Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi
9.28K subscribers
14.2K photos
1.54K videos
95 files
4.62K links
Download Telegram
#ustozlar_ijodi

DUNYONI QIZG‘ANMA

Dunyoni qizg‘anma mendan, azizim,
Men sening ko‘changdan o‘tmasman zinhor.
Mening bu olamda o‘z aytar so‘zim
Va o‘zim sig‘inar mozorlarim bor.

Dunyoni qizg‘anma mendan, azizim,
Sen ichgan buloqdan ichmasman aslo.
Sen yurgan tog‘larda qolmagay izim,
Sen kechgan daryodan kechmasman aslo.

Dunyoni qizg‘anma mendan, azizim,
Qalbingni yoqmasin shubha va so‘roq,
Men o‘zga manzilga tikkanman ko‘zim,
U sening kulbangdan juda ham yiroq.

Abdulla Oripov, O‘zbekiston Qahramoni

Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi
👍6🤩1