Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi
1.96K subscribers
9.86K photos
1.29K videos
92 files
3.76K links
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabining rasmiy telegram kanali

“Kelingiz yoshlar, ziyolilar bu kun g’ayrat qiling, Uxlaganlarni agar Qodir esak, uyg’otamiz”Qodiriy

@aqodiriyijodmaktabi_bot
Download Telegram
#ajdodlar_mardona_ruhi_senga_yor
#tanlov

⚡️Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi “Ikkinchi Jahon urushi xotiralarda” nomli ijodiy ishlar tanlovini e’lon qilgan edi. Ana shu tanlovga kelib tushgan asarlarni birgalikda mutolaa qilamiz!
#1-ishtirokchi

QORA XOTIRA


Kunlardan bir kuni bobomnikida,
Ne deya soʻradim urush degan nom.
Buvim javob berdi turib soʻridan —
“Bolam, yostiqlarni quritgan zamon”

Oʻgʻlim, tezroq qayt deb yigʻlar onalar.
Qoʻlida tishlangan non qolgan ayol.
"Otam qachon qaytar?”, degan savolga,
Javob berolmasdi hattoki shamol.

Kimdir qaytdi singan oyoq-qoʻl bilan,
Kimlardandir esa keldi qora xat.
Qoʻli bo’lmasa ham, joni qoldi but,
Faqat taskin berdi matonat, toqat.

Nechun ona cho’kdi jahon poyiga?
Nega bu olamda yig’i ko’paydi?
Balki barchasiga aybdor kishi
Lekin badalini dunyo to’laydi!

Azizlar, aslida dunyo ham ona
Millionlab farzandin tuproqqa ko’mdi.
Nihoyat tinchlikning yalovin tutib
Urushning olovi abadiy so’ndi.

✍️Sultonamirova Hanifaxon 8-“V” sinf o’quvchisi



🌐 Ijod maktabining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Telegram
Facebook
Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#ajdodlar_mardona_ruhi_senga_yor
#tanlov
#2-ishtirokchi

ASKARNING SO’NGGI SO’ZI

Salom deyman sizga onam, Vatanim,
Kurashmoqdaman jangda sizlar-chun.
Yigʻlamang onajon, siz jon-u tanim,
Qoraxat borganda, siz demang "Nechun?"

Ona yurtimga men balki qaytmasman,
Tishloq non balki shu holicha qotar.
Yorim visoliga endi yetmasman,
Bergan va'dalarim qalbimda qolar.

Koʻkdan kuzataman yurtim tinchligin,
Toʻkilgan qonimga roziman, ona.
Bilasiz, jang qilmoq yigit burchligin,
Shunday qilar edim tugʻilsam yana.

Singlimga aytinglar, hech gʻam chekmasin,
Bu dahshat kunlari tinadi bir kun.
Mudhish onlar unga aslo tegmasin,
Qalbida qolmasin zarracha tugun.

Yuragimni tinmay gʻijimlar sogʻinch,
Menga siyratingiz bagʻishlar darmon.
Yaqinlarim doim yashasin deb tinch,
Jang uchun umrimni men qildim qurbon


Abdurahmonova Xadichabonu 8-“B” sinf o’quvchisi


🌐 Ijod maktabining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Telegram
Facebook
Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#ajdodlar_mardona_ruhi_senga_yor
#tanlov
#2-ishtirokchi
#nasr


