Forwarded from Abdulla Qodiriy ijod maktabi ijodkorlar klubi
#kun_yangiligi
Bugun, 10.09.2021, kuni Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi kutubxonasida "Lug'atlar burchagi" tashkil etildi. U:
1.O'zbek tilining izohli lug'ati
2.Xalqaro terminelementlarning izohli- illyustrativ lug'ati
3.Yuridik terminlarning ruscha- o'zbekcha lug'ati.
4. Harbiy atamalarning yangi izohli lug'ati.
5. Bank-moliya terminlarning o'zbek tilidagi izohli lug'ati.
6. Ijtimoiy-siyosiy terminlarning qisqacha izohli lug'ati.
7. O'zbek tili me'yorlari (Punktuatsiya)
8. O'zbek tilining boshlang'ich lug'atchasi (Boshlang'ich sinf o'quvchilari uchun)
9.Davlat tilida ish yuritish
kabi lug'atlardan iborat.
Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi kutubxonasi sizga ushbu yangilikni yetkazishdan mamnun!
Hurmat bilan
@Abdulla_Qodiriy_kutubxonasi

Bugun, 10.09.2021 kuni, Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabining 10 - "A" sinf o'quvchilari tomonidan tayorlangan "Ma'naviyat va ma'rifat soati" bo'lib o'tdi.
O'quvchilar bayramda mamlakatimiz mustaqilligining 30 yilligini, "Qarg'alar uchsa qaraylik" qo'shig'i mazmunini, maktabdagi ta'lim - tarbiya jarayonini ham ma'rifiy, ham quvnoq tarzda ko'rsatib berdilar.
Ushbu "ilk tadbir" kuzatuvchilar kayfyati va ma'naviyatiga ijobiy ta'sirini o'tkazdi desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

Usmon Azim 1950 yil 13 avgustda Surxondaryo viloyati, Boysun tumanidagi Gaza qishlogʻida tugʻildi. ToshDU (hozirgi Oʻzbekiston Milliy universiteti)da tahsil oldi.
Oʻzbekiston radiosi Adabiy-dramatik eshittirishlar Bosh muharririyatida (1976–1988), Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasida (1988–1989), Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devonida (1991–1994), “Savdogar” gazetasida (1995–1999) turli vazifalarda ishladi. 2003 yildan Oʻzbek Milliy Akademik drama teatrida adabiy boʻlim mudiri vazifasida xizmat qiladi.
Usmon Azim 1979 yilda chop etilgan “Insonni tushunish” ilk sheʼriy kitobi bilan adabiy jamoatchilik eʼtiborini qozondi. Shundan soʻng “Holat” (1979), “Oqibat” (1980), “Koʻzgu” (1983), “Surat parchalari”, “Dars” (1985), “Ikkinchi aprel” (1987), “Baxshiyona” (1989), “Gʻaroyib ajdarho” (1990), “Uygʻonish azobi” (1991), “Gʻussa”, “Uzun tun” (1994), “Bor ekan-da, yoʻq ekan” (1995), “Kuz” (2001), “Fonus” (2007), “Yurak” (2009) kabi sheʼriy kitoblari, “Jodu” (2003) nasriy toʻplami, “Adibning umri” (2011), “Jimlik” (2012) dramatik asarlari bosildi. Shoirning “Saylanma”si (1995) hamda qator sheʼriy kitoblari adabiy jamoatchilik tomonidan iliq kutib olindi. “Kuz” va boshqa oʻnlab toʻplamlariga kirgan sheʼrlar, dostonlar yorqin tuygʻularga, ifodalarga boyligi, joʻshqin va jozibadorligi, goh shodon, goh mahzun ohanglari bilan kitobxon qalbidan joy egalladi.
Usmon Azim mohir tarjimon hamdir. Elyuar, Dogʻlarja, Voznesenskiy, Vatsiyetis, Marsinkyavichyus kabi oʻnlab shoirlarning ijodidan namunalarni oʻzbek tiliga oʻgirdi. Oʻz navbatida uning sheʼrlari ham fransuz, nemis, ingliz, polyak, eston, gruzin, makedon, litva, turk, tojik, rus, qozoq, qirgʻiz va boshqa tillarga tarjima qilindi. Koʻplab sheʼrlari taniqli hofiz va xonandalar tomonidan ijro etib kelinadi.
Ijodining ilk davrida radiodramaturgiyada (“Baxtli boʻlaylik”, “Hujjatli film uchun syujet”, “Bahodir va malika” pyesalari) oʻzini sinab koʻrgan shoir, keyingi yillarda drama janriga qoʻl urdi. “Kunduzsiz kechalar” (1998), “Alpomishning qaytishi” (2000), “Bir qadam yoʻl” (2002), “Oʻtgan zamon hangomalari” (2003), “Adibning umri” (2005) nomli pyesalari sahnalashtirildi. Milliy teatrimiz sahnasida qoʻyilgan “Kunduzsiz kechalar” spektakli Andijonda oʻtgan xalqaro teatr festivalida “Eng yaxshi spektakl” nominatsiyasiga sazovor boʻldi.
“Alpomishning qaytishi” asari uchun muallif 1999 yilning “Eng yaxshi dramaturgi” deb eʼtirof etildi. Shoir kino sanʼatida ham oʻz kuchini sinab koʻrmoqda. Uning ssenariylari asosida “Sevgi” (1998), ikki qismdan iborat “Alpomish” (2000) filmlari suratga olindi. “Alpomish” dostonining kinotalqini uchun muallif Buxoroda oʻtkazilgan kinofestivalda maxsus mukofotga sazovor boʻldi.
Oʻzbekiston xalq shoiri Usmon Azim yilning eng yaxshi sheʼriy asarlari nominatsiyasi boʻyicha “Ofarin” mukofotiga, Gruziyaning V. Mayakovskiy nomidagi Davlat mukofotiga (1982) sazovor boʻlgan. 1997 yilda “Doʻstlik” ordeni bilan taqdirlangan.
t.iss.one/qodiriy_abdulla

