Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi
1.77K subscribers
9.72K photos
1.28K videos
92 files
3.71K links
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabining rasmiy telegram kanali

“Kelingiz yoshlar, ziyolilar bu kun g’ayrat qiling, Uxlaganlarni agar Qodir esak, uyg’otamiz”Qodiriy

@aqodiriyijodmaktabi_bot
Download Telegram
#bizning_shunday_oʻqituvchilarimiz_bor
#ijod_maktabi
#ustozlar_kuni

⚡️ Agentligimiz tizimidagi Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi direktori, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori, matnshunos, manbashunos olima, jurnalist va pedagog Hilola Nazirovaning mehnat faoliyati haqida quyida tanishishingiz mumkin.
Tarixshunoslik, manbashunoslik va tarixiy tadqiqot metodlari bo‘yicha katta ilmiy xodim unvoni sohibi;
100 ta ilmiy-ommabop ko‘rsatuvlar, 2 ta monografiya va 60 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar muallifi;
“O‘zbekiston tarixi” telekanalida “Tarixiy savol” ko‘rsatuvi muallifi va boshlovchisi;
The Islamic Manuscript Association (TIMA), The European Society for Central Asian Studies (ESCAS), Central Eurasian Studies Society (CESS) xalqaro tashkilotlarining a’zosi;
30 dan ziyod xalqaro konferensiyalar ma’ruzachisi;
Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti qoshidagi “Xalqaro Ogahiyshunoslar” kengashining ilmiy kotibi;
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik instituti katta ilmiy xodimi;
"Qo‘ng‘irotlar sulolasi tarixnavisligida Muhammad Rizo Ogahiyning “Zubdat ut-tavorix” asari" mavzusida dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qildi;
Sharqshunoslik institutining “Bilimkent" seminari ta’sischisi;
"Mustaqillikning 30 yilligi" ko'krak nishoni bilan taqdirlangan.

Wikipedia

🗣Ijod maktabi natijalari:
Maktabning 34 nafar bitiruvchisi 100 foizlik natija ko'rsatgan holda test imtihonlaridan o‘tib talaba bo'lishdi. Ularning 3 nafari OTMga kirish imtihonlarida eng yuqori ballarni egallashdi.
Ijod maktabining o‘quvchilari 17 ta IELTS, 13 ta CEFR ,1 ta TOPIC, 2 ta SAT kabi Xalqaro va milliy sertifikatlarga ega bo‘lishdi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Zamin_Foundation
#ijod_maktabi

⚡️Toshkentda "Bolalar va yoshlar harakatda — Markaziy Osiyoda iqlim o‘zgarishi" xalqaro forumi bo‘lib o‘tdi.

📝Forum ishtirokchilari ekota’lim mavzusini muhokama qilar ekanlar, o‘quv jarayonida yangi axborot texnologiyalaridan foydalanish muhim ekanini qayd etdi. Markaziy Osiyo ekofaollari iqlim o‘zgarishiga qarshi kurash bo‘yicha siyosat va dasturlarni ishlab chiqishda, ko‘rilayotgan choralarni monitoring qilish va ularning borishini baholashda bolalarning ham ishtirok etish huquqi borligini alohida ta’kidladilar.

🗺Forum doirasida tashkil etilgan tadbirda Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabining o‘quvchilari tomonidan Orolni asrab-avaylashga qaratilgan sahna ko‘rinishi forum ishtirokchilari e’tiboriga havola etildi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#ijod_maktabi
#taqdimot

KITOBDAN YAXSHI DO’ST YO’QDIR JAHONDA…

⚜️ Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi o’quvchilari adibimiz Abdulla Qodiriyning besh jildlik “To’la asarlar” kitobi taqdimotida o’z chiqishlari bilan qatnashdi.

