Forwarded from Isroil Tillaboyev blogi
#хулосаўзингиздан
Yoshlarga tanlovlar va rag’bat kerak☝🏼
Bolaligimda ota-onamlar meni juda ko’p qo’llab-quvvatlaganlar, doim oldimga katta maqsadlarni qo’yishga, intilishga, o’z ustimda ishlashga, yutkazsam ham, yengilmaslikka, yutug’im rivojlanishim bo’lishini o’rgatganlar.
Hech esimdan chiqmaydi, ota-onamlar meni bilim olishga qiziqtirish maqsadida maktabda hammadan yaxshi o’qiganlari, yutuqlari haqida gapirishganida, ko’zlarim yonib, nima qilsam, Sizlarga o’xshayman der edim.
Shunda yaxshi o’qigan talabalar Prezident stipendiyasini olishini, Prezident stipendiatlarining hurmati esa rektorlarnikidek baland bo’lishini (stipendiya miqdori ham salmoqli bo’lishini😅) aytganlar rahmatli Dadamlar. Uni olish uchun maktabdan boshlab faqat a’lo baholarga o’qish lozimligini uqtirishgan. Bu mening ichki motivatsiyam bo’lgan. 1-sinfdanoq Prezident stipendiyasini olish uchun yaxshi o’qishga harakat qilardim, harakat qilganim sari, o’qishga mehrim oshar edi.
1-sinfda maktabda o’tkazilgan she’riyat tanlovda 1-o’rinni egalladim. Bu oilamizning ilk kichik yutug’i, mehnatimizning debochasi edi.
4-sinfda o’qiganimda “Muloqot” telekanalida bolalar ko’rsatuvi uchun kasting e’lon qilingan. Onamlar she’rlarni ifodali o’qishga o’rgatganlar, otamlar kastingga olib borganlar. Ko’plab nomzodlar orasidan mani tanlashgani oilamiz uchun katta quvonch bo’lgan. U yerda bir qancha yumshoq ko’nikmalarimni rivojlantirdim.
9-sinfda fan olimpiadasida g’olib bo’lib, maktabim uchun birinchi yutuq keltirdim, ota-onamlar men bilan rosa faxrlangan edilar. Maktabimiz direktorining tavsiyalari bilan ilk bor Zulfiya mukofoti uchun tanlovda qatnashib, viloyat bosqichidan yutqazib qaytgan edim, ammo kamchiliklarimni bilib, o’z ustimda ishlashni boshladim.
Unda rus tilida ta’lim olganim uchun, ona tilimda fikrlarimni ifoda qilishga qiynalganman va bu menga yaxshigina pand bergan. O’zbek tilida ko’proq kitob o’qishga kirishdim va bu tanlovdan olgan eng katta yutug’im bo’ldi.
Shunda ham ota-onamlar uchun g’olib edim, chunki men harakat qilishni davom etardim, ular esa haratlatlanishimni rag’batlantirishar, o’qishim uchun sharoit yaratib berishar edi.
Undan so’ng yana ko’p tanlovlar, olimpiadalarda qatnashdim, yutdim, yutqazdim, muhimi - o’sdim, toblandim, rivojlandim.
2009-yilda ta’lim yo’nalishida Zulfiya mukofotini oldim va bu uchun behisob shukur aytaman.
Universitetda bolalikdagi orzuim - Prezident stipendiyasiga erishdim, ota-onamning faxr va quvonchlaridan yanada katta kuch oldim.
Diplomlarimni eng yuqori ballga himoya qildim, maktab, litsey, bakalavr, magistraturani a’lo baholarga tamomladim, PhD ilmiy darajasiga erishdim, doktoranturaga qabul qilindim.
Yutuqlarim uchun oilamiz ko’pchilik qatori “Yoshlar uyi” loyihasi doirasida kichik Vatanlik bo’ldi. Bu davlatning oilamiz uchun ko’rsatgan juda katta va hayotimizdagi muhim rag’bati bo’ldi.
30 yoshim arafasida shaxsan Prezidentimiz qo’llaridan “Do’stlik” ordeni bilan taqdirlandim. Men ordenga hujjat topshirmadim, lekin kichik sidqidildan qilgan mehnatim mukofotga loyiq topilganidan juda xursand va minnatdorman.
Bilasizmi, agar rahmatli Dadamlar bu kunlarni ko’rganlarida, qanchalik baxtli bo’lar edilar.
Hayotimda Dadamlar va Onajonim bergan daldalari, o’zimdan ko’p menga ishonganlari meni kuchli, sabrli bo’lishga undab keladi.
Aziz uka-singillar!
Hech qachon harakatdan to’xtamang. G’alaba va omad - astoydil intilganniki!
Orzu qilishdan, maqsad qo’yishdan, harakat qilishdan, tanlovlarda o’z kuchingizni sinash, rivojlanishdan qo’rqmang! Natija qanday bo’lishidan qat’iy nazar, Siz yangi bilim va tajriba orttirasiz.
Hurmatli ota-onalar!
Farzandingizga ishoning, qo’llab-quvvatlang, ruhlantiring, rivojlanishini rag’batlantiring, qadriyatlarni to’g’ri belgilashga yordam bering, albatta mevasini ko’rasiz. Farzandingiz hayot yo’lida uchraydigan qiyinchiliklarga bardoshli bo’ladi, oson yechim topishni o’rganadi, rivojlanadi.
Dilnozaxon Kattaxanova
@domlajon
t.iss.one/domlajon

Telegram
Isroil Tillaboyev blogi
✍️Блогер Исроилжон Тиллабоевнинг шахсий мулоҳазалари канали
Гуруҳга марҳамат: @domlajon1
Реклама учун: @isroilbey
https://t.iss.one/boost/domlajon
https://t.iss.one/+WUqwChJg0-U5y_0S
Гуруҳга марҳамат: @domlajon1
Реклама учун: @isroilbey
https://t.iss.one/boost/domlajon
https://t.iss.one/+WUqwChJg0-U5y_0S
👍5❤1