QOŃÍRAT HÁKIMLIGI |Rásmiy kanal|
8.05K subscribers
46K photos
4.82K videos
27 files
13.9K links
Download Telegram
#Prezident_qarori

⚡️Ichki ishlar organlari xodimlarining kasbiy madaniyat va xizmat intizomi kodeksi tasdiqlandi

Davlat rahbarining 2023-yil 20-yanvardagi PQ—10-son qarori bilan ichki ishlar organlari xodimlarining kasbiy madaniyat va xizmat intizomi kodeksi tasdiqlandi.

Har bir ichki ishlar organlari xodimi mazkur kodeksga so'zsiz amal qilishi lozim.

📆Ichki ishlar organlariga qabul qilinganlar uchun dastlabki sinov muddati bir yil etib belgilandi.

Intizomiy jazo tariqasida lavozimidan ozod etiladigan xodimlarni boshqa sohaviy tuzilmaga o'tkazish amaliyotiga chek qo'yiladi.

👮🏻‍♀️IIOga xizmatga birinchi marta qabul qilinadiganlar Malaka oshirish institutida 3 oylik boshlang'ich tayyorgarlikdan o'tkaziladi.

Qaror bilan IIO kadrlar salohiyati darajasini oshirish bo'yicha kompleks chora-tadbirlar "yo'l xaritasi" ham tasdiqlandi.