🖇 Bugun Alisher Navoiy nomidagi O’zbekiston Milliy kutubxonasida "INFO CAPITAL BOOKS" nashriyoti tomonidan, adibimiz Abdulla Qodiriyning besh jildlik “To’la asarlar”i yangi va zamonaviy ko’rinishda, yangicha uslub va dizayn asosida qayta nashr etilgan kitoblar taqdimoti bo'lib o'tdi.

📌 Ushbu kitob "Info Capital Books" nashriyoti hamda Milliy kutubxona bilan hamkorlikda, adibning nevarasi
Xondamir Qodiriy mas’ulligida
tayyorlandi.

⚡️XX asr O’zbek adabiyotining ulkan namoyondalaridan biri, o’zbek romanchiligi asoschisi Abdulla Qodiriyning besh jildlik “To’la asarlar”ida sevimli asarlarimizdan biri “O’tkan kunlar”, “Mehrobdan chayon”, “Diyori bakr” va “Obid ketmon” asarlari o’rin olgan.

Shuningdek, “O’tkan kunlar" asariga O’zbekiston qahramoni, tarjimon Ibrohim G’afurov, "Mehrobdan chayon" asariga O’zbekiston xalq shoiri -Usmon Azim, "Obid ketmon" asariga adabiyotshunos olim - Umarali Normatovlar so’zboshi yozganlar.

📌 Ijod maktabi o’quvchilari, xususan, Abdulla Qodiriyning evara-yu chevaralari Samariddin Qodiriy, Akromova Nozimaxonlar nutq so’zlab, bobolariga mos avlodlar bo’lishga va’da berishdi. Shuningdek, ijod maktabi o’quvchisi Yo’ldasheva Shirin adib qalamiga mansub “Ahvolimiz” she’rini yoddan aytib berdi.

📚 Har bir kitob o’zi hikmatlarga yo’g’rilgan ulkan xazina bo’lib, kitob o’qish - xalqimiz ma’naviyatini, uning dunyoqarashini yanada boyitishga hissa qo’shishi bilan birga, inson uchun muvaffaqiyat va saodat eshiklarini ochuvchi kalit va hayot yo’llarini yoritguvchi chiroq kabidir.

Ijod maktabining rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Instagram |Facebook
#ijod_maktabi
#yashil_makon

⚡️“Daraxtlarni nomiga emas, hayotimiz, ertangi kunimiz uchun ekish kerak” — Shavkat Mirziyoyev.

🟢 Bugun, Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabida “Yashil makon” loyihasi doirasida 20 tup ko’chat ekildi.

Ayni kunlarda butun Respublikada keng targ’ib qilinayotgan “Yashil makon” loyihasi kuzgi mavsum ko’chat ekish aksiyasida maktabimiz hovlisiga ham shamshod daraxtining ko’chatlari ekildi.

Ijod maktabining rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Instagram |Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#ijod_maktabi

⚡️ Kitobsevarlarga yangilik (+video)


🟢 Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida buyuk adibimiz, o‘zbek romanchiligi asoschisi Abdulla Qodiriyning besh jildlik “To‘la asarlar” kitoblari taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Ushbu kitoblar to‘plami “Info Capital Books” nashriyoti tomonidan yangicha uslub va dizayn asosida qayta nashr etildi.

Batafsil: https://uza.uz/posts/541270

▶️ https://youtu.be/HZTKO8CSodY

Ijod maktabining rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Instagram |Facebook
#ijod_maktabi

⚡️ Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi o'quvchilari "O'zlikka yo'l" ko'rsatuvida ishtirok etishdi.

🖇 Ushbu ko'rsatuv Turkiston Muxtoriyatining 108 yilligi munosabati bilan suratga olindi. Unda maktabning "Chig'atoy gurungi" va Drama to'garagi a'zolari o'z chiqishlari bilan qatnashdilar.