SADOQAT

Qizg'aldoqlar kelbat tog'lar bag'rida sho'ng'ir, kapalaklar chechaklarni quchib olgan mahal – bahor. Jilgʻalar goʻyoki yosh qizlar kabi qiqir-qiqir xandon kulib, majnuntolning kokilini tarardi. Majnuntolning tagida Sadoqat Lutfiy ijodidan bahramand boʻlib oʻtirar edi. Toʻsatdan qizning boshiga bir narsa qoʻngandek boʻldi. Bu gulchambar edi. Yuqorida qaragach, oʻz qoʻshnisi Nabijonni koʻrdi. Gulchambarni ham u qilgan.
— Kelsam, mutolaaga berilib ketgan ekansan. Kimni oʻqiyapsan?
— Lutfiy ijodini juda xush koʻraman. Bir tinglab koʻring.
Ey, visoling davlati ahli futuh,
Zulfu yuzung yodidur oromi ruh.
Gar ilik tutsang, ravon tutqil, begim,
Sabri Ayyub o’lsa, yo’qtur umri Nuh. — Shu bilan ular Mavlononing nafis misralari taʼsiriga tushdilar.
— Sadoqat, kel ikkimiz qachondir, birga maktab ochib bolalarga ilm oʻrgatamiz? — Nabijonning bu soʻzlari Sadoqatni biroz oʻyga soldi.
— Mayli, bu fikr menga yoqdi. — Javob qaytardi Saodat.
ㅤㅤ***
1941-yil, 21-iyun. Toʻsatdan "Munojot" chalinayotgan radiodan ashula toʻsatdan toʻxtab, sirena ovozi eshitildi va rus tilida:
— Vnimanie, vnimanie. Nachalas voyna...— Boshqa soʻzlarni hech kim eshitmadi. Dunyo ostun-ustun boʻldi va qishloqdagi barcha erkaklar, yosh, navqiron yigitlarning bari urushga jalb qilindi, ular orasida Nabijon ham.
Butun qishloq kechasi bilan mijja qoqmagan. Erkaklar poyezdga otlanmoqda, ayollar uvvos tortgan.
— Yigʻlama, Sadoqat. Albatta, men qaytaman va muallimlik orzularimizga erishamiz. — Shu soʻzlar bilan Nabijon otlandi.
Bu mudhish kunlarning boshlanishi edi. Qishloqda ayollargina qolgan, ketmon chopish ham, bola qarash-u boshqa ishlar ham ularning boʻynida edi.
Nabijondan Sadoqatga ora-orada maktublar kelib turardi. U yerda oʻzi yozgan sheʼrlar, gʻazallar boʻlardi:
Ismingni takrorlab yotdim tonggacha,
Sogʻinch sahrosida men telba Majnun.
Sen menga vafodor boʻlgin, Layli-cha,
Men senga umrbod boʻlayin maftun.
Baʼzida frontda tanishib qolgan Stepan amaki haqida ham gapirardi. U Nabijonga koʻp narsalarda yordam berarkan.

Nabijon
Frontda ancha-muncha narsaga tushunadigan boʻldim. Sadoqatdan maktublar tinmay keladi, iloji boricha tezroq javob qaytarishga harakat qilaman. Stepan amaki menga yoshlik chogʻlari haqida gapirib beradi. Urushdan oldingi hayotimdagi oddiy narsalar, issiq ovqat yemoq, ukalarimni qochmoq yoki onam tayyorlagan sharbatlarni ichmoq goʻyo ushalmas orzu kabi tuyulib qoldi. Bu yerda hozir har vaqt sergak turish kerak, qachon oʻq oʻtilishini bilmay qolasan kishi, tunlari zah yerda yotasan. Umuman bugun ovqatlansanmi, yoʻqmi aniq emas. Har kuni yerda yotgan murdalarni koʻrasan, sen oʻldirmasang – seni oʻldirib ketishadi.
Bir kuni kutilmaganda otishma sodir boʻldi, Stepan amaki qattiq jarohatlanib halok boʻldi. Oʻq mening qoʻlimga tegdi. Qoʻlim qizishni boshladi, soʻngra xushimdan ketdim. Oʻzimga kelib chap qoʻlimdan ayrilganimni aytishdi.
Nihoyat bu mudhish kunlar nihoyasiga yetdi. Qishlogʻim, tugʻilib oʻsgan joyimga qaytdim.
Yoʻlda mahalla raisini uchratdim, uni aytishicha, Sadoqat oʻz vaʼdasida turgan ekan. Menga vafodor qolib, oʻz uyida bolarga savod chiqarishga yordam berayotganmish. Rais bizga maktab ochib berishini vaʼda berdi.
Sadoqat chap qoʻlim yoʻqligini koʻrib
— Hechqisi yoʻq, bir qoʻl bilan ham muallim boʻlish mumkin. — deya mayin jilmayib, meni bagʻriga bosdi.


✍️Abdurahmonova Xadichabonu 8-“B” sinf o’quvchisi.


🌐 Ijod maktabining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Telegram
Facebook
Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#ajdodlar_mardona_ruhi_senga_yor
#tanlov
#3-ishtirokchi

XOTIRA AZIZDIR, MUQADDAS HAR DAM

Xotira azizdir, muqaddas har dam
Ajdodlar ruhlari singadi unda
Qancha xotirlasak, shuncha bo'lar kam
Ularning yodlari mangudir bunda.

Yashamoqdamiz, tinchlik bilan biz
Askarlar kurashgan bu kunlar uchun
Yoddan chiqarmanglar do'stlar buni siz
Xotira aslida yorug' bir uchqun

Asrasak bobolar, momolar yodin
Xalq uchun kurashgan qahramonlarni
Xotirlab adiblar go'zal ijodin
Yurt uchun jon bergan pahlavonlarni

Urushning o'chmasdir qonli izlari
Mardlarcha xalqimiz jangda kurashdi
Qirildi o'zbeklar urush kezlari
Omon qolish uchun rosa tirmashdi.

Vatanim, tinch va mustaqil hozir
Sababchidir bunda botir yigitlar
Qancha esga olsak shunchalik ozdir
Ulardan qolgandir bizga o'gitlar.

Xotira azizdir, muqaddas har dam
Ajdodlar ruhlari yotadi unda
Kamdir ularni qancha xotirlasak ham
Ularning yodlari mangudir bizda!


✍️Ergashev Doniyorbek 8-“B” sinf o’quvchisi


🌐 Ijod maktabining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Telegram
Facebook
Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#ajdodlar_mardona_ruhi_senga_yor
#tanlov
#4-ishtirokchi


NOMA’LUM ASKAR KIMSAN SO’ZI

Oʻylaysizki, marhumlar eshitmaydi
Biz marhumlar sizni tinglaymiz hamon,
Oldingizga borolmasdirmiz faqat
Tushlaringiz bizga yagona imkon.

Ana oyim menga maʼyus boqmoqda
Quyoshga termulib kutmoqda meni,
O'rtamizda yonib turibdi gulxan
Ammo afsus, bu onamning haykali...

Lek bugun onamning o'zini ko'rdim
Ko'rdim onajonimning diydorini,
Onam ko'z yoshlari yuzimga tomdi
Yig'lamang onajon, qiynamang meni!

Siz tiriklar eshitmaysizlar meni
Ammo biz sizlarni ko'rib turibmiz,
Sizda-ku bor ming xil shirin tashvishlar
Biz xotiralarni eslab yuribmiz.

Bilaman, hammasin bilib turibman
Siz tiriklar o'limdan qoʻrqasiz hamon,
Qo'rqqan edim men ham hayotligimda
Yo'q, o'lim emasdir unchalik yomon.

Darhaqiqat, oʻlim dahshatli emas
O'lish qiyin emas oʻlim bu oson,
Gap qanday oʻlishda emasmi inson
Ammo muhim emas oʻlgani qachon!

Hayot nima oʻzi, bilmaydi har kim
Xudo xadya etgan inʼomdir hayot,
Hamma ham o'ladi ertami-kechmi
Inson yashash uchun tug'ilgan
hayhot!

Darhaqiqat, odamlar har xil bo'larkan
Kimdir hayotini ko'radi baham,
Kimdir istar olmoq boshqalarnikin
Hayot mazmunini tushunmas hech kim.

Siz yig'lamang ona, ular yig'lasin
Nomardlar qoʻliga solingiz kishan
Urushni biz o'ylab topmadik axir,
Soʻnggi soʻzim shudir, oʻgʻlingiz Kimsan!..

✍️Nurmuhammadova Dilrabo 9-“A” sinf o’quvchisi


🌐 Ijod maktabining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Telegram
Facebook
Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Insho.pdf
34.6 KB
#ajdodlar_mardona_ruhi_senga_yor
#tanlov
#5-ishtirokchi

✍️Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabining 7-“B” sinf o’quvchisi Qudratillayeva Zilolaning “Xotira va qadrlash kuni”ga atab yozgan inshosi


🌐 Ijod maktabining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Telegram
Facebook
Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Halima_Xudoyberdiyeva_77_yoshda
#Tanlov_uchun

🏝Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi 8-"V" sinf o'quvchisi Eshqulova Marjonaning Halima Xudoyberdiyeva tavalludining 77 yilligi munosabati bilan e'lon qilingan "VATAN BAYROG'I" tanlovIga tayyorlagan videoroligi.

