Forwarded from Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi | Rasmiy sahifa
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Uquvchilar_ijodidan
#Ibrat_maktabi
IJOD MAKTABLARI
Yangi O‘zbekiston-yangicha hayot
Yangi marralarning asl makoni
Bunda mustaqillik,tinchlik barhayot
Taraqqiy etmoqning ko‘pdir imkoni!
E'tibor behisob har o‘g‘il-qizga
Ta'lim yo‘lidachi, yutuqlar bisyor
Ijod maktablari Vatanimizga
Yetkazar yoshlarni faol, ijodkor!
Ogahiy maktabi-bilimlar qasri
Xorazm ijodi yetishar bunda
Iste'dod egasi- maktab yoshlari
Ogahiy ijodi davomchisi-da!
Qashqadaryo yurti, ta'rifim yetmas,
Yo‘llay salomimni voha yoshlari.
O‘zbekiston madhin tilidan qo‘ymas
Oripov bobomning ul izdoshlari!
Yo‘lim tushsa agar Sirdaryo tomon
Qaytmasman ko‘rishmay siz do‘stlar bilan
Ijodi gullagan, yuksalgan ravon
Halima xonimning ruhlari bilan!
Sira atamasman o‘zga yurt deya
O‘shal Ibroyimni tug‘dirgan diyor
Bugun yoshlarini o‘qisin deya
Ijod maktabini ochdilar ilk bor!
Har bahor chog‘ida tug‘ilar takror
Hamid Olimjon-u Zulfiya ruhi
Ularga adiblar yodi madadkor
Shul ijod maktabin guli, g‘ururi!
#Ibrat_maktabi
IJOD MAKTABLARI
Yangi O‘zbekiston-yangicha hayot
Yangi marralarning asl makoni
Bunda mustaqillik,tinchlik barhayot
Taraqqiy etmoqning ko‘pdir imkoni!
E'tibor behisob har o‘g‘il-qizga
Ta'lim yo‘lidachi, yutuqlar bisyor
Ijod maktablari Vatanimizga
Yetkazar yoshlarni faol, ijodkor!
Ogahiy maktabi-bilimlar qasri
Xorazm ijodi yetishar bunda
Iste'dod egasi- maktab yoshlari
Ogahiy ijodi davomchisi-da!
Qashqadaryo yurti, ta'rifim yetmas,
Yo‘llay salomimni voha yoshlari.
O‘zbekiston madhin tilidan qo‘ymas
Oripov bobomning ul izdoshlari!
Yo‘lim tushsa agar Sirdaryo tomon
Qaytmasman ko‘rishmay siz do‘stlar bilan
Ijodi gullagan, yuksalgan ravon
Halima xonimning ruhlari bilan!
Sira atamasman o‘zga yurt deya
O‘shal Ibroyimni tug‘dirgan diyor
Bugun yoshlarini o‘qisin deya
Ijod maktabini ochdilar ilk bor!
Har bahor chog‘ida tug‘ilar takror
Hamid Olimjon-u Zulfiya ruhi
Ularga adiblar yodi madadkor
Shul ijod maktabin guli, g‘ururi!