📌Ijod maktabining rasmiy sahifalariga ulanish:

Telegram | Instagram |Facebook
#ijod_maktabi

⚡️ Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabining iqtidorli o'quvchilari orasidan Maktab prezidenti saylandi

Maktab prezidentligiga o'z nomzodlarini qo'ygan o'quvchilar Maktab rahbariyati tomonidan ogohlantirish olmagan, baholari a'lo bo'lishi, shuningdek, o'qituvchi va o'quvchilarga o'zlari tayyorlagan taqdimotni ko'rsatib berishlari kerak.

🟢 Saylovda 11- sinf o'quvchilari Iroda Shokirova, Umaraliyev Abdulbori, 10- sinf o'quvchilari Mohichehra Abduazizova, Feruzabonu Yaqubbayeva qatnashdi. Natijalarga ko'ra, Umaraliyev Abdulbori 134 ta ovoz bilan 66.3 % to'plab, Maktab prezidenti etib saylandi.

💫 Oʻquvchimizning kelgusidagi oʻqish va ishlarida omad tilaymiz!

Ijod maktabining rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Instagram |Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#ijod_maktabi

⚡️ O'zbek romanchiligi asoschisi Abdulla Qodiriy hayoti va ijodi haqida hujjatli film suratga olindi

Mazkur film O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil Adiblar xiyoboniga tashrifi davomida berilgan topshiriqlari yuzasidan "Xalq yuragi" turkumi ostida tayyorlandi.

➡️ Ushbu kartinaning ssenariysini Farrux Jabborov, Iqbol Qo‘shshayeva va Umid Hamdamovlar yozgan. Kartinada arxiv hujjatlardan unumli foydalanilgan. Abdulla Qodiriy boshdan kechirgan qiyinchiliklar oshkora, bo‘yoqlarsiz ko‘rsatilgan. "O‘tgan kunlar" va "Mehrobdan chayon" kabi badiiy filmlardan parchalar kiritilgan.

Ijod maktabining rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Instagram |Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#ijod_maktabi

Kinotalqin | "Abdulla Qodiriy" hujjatli filmi haqida
#madaniyat

05:31, 11:37, 19:11 Hilola Nazirova, tarix fanlari bo'yicha falsafa doktori

Ijod maktabining rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Instagram |Facebook
#ijod_maktabi

⚡️Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi beshta maktab o'rtasida "Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi direktori kubogi" uchun Zakovat o'yini o'tkazildi.

➡️ Unda Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi, Sergeli, Olmazor, Shayxontohur va Zangiota ixtisoslashtirilgan maktablarning jamoalari qatnashdi.

🟢Ko’chma kubok Sergeli terma jamoasiga nasib etdi. Abdulla Qodiriy jamoasi 2-o’rin, Olmazor jamoasi 3-o’rinni oldi. Keyingi o’yinga Zangiota tuman ixtisoslashtirilgan maktabi mezbonlik qiladi.

Ijod maktabining rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Instagram |Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#ijod_maktabi

⚡️ Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi o'quvchilari diqqatiga!

Sizlarni "Media to'garak" tomonidan tashkil etilayotgan seminar-treningda ishtirok etishga taklif qilamiz.


🟢 Unda "MY5" telekanalida faoliyat yuritib kelayotgan, boshlovchi Dildora Abduhalilova o'z tajribasi bilan bo'lishadi.

➡️ Seminar davomida jurnalistikaga oid tushunchalar, boshlovchining kiyinish madaniyati, o'zini tutish odoblari va efirda nimalarga e'tibor qaratishi kerakligi haqida suhbat bo'lib o'tadi.

🗓 Seminar ertaga, 2-dekabr kuni soat 14:00 da ijod maktabida bo‘lib o‘tadi.

Ijod maktabining rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Instagram |Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#ijod_maktabi

⚡️ Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabida FVB xodimlari tomonidan favqulodda vaziyat va yong‘in xafvsizligi bo'yicha amaliy mashg'ulotlar o'tkazildi

Barchamizga ma'lum, Respublikaning barcha hududlarida 15-noyabr kunidan 15-dekabr kunigacha "Yong‘in xavfsizligi oyligi" bo'lib o'tmoqda.