🔰Bizni kuzatishda davom eting!

🎯Biz ijtimoiy tarmoqlarda👇

Telegram I Facebook I 🌐Veb-sayt I 🌐Instagram 📹YouTube I
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Halima_Xudoyberdiyeva_77_yoshda
#Tanlov_uchun

🏝Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi 8-"V" sinf o'quvchisi Shakarova Shalolaning Halima Xudoyberdiyeva tavalludining 77 yilligi munosabati bilan e'lon qilingan "VATAN BAYROG'I" tanlovIga tayyorlagan videoroligi.

🔰Bizni kuzatishda davom eting!

🎯Biz ijtimoiy tarmoqlarda👇

Telegram I Facebook I 🌐Veb-sayt I 🌐Instagram 📹YouTube I
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Halima_Xudoyberdiyeva_77_yoshda
#Tanlov_uchun

🏝Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi 8-"V" sinf o'quvchisi SNortojiyeva Dilnozaning Halima Xudoyberdiyeva tavalludining 77 yilligi munosabati bilan e'lon qilingan "VATAN BAYROG'I" tanlovIga tayyorlagan videoroligi.

🔰Bizni kuzatishda davom eting!

🎯Biz ijtimoiy tarmoqlarda👇

Telegram I Facebook I 🌐Veb-sayt I 🌐Instagram 📹YouTube I
#Halima_Xudoyberdiyeva_77_yoshda
#Tanlov_uchun
#Nazira
(Halima Xudoyberdiyeva)

"Iltimosim qayta yozma xat
O'ynatmasin yurakni nido"...
Kechirarsan sen meni, faqat
Afv etarmi bizlarni Xudo

Vido aytmam, shunchaki xayr,
Unut demam, unutolmaysan.
Oydin tunda qilsak ham sayr,
Yorug' kunga o'ta olmaysan

Senda ayb yo'q, qusur o'zimda,
Shuning uchun “Ket” dedim senga.
O'zing o'yla azob bormidi,
Ayriliqdan ortiqroq menga.

Ne qilardik taqdir oldida,
Qismatim shu, ajalim yaqin.
O'lim haqdir, ayriliq sinov
Ko'risharmiz kelguncha yakun!


✍️Hasanov Nurmuhammad, Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi 8-"A" sinf o'quvchisi

Telegram I Facebook I 🌐Veb-sayt I 🌐Instagram 📹YouTube I
#tanlov
#ishga_taklif_etamiz

📣DIQQAT E'LON!

❗️YANGI MARRALARNI ZABT ETMOQCHI BO‘LGAN RAHBAR KADRLAR DIQQATIGA!

🔔IXTISOSLASHTIRILGAN TA'LIM MUASSASALARI AGENTLIGI Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlaridagi rahbar lavozimlariga kadrlarni ISHGA TAKLIF ETADI.

📆 Tanlovning 1-bosqichi (saralash) joriy yilning 3-12-avgust kunlari boʻlib oʻtadi.

Hurmatli rahbar kadrlar, bizni tanlashingiz uchun 3 sabab:
o‘z ustingizda ishlashingiz, ta'lim sohasidagi ilg‘or tajribalarni o‘rganishingiz uchun barcha sharoitlar mavjud;
mahalliy va xorijiy mutaxassislar treninglarida bevosita qatnashishingiz va malaka oshirishingiz, shuningdek xalqaro sertifikatlarga ega bo‘lishingiz mumkin;
xalqaro tan olingan dasturlar asosida dars o‘tishingiz ta'minlanadi.

🗂 Talab etiladigan hujjatlar:
shaxsni tasdiqlovchi hujjat;
oliy ma’lumotga ega bakalavr/magistraturani tamomlaganligi to‘g‘risidagi hujjat;
nomzodning shaxsiy varaqasi (maʼlumotnoma-obyektivka);
IELTS/TOEFL/DTM sertifikatingizni yuklang (malaka talablariga mos ravishda).

Nomzodlardan nimalar talab etiladi:
halollik, ishchanlik va jamoani boshqara olish qobiliyati;
liderlik qobiliyatlar va axloqiy fazilatlarga ega bo'lishi;
zamonaviy AKT savodxonligiga ega bo'lishi.