Telegram
Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi
Manzil: Zarqaynar, 6/2.
@aqodiriyijodmaktabi_bot
Telegram:https://t.iss.one/qodiriy_abdulla
Instagram:https://www.instagram.com/abdullaqodiriy_ijod_mak Facebook:ECAFhttps://www.facebook.com/sha
Twitter: https://x.com/abdullaijo43777/status/190600033373

👍1
#kun_yangiligi
Prezident ta'lim muassasalari agentligi tasarrufidagi Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi o'quvchilari "Abdulla Qodiriy xaftaligi" ma'naviy - ijodiy ishlar rejasiga binoan o'tkazilgan "Abdulla Qodiriy asarlarini ifodali o'qish" tanlovida qatnashdilar va g'olib bo'ldilar. G'oliblar estalik sovg'alari hamda "Faxriy yorliq"lar bilan taqdirlandilar.
Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi o'z o'quvchilari bilan faxrlanadi. Zero, ijod maktabining asosiy vazifasi Abdulla Qodiriyning munosib izdoshlarini tarbiyalashdir.
✍Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi axborot xizmati

Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabida Ona tili va adabiyot fan oyligi doirasida ochiq dars mashg'uloti tashkil etildi. Ijod maktabi ona tili va adabiyoti o'qituvchisi Nilufar Islamovna 9-"B" sinfida " Matn va lug'at ustida ishlash" mavzusida ochiq dars o'tkazdi.
Ilmiy salohiyati kuchli pedagogik mahorati yetarli Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi o'qituvchilari mazkur darsni kuzatishdi.
O'quvchilar qiziqarli darsdan yangi bilimlarni egallagan bo'lsalar, fan o'qituvchilari bir - birlari bilan metodik bilimlarini almashdilar.
Dars tahlil qilindi va fikr- mulohazalar berildi.

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tasarrufidagi Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan olg'a surilgan besh tashabbus ijrosini ta'minlash hamda o'quvchilar orasida sog'lom turmush tarzini tashkil etish maqsadida "Sport kuni" belgilangan.
O'quvchilar "Sport kuni"da sog'lomlashtirish mashqlari hamda sport o'yinlari bilan shug'ullanadilar.
Kelajak yoshlarining sog'lom bo'lishi mamlakat rivoji uchun asosiy mezonlardan biridir.

Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabida 7-8- sinflar o'rtasida ona tili, adabiyot va ingliz tili fanlaridan ichki monitoring testlari bo'lib o'tdi.
Eslatib o'tish lozimki, ijod maktabida 16- oktabr sanasida 9-10- sinflar o'rtasida ichki monitoring testlari bo'lib o'tgan edi.
Mazkur nazorat testlari o'quvchilarning ilmiy salohiyatini oshirishga qaratilganligi bilan ahamiyatlidir.
✍Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi axborot xizmati
t.iss.one/Qodiriy_Abdulla

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tasarrufidagi Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabiga vingeriyalik sharqshunos olim Peri Bandedak tashrif buyurdi hamda kitoblar sovg'a qildi.

Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabida vazirliklar vakillari bilan uchrashuvlar davom etmoqda. Jumladan, bugun Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabiga O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirining maslahatchisi Dilshod Buriyev hamda vazirlikning yoshlar yetakchisi Dilshod Jumanazarovlar tashrif buyurishdi.
Uchrashuv ochiq muloqot tarzida o‘tkazildi. Alohida tayyorgarlik bilan kelgan mehmonlar o‘quvchilarga adabiy asarlardagi iqtisodiyotga aloqador bo‘lgan savollar bilan murojaat qilishdi, eng topqir o‘quvchilar esa Moliya vazirligining esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Tadbir so‘ngida Moliya vazirligi vakillari Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi o‘quvchilarini Moliya Vazirligiga ekskursiyaga taklif qilishdi. O'quvchilar o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

Yaqindagina "Tong yulduzi" gazetasining bosh sahifasini she'rlari bilan bezagan Zilola bugun "Istiqbol" gazetasida.
Prezident ta'lim muassasalari agentligi tasarrufidagi Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi 7- sinf o'quvchisi Zilola Shomurodovaning "G'alaba muborak" she'ri yurtimizning vaqtli nashriyoti "Istiqbol"da dunyo yuzini ko'rdi.
✍Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi axborot xizmati
t.iss.one/Qodiriy_Abdulla
Yaqindagina "Tong yulduzi" gazetasining bosh sahifasini she'rlari bilan bezagan Zilola bugun "Istiqbol" gazetasida.
Prezident ta'lim muassasalari agentligi tasarrufidagi Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi 7- sinf o'quvchisi Zilola Shomurodovaning "G'alaba muborak" she'ri yurtimizning vaqtli nashriyoti "Istiqbol"da dunyo yuzini ko'rdi.
✍Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi axborot xizmati
t.iss.one/Qodiriy_Abdulla
#kun_yangiligi
🔷 Joriy yilning 30-oktyabr kuni, Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabida “Sentabr-oktabr- xorijiy tillar fan oyligi” kesimida amalga oshirilishi rejalashtirilgan turkum tadbirlardan biri, “Classopedia” intelektual shousi bo’lib o’tdi. Shouda 9-10-sinf o’quvchilaridan 4 nafar a'zodan jamoalar shakllantirilib ishtirok etdilar. Har bir jamoa ekspert va xalqaro mutaxassislardan tashkil topgan hakamlar ha'yati tomonidan 2 ta shart asosida baholandilar. Dastlab, har bir jamoa o’z ijodkorligini ingliz tilida namoyish etdi, so’ngra esa intelektual savollar bilan o’zaro musobaqalashdilar. Shou qizg’in savollar va ijodiy chiqishlarga boy o’tdi. Shou yakunida esa hakamlar hay’ati e’lon qilgan yakuniy natijalarga ko’ra g’olib jamoalar e’lon qilindi. Ishtirokchilar sertifikat va esdalik sovg’alari bilan taqdirlandilar.
🔷On October 30, Abdullah Kadirii school of creativity hosted an intellectual show "Classopedia", one of a series of events scheduled for September-October - Foreign Languages Month. The show was attended by students in grades 9-10 with teams of 4 participants. Participants were evaluated by a panel of judges consisting of experts and international experts on the basis of 2 conditions. First, the creative school students demonstrated their creativity in English and then competed with each other with intellectual questions. The show was full of lively questions and creative performances. At the end of the show, the winning teams were announced based on the final results announced by the jury. Participants were awarded with certificates and souvenirs.
🔷30 октября в школе творчества Абдуллы Кадири состоялось интеллектуальное шоу «Классопедия» - одно из мероприятий, запланированных на сентябрь-октябрь -месяц иностранных языков. В шоу приняли участие учащиеся 9-10 классов в составе команд по 4 участника. Участников оценивала судейская коллегия, состоящая из экспертов и международных экспертов, по 2 условиям. Сначала ученики творческой школы продемонстрировали свои творческие способности на английском языке, а затем они ответили на интеллектуальные вопросы. Шоу было полно живых вопросов и творческих выступлений. В конце шоу были объявлены команды-победители по окончательным результатам, объявленным жюри. Участникам были вручены сертификаты и сувениры.

Bizning manzil:
@aqodiriyijodmaktabi_bot
Telegram:https://t.iss.one/qodiriy_abdulla
Instagram:https://www.instagram.com/abdullaqodiriy_ijod_mak
Facebook:ECAFhttps://www.facebook.com/sha
Twitter: https://x.com/abdullaijo43777/status/1906000333739848043?s=46

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tasarrufidagi Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabida "Ma'naviyat soati" doirasida tez-tez film-taqdimotlar bo'lib o'tadi. O'quvchilarni tashabbuskor, salohiyatli, tarbiyali bo'lishlari, hayotiy falsafalarni tushunishga undash uchun "Baxtsiz kuyov" hamda "Qo'rg'oshin" filmlarini taqdim etgan edik. Bugun kinolar xususida davra suhbati bo'lib o'tdi. O'quvchilar o'z fikrlarini erkin bayon etdilar. Kinolarni o'qituvchilar yordamida tahlil qildilar. Zamonaviy dunyoda urush va tinchlik, vijdon va vijdonsizlik, qoloqlik va bilimli bo'lish haqida chuqur mulohazalar bildirildi.
Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi o'z o'quvchilari bilan faxrlanadi. Zero, Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabining asosiy maqsadi Abdulla Qodiriyga munosib avlodni tarbiyalashdir.