➡️ Tadbirda Olmazor tumani FVB P va NB inspektori M.Murodov so‘zga chiqib, “Yongʻin xavfsizligi boʻlinmalari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-2992-sonli qarorni ijrosini taminlash yuzasidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida toʻxtalib, qarorni 6-bandiga asosan xaftaning xar chorshanba kuni “Yongʻinlar profilaktikasi kuni” deb belgilangani va aholi, tashkilotlar, taʻlim muassasalari oʻrtasida yongʻin xavfsizligi chora-tadbirlariga rioya etish toʻgʻrisidagi keng tushuntirish ishlari olib borish, yongʻinlarning oldini olish va muvaffaqiyatli bartaraf etish tadbirlariga keng jamoatchilikni jalb qilish, mahalla faollari bilan birgalikda uyma-uy yurib tushuntirish ishlarini amalga oshirish ularning yakunida yongʻinga qarshi holat boʻyicha aniqlangan kamchiliklarni fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarida muhokama qilish va bartaraf etish choralarni koʻrish hamda bu borada maskanda targʻirbot tashviqod va tushuntirish ishlarini muntazam olib borish toʻgʻrisida toʻxtalib oʻtdi.

Shuningdek, tadbir doirasida tumandagi barcha tuman FVB xodimlari tomonidan yongʻin xavfsizligini taʼminlash va yongʻin bilan bogʻliq turli baxtsiz hodisadlarning oldini olish yuzasidan tashkilot va idoralarda, ijtimoiy obyektlarda, savdo majmualari va bozorlarda, aholi orasida targʻibot tadbirlari hamda olib borilayotganlini aytib oʻtdi.

Ijod maktabining rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Instagram |Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#ijod_maktabi
#media_savodxonlik

⚡️ Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi o’quvchilari Media to'garak darsi davomida iste'dodli boshlovchi Dildora Abduhalilovadan soha "sirlari" haqida bilimlar olishdi

Ijod maktabida faoliyat yuritayotgan Media to'garak darslari doirasida "MY5" telekanalida faoliyat yuritib kelayotgan, boshlovchi Dildora Abduhalilova o'z tajribasi bilan bo'lishdi.

Seminar avvalida Dildora Abduhalilova o'quvchilar bilan mana shu yutuqlarga erishishi uchun bosib o'tilgan qiyinchiliklari va to'siqlarga qaramasdan faqat bilim olish va intilish kerakligi to'g'risida suhbatlashdi.

➡️ Shuningdek, nutq texnikalari, his-hayajonni yengish, tez gapirish muammosidan xalos bo’lish, fikrlarni tizimlashtirish, ovoz jarangdorligini oshirish kabi mavzular yuzasidan dars o'tib berdi.

- Mashg‘ulotlarda boshlovchi bo'lish ham oson, ham mashaqqat ekani, bu jiddiy va murakkab kasb bo'lib, jurnalistdan katta kuch, bilim va mahorat talab etishini, yangiliklar matnini yozish uchun jurnalistga uch asos ya'ni mavzu, fikr, fakt muhim ekanligini o‘rgandik, - deydi o'quvchilar.

📌 Media to'garak mashg‘ulotlari davomida o'quvchilarga sohaning yetuk mutaxassislari ishtirokida matbuot xizmatining jamoatchilik bilan aloqasi, fotojurnalistika, videotasvir, dizaynerlik, montaj ishi ham o‘rgatiladi.

Ijod maktabining rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Instagram |Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#ijod_maktabi

Hudud | Oliy sudda 174 nafar qatag'on qurbonining nomi oqlandi.

#my5

Abdulla Qodiriyning 1926-yildagi sud qarori bo’yicha oqlovi bo’lmagan, bugun bu tarixiy xatolik tuzatildi.

Ijod maktabining rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Instagram |Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#ijod_maktabi

⚡️ Bu dunyoda yashayotgan har bir inson uchun eng muhim jihat, bu - uning huquq va erkinliklari qadrlangan jamiyatda yashashdir. Bu huquq va erkinliklar esa mamlakatning Bosh Qomusida o‘z aksini topadi.

Bugun, 8-dekabr - Inson uchun chinakam huquqiy kafolat beruvchi muhim hujjat Asosiy qomusimiz qabul qilingan qutlug‘ sanadir. Hayotimiz qomusi bo‘lgan Konstitutsiyamiz mustaqil yurtimizning erishgan barcha yutuqlarimizning mustahkam huquqiy poydevori bo‘lib xizmat qilmoqda, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

Barcha qaror va qonunlar aynan bosh Qomusimizga tayanib qabul qilinadi. Yangi tahrirdagi Asosiy Qonunning qayta tahrirdan o‘tib, saylov asosida qabul qilingani va bu siyosiy jarayonda fuqarolarning faol ishtirokini kuzatgan edik. Bu o‘z navbatida yurtdoshlarimizning o‘z huquq va erkinliklarini o‘zida ifodalovchi Konstitutsiyaga nisbatan befarq emasligini isbotladi.

Bosh Qonun yurtdoshlarimiz uchun mamlakatning xohlagan hududida emin-erkin yashash, uy-joy va ko‘chmas mulk sotib olish, fuqarolikka ega bo‘lish, bilim olish, mehnat qilish, tadbirkorlik bilan shug‘ullanib, daromad topish, turli davlat xizmatlaridan foydalanishga oid keng imkoniyatlarni yaratilishining asosiy poydevori sanaladi.

Bo‘layotgan o‘zgarishlarni kuzatadigan bo‘lsak, Konstitutsiyamiz normalarini hayotga to‘la tatbiq etish, jamiyatda qonun va adolat ustuvorligini, inson huquq va manfaatlari, uning qadr-qimmatini yanada samarali ta'minlash borasida ko‘p ishlar amalga oshirilayotgani har bir yurtdoshimiz qalbiga farah soladi.

Barchangizni Konstitutsiya kuni bilan chin dildan tabriklab, barchangizga sihat-salomatlik, xonadonlaringizga tinchlik-xotirjamlik, fayz-u baraka tilayman. Jonajon O‘zbekistonimiz hamisha gullab-yashnayversin!

Hilola Nazirova
Abdulla Qodiriy nomidagi
ijod maktabi direktori

Ijod maktabining rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Instagram |Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#sarhisob

📌Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabining 2023-2024-o’quv yilining birinchi yarim yilligida Ommaviy axborot vositalaridagi chiqishlarini eslaymiz!

🔥Maktabimizning turli katta-kichik tadbirlardagi chiqishlari umumiy hisobda 35 tani tashkil qilibdi! Ular bilan batafsil quyida tanishishingiz mumkin!


⚡️Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi o‘quvchilari Oyina.uzʼda eʼlon qilingan adabiy sharjlar bo‘yicha insho yozadi

⚡️Agentlik tizimidagi Abdulla Qodiriy ijod maktabi o’quvchilarining 2022-2023-o’quv yilidagi natijalari

⚡️“O’zbekiston tarixi” telekanida “Buyuk “Turon” ko’rsatuvida ishtirok

⚡️“Bizning shunday o’qituvchilarimiz bor” ruknida Hilola Nazirova

⚡️Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari o’rtasidagi “Zakovat” turniri

⚡️Qarshi, Toshkent, Andijon va Nukusda “Zamin creative” inklyuziv ijod studiyalarida ilk darslar bo’lib o’tdi.

