Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi
1.77K subscribers
9.85K photos
1.29K videos
92 files
3.76K links
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabining rasmiy telegram kanali

“Kelingiz yoshlar, ziyolilar bu kun g’ayrat qiling, Uxlaganlarni agar Qodir esak, uyg’otamiz”Qodiriy

@aqodiriyijodmaktabi_bot
Download Telegram
#Қадри_баланд_ўзи_улуғ_устозим
#Bayramning_birinchi_kuni

Xabar qilinganidek, bugundan boshlab “1-oktabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan poytaxtimizdagi qator davlat va jamoat tashkilotlari, madaniyat va ta’lim maskanlarida bayram tadbirlari tashkil etilmoqda.

Unda mamlakatimizning turli hududlaridan kelgan maktabgacha, maktab ta’limi muassasalari xodimlari, “O‘zbekiston Qahramoni” unvoni hamda boshqa yuksak davlat mukofotlariga ega pedagoglar, uzoq yillar tizimda faoliyat yuritgan ustozlar, ta’lim fidoyilari va mas’ullari ishtirok etdi.

🔹 Ishtirokchilar kun avvalida Oliy Majlis Senati hamda senatorlar ish faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Qizg‘in muloqotlar shaklida bo‘lib o‘tgan tadbirda ishtirok etgan Oliy Majlis Senati qo‘mita raislari — Odiljon Iminov, Malika Qodirxonova, Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari Farhod Boqiyevlar so‘nggi yillarda ta’lim tizimida olib borilayotgan tub islohotlar natijasida maktabgacha va maktab ta’limi sohasida muhim o‘zgarishlar kuzatilayotganligini alohida qayd etib o‘tdi.

🔹 Muloqot davomida pedagoglar tizimdagi ushbu ijobiy yangilanish va o‘zgarishlar ustoz-murabbiylarimizning o‘z kasbiga munosabati, mas’uliyatini yanada oshirishda katta turtki berib, soha rivojiga katta hissa qo‘shayotganligini ta’kidladi.

Tadbir so‘nggida ishtirokchilar maktabgacha va maktab ta’limi tizimi qonunchik hujjatlaridagi o‘zgarishlar va o‘zlarining bu boradagi qiziqtirgan savollariga atroflicha javob olishdi.

👉 Bayram tadbirlari kun davomida bo‘lib o‘tadi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM