tekshirish, agarda meros ishi ochilmagan boʻlsa meros ishini ochish, shuningdek, vasiyatnoma mavjudligini tizim orqali tekshirish imkoniyati yaratildi.

Meros ishlarini rasmiylashtirishda oʻlim holati, merosxoʻrlarning tugʻilganlik va nikoh tuzilganligi kabi maʼlumotlarni notariuslar tomonidan mustaqil ravishda elektron shaklda tizim orqali olinishi yoʻlga qoʻyildi. Merosxoʻrlar doirasini aniqlab beruvchi elektron shajara dasturi yaratildi.

Adliya vaziri, shuningdek, merosni rasmiylashtirish yoʻnalishida yaqin istiqboldagi rejalar haqida axborot berdi. Xususan, yangi Fuqarolik kodeksining loyihasida merosni qabul qilishda merosxo‘rlarga merosni qabul qilish muddatlarini joriy etish va umumiy birgalikdagi mulk bo‘lganda merosni rasmiylashtirish qoidalarini qayta ko‘rib chiqish kabi masalalar ilgari surilmoqda.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Joriy yilning 7 oyida eng ko‘p davlat xizmatlari ko‘rsatgan xodimlar.

🔻Samarqand shahar Davlat xizmatlari markazi xodimi Alijon Yusupov 29 mingdan ortiq ko‘rsatgan xizmatlari bilan birinchi o‘rinda.

🔸Batafsil 👆

Sahifamizga ulaning:👉 https://t.iss.one/qonun_va_huquq
#Adliya_xabari

⚡️Urgut tuman adliya bo'limi xodimlari tomonidan tumandagi "Quyi Kamangaron" "Kamangaron" va "Xo‘ja Ahror Valiy" mahallalarda  “Adliya kuni” tadbiri o‘tkazildi.

🔻Tadbirda fuqarolar uchun sayyor qabul tashkil etilib, bir qator murojaatlar qabul qilindi. Murojaatlar bo‘yicha joyida huquqiy tushuntirishlar berildi, 2 ta murojaat bo‘lim ish yurituviga olindi. Bundandan tashqari, uyma-uy yurish va “Huquqiy ko‘mak” aksiyalarini o‘tkazish orqali  mahalla fuqarolari kundalik hayotidagi mavjud huquqiy muammolar o'rganildi.

💡Shuningdek ushbu hududda joylashgan saylov uchastkasi bilan tanishilib, saylov uchastkasi rais o‘rinbosari, kotib va a’zolarga saylov qonunchiligi yuzasidan tushuntirishlar berildi.

Каналга аъзо бўлинг: https://t.iss.one/qonun_va_huquq
#Adliya_xabari

📈 Davlat xizmatlarining koʻlami kengaymoqda

Davlat xizmatlari markazlari orqali koʻrsatilayotgan xizmatlar soni yildan-yilga oshib bormoqda. Raqamlarga eʼtibor bering:
🔹 2022-yilda – 258 ta xizmat;
🔹 2023-yilda – 332 ta xizmat;
🔹 2024-yilning hozirgi davriga qadar – 382 ta xizmat turi.

Bu raqamlar davlat xizmatlari tizimining doimiy ravishda rivojlanib, fuqarolar uchun yanada koʻproq qulayliklar yaratayotganidan dalolat beradi.

Davlat xizmatlari endi koʻproq sohalarni qamrab olmoqda va tezkorlik, shaffoflikni taʼminlamoqda.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#No_comment #Adliya_xabari

Samarqand shahar YXKM tomonidan yuridik xizmat ko‘rsatiladigan tashkilotlar va muassasalar mas'ullarining huquqiy bilimlari oshirilib borilmoqda.

Navbatdagi ana shunday mashg‘ulotda Samarqand viloyat adliya boshqarmasi mas'ul xodimi Sirojiddin Mamarajabov va markaz xodimlari yuridik hujjatlarni yuritishda yo‘l qo‘yilayotgan xato va kamchiliklar, qonunbuzilishlar va ularni oldini olish, "E-huquqshunos" tizimidan to‘g‘ri hamda samarali foydalanish, hujjatlarni to‘g‘ri rasmiylashtirish, sohadagi yangiliklar va qulayliklar haqida so‘z yuritishdi.

Seminar savol-javoblar tarzida davom etdi.

Kanalga ulanish:👉https://t.iss.one/qonun_va_huquq
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Millionlab fuqarolar kutgan qonun bugundan kuchga kirdi

Joriy yilning 8-noyabr kunidan boshlab «Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish toʻgʻrisida»gi Qonun rasman kuchga kirdi.

Yaʼni, bugundan boshlab tasdiqlangan reja-jadval asosida mahallalarda kadastr xodimlari tomonidan xatlov ishlari boshlanadi.

🔖Ushbu jarayonlarga oid eng muhim 7 ta tavsiyalar:

1️⃣ shoshmashosharlik bilan kadastr yoki hokimiyatga murojaat qilmang;

2️⃣ hujjatsiz yerlarga nisbatan tegishli hujjatlarni pul evaziga turli yoʻllar bilan rasmiylashtirib berishni taklif etadigan “firibgarlar”ga aldanib qolmang, bu kabi holatga duch kelgan taqdiringizda huquqni muhofaza qiluvchi organlariga darhol xabar bering;

3️⃣ mahallalarda xatlov oʻtkazish boʻyicha reja-jadval bilan tanishib chiqing hamda sizning mahallangizda xatlov oʻtkaziladigan sana haqida xabardor boʻling;

🖥 Reja jadval bilan Kadastr agentligining rasmiy veb-sayti orqali tanishishingiz mumkin.

4️⃣ xatlov oʻtkaziladigan kunlarda imkon qadar xonadoningizda boʻlishga harakat qiling hamda vakolatli tashkilotlarning xodimlariga joyiga chiqib oʻrganishda shart-sharoit yaratib bering;

5️⃣ maʼlumotlar jamoatchilikka eʼlon qilinganda ular bilan tanishib chiqing hamda eʼtirozingiz mavjud boʻlganda 1 oy muddatda tegishli tashkilotlarga shikoyat qiling;

6️⃣ yer va mulk soligʻi boʻyicha qarzdorligingiz mavjud boʻlsa, ularni toʻlash choralarini koʻring;

7️⃣ Sizga oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari va binolarga nisbatan huquqlarni eʼtirof etish maqsadga muvofiq deb topilganligi toʻgʻrisida xabarnoma kelgandan soʻng, belgilangan muddatdan kechiktirmasdan bir martalik toʻlovlarni toʻlang.

Kanalga ulanish:👉https://t.iss.one/qonun_va_huquq
​#Adliya_xabari

Xususiy notarial faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini berish bo‘yicha malaka imtihoni o‘tkazildi

Joriy yilning 13-noyabr kuni xususiy notarial faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini berish bo‘yicha malaka imtihoni ochiqlik, shaffoflik va odillik prinsiplariga asosan o‘tkazildi.

Malaka imtihonida talabgorlarning davlat va jamiyat qurilishi hamda korrupsiyaga qarshi kurashish, fuqarolik huquqi, notariat sohasi va vorislik huquqi bo‘yicha savodxonligi sinovdan o‘tkazildi. Imtihon suhbat asosida og‘zaki savol-javob tarzida bo‘lib o‘tdi.

Malaka imtihonida ishtirok etish uchun Adliya vazirligi huzuridagi Oliy malaka komissiyasiga hujjat topshirgan 33 nafar talabgorga ushbu malaka imtihonida ishtirok etishiga ruxsat berildi.

Malaka imtihoni natijasiga ko‘ra 16 nafar talabgor malaka imtihonini muvaffaqiyatli topshirgan deb topildi. Jumladan:
 
Samarqand viloyatidan:
▫️Bobomurodov Dilshod Pirmamatovich;
▫️Qurbonov Elbek Xamidovich;
▫️Zikirova Shahlo Xabibovna;
 
Malaka imtihoni joriy yilning 13-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining www.adliya.uz rasmiy veb-sayti orqali onlayn tarzda yoritib borildi hamda malaka imtihoni jarayoni yozib olindi.