⚡️“O’zbekiston tarixi” telekanalida “Tarixiy savol” ko’rsatuvida ishtirok

⚡️Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi o’qituvchisi “Xalq ta’limi a’lochisi”

⚡️1-oktyabr “O’qituvchi va murabbiylar kuni”ga bag’ishlab o’tkazilgan davlat tadbirida ishtirok

⚡️Samarqandda COP-28 munosabati bilan Markaziy Osiyo eko-oromgohi bo’lib o’tdi.

⚡️“Xon atlas - 2023” chellenji Olmazor tumani hokimligi e’tirofida

⚡️Abdulla Qodiriyni yod etib…

⚡️Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablar o’rtasida “Zakovat” turnirining Respublika bosqichi

⚡️“Eco-school” loyihasida hamkorlik

⚡️Senatda “Ona tilim – faxrim” nomli adabiy kecha o’tkazildi.

⚡️“O’zbek tilini tanlash uchun 1 ni bosing” loyihasida ishtirok

⚡️Toshkentda “Bolalar va yoshlar harakatda – Markaziy Osiyoda iqlim o’zgarishi” xalqaro forumi bo’lib o’tdi.

⚡️Zulfiya nomidagi davlat mukofoti tanlovi ishtirokchisi Shokirova Irodaning “Toshkent” telekanalidagi intervyusi

⚡️“Adabiyot maydonida” – Zakovat o’yinining 1-tur 2-bellashuvi o’tkazildi.

⚡️“Toshkent oqshomi” gazetasida Hulkar Shamsiyevaning maqolasi

⚡️Kinotalqin. “Abdulla Qodiriy” hujjatli filmi

⚡️“Tong yulduzi” gazetasida o’quvchimiz Samariddin Qodiriy hikoyasi nashr etildi

⚡️“Mujda” ijodiy to’garagi a’zolarining she’rlari “Adabiyot ziyosi” gazetasida

⚡️“O’zbekiston adabiyoti va san’ati” gazetasining bayram sonida maktab direktori Hilola Nazirovaning maqolasi e’lon qilindi

⚡️“Jadidlar: milliy o’zlik, istiqlol va davlatchilik g’oyalari” mavzusidagi xalqaro konferensiyada ishtirok

⚡️Ijodiy to’garak rahbari Nigora Asqaraliyevaning she’rlari “Ma’rifat” gazetasida chop etildi

⚡️Yozuvchi va shoir G’afur G’ulom tavalludining 120 yilligi nishonlandi

⚡️“Qizlar gapirsin” podkastida mehmon Hilola Nazirova

⚡️“Mujda” ijodiy to’garagi a’zolarining “Ezgulik” gazetasida chiqishi

⚡️“O’zbekiston radiosi”da “G’azal bo’stoni” eshittirishida ogahiyshunos olima Hilola Nazirova

⚡️“Toshkent oqshomi” gazetasida matematika fani o’qituvchisi Hulkar Shamsiyeva maqolasi

⚡️“Chig’atoy gurungi” jurnali taqdimoti

⚡️Oyina.uz – “Chig’atoy gurungi” jurnalining ilk soni taqdim etildi.

⚡️“O’zbekiston” radiosi “Yaxshi kayfiyat” eshittiruvida Hilola Nazirova

⚡️“Yilning eng faol eksperti” – Hilola Nazirova




🌐 Ijod maktabining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Telegram
Facebook
Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Ochiq_eshiklar_kuni
#Ijod_maktabi

⚡️Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi "Ochiq eshiklar" kuniga taklif etadi.

Ochiq eshiklar kunida:
Maktabdagi o‘qitish tizimi va metodikasi haqida taqdimot;
O‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda imkoniyatlar;
Ko‘rgazmalar (o‘quvchilarning dars jarayoni va noakademik to‘garaklardagi amaliy ishlaridan namunalar);
Maktab hududi bo‘ylab ekskursiya va maktab hayoti bilan tanishuv sizni kutmoqda.

📆 11-may
soat 11:00 dan 14:00 gacha
🗺 Manzil: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Zarqaynar ko‘chasi 6/2

Murojaat uchun:

+99895 479-20-80

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#ijod_maktabi
#qabul_2024
#1_iyundan_20_iyungacha

📣📣📣📣📣

❗️
IJOD MAKTABLARI 2024/2025-OʻQUV YILI UCHUN QABUL EʼLON QILADI!

⚡️ Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Ijod maktablariga 2024/2025-o‘quv yili uchun hujjatlar qabuli 1-iyundan – 20-iyunga qadar ONLAYN shaklda ariza.piima.uz sayti orqali amalga oshiriladi.

Ijod maktablariga qanday hujjatlar talab etiladi?
🗂Talabgorning
:
tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnomasi;
fotosurati (oxirgi 2 oyda olingan);
ota-onasi yoki uning o‘rnini bosuvchi shaxsning pasport ma’lumotlari va telefon raqamlari (doimiy ishlab turgan telefon raqamlari) aniq va bexato kiritilishi lozim.

Ijod maktablariga nechanchi sinflarga qabul qilinadi?
Ijod maktablariga 6-sinfni tugatgan oʻquvchilar 7-sinfga qabul qilinadi.

📍IJOD MAKTABLARI:
🕊 Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi
🕊 Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi
🕊 Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi
🕊 Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabi
🕊 Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi
🕊 Ogahiy nomidagi ijod maktabi
🕊 Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi
🕊 Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi
🕊 Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

📌 Qabul jarayoniga oid yangiliklarni ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz orqali kuzatib boring.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#ijod_maktabi
#qabul_2024
#1_iyundan_20_iyungacha

📣📣📣📣📣

❗️
IJOD MAKTABLARI 2024/2025-OʻQUV YILI UCHUN QABUL EʼLON QILADI!

⚡️ Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Ijod maktablariga 2024/2025-o‘quv yili uchun hujjatlar qabuli 1-iyundan – 20-iyunga qadar ONLAYN shaklda ariza.piima.uz sayti orqali amalga oshiriladi.

Ijod maktablariga qanday hujjatlar talab etiladi?
🗂Talabgorning
:
Oʻquvchilarning tegishli oʻquv yili natijasiga koʻra baholar tabelining nusxasi;
tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnomasi;
fotosurati (oxirgi 2 oyda olingan);
ota-onasi yoki uning o‘rnini bosuvchi shaxsning pasport ma’lumotlari va telefon raqamlari (doimiy ishlab turgan telefon raqamlari) aniq va bexato kiritilishi lozim.

Ijod maktablariga nechanchi sinflarga qabul qilinadi?
Ijod maktablariga 6-sinfni tugatgan oʻquvchilar 7-sinfga qabul qilinadi.

📍IJOD MAKTABLARI:
🕊 Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi
🕊 Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi
🕊 Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi
🕊 Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabi
🕊 Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi
🕊 Ogahiy nomidagi ijod maktabi
🕊 Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi
🕊 Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi
🕊 Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

📺 Maktablarga onlayn ariza topshirish bo‘yicha video-qoʻllanma.

☎️ Call-markaz: 1206

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#erishilgan_yutuqlar
#ijod_maktabi

📈 AGENTLIK TIZIMIDAGI ABDULLA QODIRIY NOMIDAGI IJOD MAKTABI O‘QUVCHILARINING 2023-2024-O‘QUV YILIDAGI NATIJALARI

⚡️ Joriy yilda Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabini 32 nafar bitiruvchi tamomladi.

➡️ Maktabning 32 nafar bitiruvchisi OTMga kirish bo'yicha Respublikada 5-o'rinni, Toshkent shahrida 1-o'rinni egallashdi!

O'quvchilarimizning yuqori natijalari bilan tanishing!

🌐 Ijod maktabining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Telegram
Facebook
Instagram