🟢 Hujjatlarni job2.piima.uz sayti orqali 3-avgust sanasidan boshlab topshirishingiz mumkin.

☎️ Call-markaz: (71) 207 20 17 (ichki raqam 180)

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Job2
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#tanlov
⚜️Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabining ijodkor o'quvchilari uchun yana bir xushxabar!

🔰Ushbu haftada maktab doirasida Vatanimiz mustaqilligining 33 yilligi hamda o'quvchilarning ijodini qo'llab-quvvatlash maqsadida "Biz bo'lsak, yagona xalqmiz, birlashsak Vatanmiz" shiori ostida ijodiy ishlar tanlovi e'lon qilinadi!

📝Tanlovda ishtirokchilar o'zlarining nazm, nasr va publitsistik yo'nalishidagi ijodiy ishlari bilan qatnashishlari mumkin.

O'quvchilar tomonidan taqdim qilingan ishlar:
"Eng yaxshi she'r"
"Eng yaxshi hikoya"
"Eng yaxshi maqola"
"Eng yaxshi insho"

nominatsiyalari bo'yicha saralanadi.

📌G'oliblar sertifikat va esdalik sovg'alari bilan taqdirlanadilar.

🌐Ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:

Telegram
Facebook
Instagram
#tanlov
🏫Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi

💥💥💥Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi 1-oktyabr Ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan quyidagi yo‘nalishlarda tanlov e'lon qiladi!

🎬"Eng yaxshi videorolik" (sinflar kesimida);

📷"Ustozim bilan tushgan eng chiroyli rasm";

📃" Ustozga ehtirom "(she'r, hikoya, ta'rif)

❗️❗️❗️Muddat: 28.09.2024-yil 12.00 gacha

Telegram
Instagram
Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#tanlov_uchun
#oquvchilarimiz_ijodidan

🏫Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi.

📹11-sinf o'quvchilari tomonidan 1-oktabr "Ustoz va murabbiylar" kuni uchun tayyorlangan videorolik

🌐Ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:
Telegram
Facebook
Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#tanlov_uchun
#oquvchilarimiz_ijodidan

🏫Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi
8-"B" sinf o'quvchisi
Shokirova Shabnam
📹1-oktabr "Ustoz va murabbiylar" kuniga bag'ishlangan videorolik


🌐Ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:
Telegram
Facebook
Instagram
#tanlov_uchun
#oquvchilarimiz_ijodidan

Ustoz sovg'asi

Daraxtlar go'yo mo'yqalam bilan bo'yalib oltin tusga kirgandek. Tol novdasidagi yaproqlar kuz shamoliga bardosh berolmay, uzilib, yerga tushardi. Xazonlar maktab ostonasiga ham yetib keldi.
Tasviriy san'at xonasi. Devorlar turli ijod mahsullari, haykallar bilan bezalgan. Partalar ustida turli rang-barang ruchkalardan to bo'yoqlargacha terilgan. O'quvchilar esa Mehriniso opa bergan topshiriqni berilib bajarishar edi.
Shu payt o'qituvchining nazari sinfdoshlaridan moviy qalam so'rayotgan Ilhomjonga ilindi. Biroq uning so'rog'iga barcha rad javobini berardi.
Oradan bir hafta o'tib Mehriniso opa bolalar vazifani qanday qilib bajarishganini tekshirayotganda, uning e'tiborini aynan Ilhomjonning rasmi o'ziga jalb qildi. U moviy qalam o'rniga sariq va yashil ranglarni qo'llabti.
— Buncha go'zal vazifa bu? Qalamlaring sehrli bo'lsa kerak. Qani, bir qaraychi, — deya muallima Ilhomjonning qalamdoniga qo'l cho'zib ochdi va uning ichida eski, kalta va beo'xshov qalamlarni aniqladi. Ular ijod qilishga mutlaq noqulay edi.
— Menda moviy qalam yo'q edi, shu sabab boshqa ranglarni qo'llagandim... — o'quv qurollari eskiligidan xijolatlanib past ovozda gapirdi o'quvchi.
— Lekin sen do'stlaringdan so'rab turishing mumkin edi-ku, — go'yo sinfdagi qolgan bolalarni uyaltirish uchun o'qituvchi bu gapni eshittirib, baland aytdi. Ilhomjon va qolganlar jim bo'lib qolishdi.
— Bunga qaramasdan, sen vaziyatdan yechim topibsan, — deb ustoz bolakayning sochlaridan silab, unga jilmayib qaradi, — balli senga.
Keyin esa stolining ustidan yangi qalamlarni olib butun sinfga qarata:
— Ijodkorlik bilan yondashgani uchun Ilhomjonga alohida sovg'am bor, — dedi. Shu soniyalarda Ilhomjonning qalbida xuddiki o'zgacha tuyg'u, o'zgacha quvonch xissiyotlari paydo bo'ldi.
— Qolganlar esa, — butun sinfga yuzlanib gap boshladi muallima, — kelasi safar bir-biringizdan hech narsa qizg'anmang. Do'stingiz bir-ikki daqiqa buyumingizni ishlatib yana qaytaradi. Sizdan hech vaqo kamaymasa ham, odamiylik ko'payadi. Yodingizda tuting, boshqalarga yaxshilik ulashish — bizning asosiy vazifamizdir.
Bu voqeadan so'ng bolalar har safar birovlarga yordam qo'lini cho'zganda, go'yo uchinchi sinfiga qaytib, tasviriy san'at darsida o'qituvchining gaplarini qayta eshitayotgandek bo'lishardi.