❤1
#kun_yangiligi
Bugun, 13- noyabr sanasida o'zbekning otashqalb shoiri Usmon Nosir tavvallud topgan.

Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabida birinchi chorak yakuni hamda ikkinchi chorak boshlanishi munosabati bilan "Ota- onalar majlisi" bo'lib o'tdi. Majlisda Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi direktori Yuldasheva Nilufar Abdullayevna, maxsus fanlar bo'yicha direktor o'rinbosari Mirzaxmedova Yorqinoy, maktab o'qituvchilari hamda ota- onalar qatnashdilar.
Majlisda ta'limiy, ma'naviy - ma'rifiy, o'quvchilarning sog'ligi masalalari bo'yicha maktab direktori hamda o'rinbosari so'zladi. Tarbiyaviy ishlar bo'yicha Zamira Norboyeva so'zga chiqdi. Monitoring testi natijalari ma'lum qilindi. O'quvchilarning ijodiy faoliyatini yanada yaxshilash uchun tegishli ishlar rejasi bilan tanishtirildi.

Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabida 9-10- sinflar o'rtasida ona tili, adabiyot, tarix va ingliz tili fanlaridan ichki monitoring testlari bo'lib o'tdi.
Mazkur nazorat testlari o'quvchilarning ilmiy salohiyatini oshirishga qaratilganligi bilan ahamiyatlidir.
Test natijalari bugungi ota-onalar majlisida ma'lum qilindi.
✍Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi axborot xizmati
t.iss.one/Qodiriy_Abdulla
Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabida 9-10- sinflar o'rtasida ona tili, adabiyot, tarix va ingliz tili fanlaridan ichki monitoring testlari bo'lib o'tdi.
Mazkur nazorat testlari o'quvchilarning ilmiy salohiyatini oshirishga qaratilganligi bilan ahamiyatlidir.
Test natijalari bugungi ota-onalar majlisida ma'lum qilindi.
✍Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi axborot xizmati
t.iss.one/Qodiriy_Abdulla
Audio
#kun_yangiligi
🎙Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi axborot xizmati
Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi
🎙Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi axborot xizmati
Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi
#kun_yangiligi
Bugun, 26-noyabr kuni, Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabiga "O'zbektelekom"AK TSHTT filiali ishlar boshqarmasi xizmati boshlig'i Rustamov Farrux Shoxruxovich va boshqalar tashrif buyurdi.O‘quvchilar bilan uchrashuvda bugungi kunda Respublikamizda axborot-texnologiyalarini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlar, shu jumladan yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar mavzusida davra suhbati bo'lib o'tdi.
Tadbirda Rustamov Farrux Shoxruxovich o‘quvchilar bilan suhbatlashish jarayonida ularga motivatsiya berib, qobiliyatlarini qo‘llab quvvatlagan holda IT ga qiziqadigan o‘quvchilar bilan yaqindan tanishdi. Tadbir so‘ngida esa o‘quvchilarning o‘qishlariga muvaffaqqiyat tilab kasbga yo'naltirish bo‘yicha o‘z takliflarini bildirib o‘tdi.
Tadbirda Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi o‘quvchilari o‘z chiqishlarini o‘zbek, ingliz, rus, koreys tillarida olib borishdi. O‘quvchilar qo‘shiq, raqs, dutor taronalari orqali o‘z ijodlaridan namunalar namoyish qildi.

Bugun, 29-yanvar kuni, Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabiga "O'zbektelekom" AK xodimlari tashrif buyurdi. O‘quvchilar bilan o'tgan online uchrashuvda bugungi kunda Respublikamizda axborot-texnologiyalarini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlar, shu jumladan, yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar mavzusida davra suhbati bo'lib o'tdi.
Online suhbat jarayonida o'quvchilarga motivatsiya berib, qobiliyatlarini qo‘llab quvvatlagan holda IT ga qiziqadigan o‘quvchilar bilan yaqindan tanishdi. Tadbir so‘ngida esa o‘quvchilarning o‘qishlariga muvaffaqqiyat tilab kasbga yo'naltirish bo‘yicha o‘z takliflarini bildirib o‘tdi.
Online suhbatda Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi o‘quvchilari faol ishtirok etdilar hamda mehmonlar tomonidan berilgan savollarga javoblar berib qimmatbaho sovg'alarga ega bo'ldilar.
O'zbektelekom AK tomonidan Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi kutubxonasiga 77 nomdagi 150 ta kitob sovg'a qilindi.
Epidemiologik sharoitda tashkil etilayotgan suhbatlar o'quvchilarning bugungi kun texnologiyalari hamda kelajak innovatsiyalari uchun poydevor vazifasini bajarishiga shubha yo'q.