Abdurahmonova Xadichabonu 9-"B" sinf o'quvchisi
🌐Ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:
Telegram
Facebook
Instagram
#tanlov

🏫Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi.

21- oktabr O'zbek tiliga Davlat tili maqomi berilganligi munosabati bilan maktabda quyidagi ijodiy ishlar tanlovlarini e'lon qilamiz.


7-sinf o'quvchilari o'rtasida "Ona tilim- mening faxrim" mavzusida insholar tanlovi;

O'quvchilar orasida o'zbek tilimizga bag'ishlangan she'rlar tanlovi;

8-9- sinflar o'rtasida "Til va madaniyat" mavzusida qo'lda chizilgan rasmlar tanlovi;

10-11-sinf o'quvchilari o'rtasida "O'zbek tilida eng yaxshi nutq" mavzusida maqolalar tanlovi.

❗️❗️❗️Tanlovga yuborilgan ijodiy ishlar
"Eng yaxshi insho"
"Eng yaxshi she'r"
"Eng yaxshi maqola"
"Eng yaxshi chizilgan rasm" nominatsiyalari bo'yicha tanlab olinadi hamda g'oliblar esdalik sovg'alari bilan taqdirlanadi.

📆Muddat: 10-oktabrdan 20-oktabrgacha

🌐Ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:
Telegram
Facebook
Instagram
#tanlov

🏫Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi.

18-noyabr-O'zbekiston Respublikasi Bayrog'i qabul qilingan kun. Ushbu tarixiy kun munosabati bilan Abdulla Qodiriy ijod maktabida ijodiy ishlar tanlovi e'lon qilinadi.

Tanlov quyidagi yo'nalishlar bo'yicha o'tkaziladi:
O'quvchilar o'rtasida "Mangu hilpirayver, ozod bayrog'im" mavzusida diktantlar tanlovi;
Vatanimiz bayrog'ini aks ettiruvchi videorolik hamda rasmlar tanlovi.

🌐Ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:
Telegram
Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#sarhisob

2024-yilgi eng qimmat yutuq – sarhisob

“Yangi O‘zbekiston” universitetiga ilk o'qishga qabul qilingan talabalarimizdan Nurislombek Mahkamjonxojizoda o'qish davomida erishgan yutuqlari bilan o'rtoqlashdi.

⚡️ U o'zi asos solgan va President Tech award tanlovida 1-o'ringa loyiq ko'rilib, 100 ming dollar miqdorida mukofot bilan taqdirlangan Oygul loyihasi haqida ham gapirib berdi.

💥 Shuningdek, Nurislombek o'qishning birinchi kunlaridanoq talabalar orasida faollik va ijtimoiy muhitni yaxshilash maqsadida Talabalar kengashiga asos solgan hamda kengashning ilk prezidenti sifatida 3 yil faoliyat yuritgan.

🔁 English

#tanlov #oygul

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook