Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi
1.78K subscribers
9.81K photos
1.29K videos
92 files
3.74K links
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabining rasmiy telegram kanali

“Kelingiz yoshlar, ziyolilar bu kun g’ayrat qiling, Uxlaganlarni agar Qodir esak, uyg’otamiz”Qodiriy

@aqodiriyijodmaktabi_bot
Download Telegram
#ma’naviyat_soati

📌Olmazor tumani Oila va xotin-qizlar tashabbausi bilan tumandagi maktablardagi o’quvchi qizlar oʻrtasida “Orasta qizlar” deb nomlangan davra suhbati oʻtkazildi.

⚡️Qizlar tozalikka qanday rioya qilishi kerakligi, soch tozaligi va turmaklari, tirnoq olish hamda tozalik vositalaridan qanday foydalanish kerakligi haqida qiziqarli suhbat oʻtkazishdi.

💥Qizlar oʻrtasida musobaqa oʻtkazilib, gʻoliblarga sovgʻalar ulashildi.

Toshkent shahar Oila va xotin qizlar boshqarmasi matbuot xizmati

https://t.iss.one/toshkent_shahar_xotin_qizlar_bo
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#jonli
#mushoira

📌Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabida “Mushoira” boshlandi!

Ushbu mushoira tarix fani o’qituvchisi Saidakbarxon Nurmuhammadov tashabbusi bilan tashkil etilmoqda.

💥Maktabning deyarli barcha sinflari o’z jamoalari bilan ishtirok etmoqda!


🌐 Ijod maktabining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Telegram
Facebook
Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_da_biz

📌Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi 9-“A” sinf o’quvchisi Samariddin Qodiriyning “Unutilgan bolakay” hikoyasi “Tong yulduzi” gazetasida chop etildi!

Samariddinning bungacha bir necha hikoyalari ham nashr etilgan edi.

⚡️O’quvchimizni ushbu yutuq bilan tabriklaymiz! Ijodiga yanada barkamollik tilaymiz!


🌐 Ijod maktabining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Telegram
Facebook
Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#bahor_sayli
#navro’z

🌸Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi an’anaviy “Bahor sayli”ni e’lon qiladi!

📌Ushbu sayilda nafaqat maktab o’quvchilari, balki ularning ota-onalari ham faol ishtirok etishlari shart!

🗓️Qachon, qayerda, deysizmi?
9-mart kuni Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabida!


Xo’sh, bu safargi sayilda nimalar bo’ladi?

1️⃣👨‍🍳 O’quvchilarning ota-onalari o’rtasida “Osh chempionati”!

Bunda har bir sinf ota-onalari o’zlari istagan viloyat oshini tayyorlab, hakamlar hay’atiga taqdim etadi va g’oliblar aniqlanadi.

2️⃣🥗Eng mazali dasturxon” sharti.

Bu shartda sinflarga bo’lib berilgan qardosh xalqlar ning milliy taomlarini o’quvchilar o’zlari tayyorlab, taqdimot qilishlari kerak.

3️⃣🪁Milliy sport o’yinlari” sharti.

Ushbu shartda arqon tortish, “Besh tosh”, “Chillak” kabi o’yinlar sinflar o’rtasida o’tkaziladi. Natijaga ko’ra har bir sinf baholanadi.

4️⃣🇺🇿Eng chiroyli milliy ko’rinish” sharti.

Bu shartda eng rang-barang va milliy liboslar kiygan sinf o’quvchilarining ijodkorligi, milliyligi baholanadi!


💥Ushbu 4 ta shartda g’olib bo’lgan sinf va ota-onalar maktab ma’muriyati tomonidan diplom hamda esdalik sovg’alari bilan taqdirlanadi!


🌐 Ijod maktabining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Telegram
Facebook
Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#hududlardan_xabarlar
#kunlik_dayjest

Toshkent shahridagi Prezident maktabi o’quvchilari Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida Besh muhim tashabbus doirasida tashkil etilgan voleybol musobaqasida g’olib bo’ldi.

Jizzax shahridagi Prezident maktabida zamonaviy o’quv uslublari haqida ma’lumotlar berib boruvchi "Oʻqituvchi oʻqituvchiga" loyihasi ish boshladi.

Buxoro shahridagi Prezident maktabida “Eco” gazetasining ilk soni nashrdan chiqdi.

Guliston shahridagi Prezident maktabida harbiy qism bilan hamkorlikda o’quv mashg’ulot o’tkazildi.

Namangan shahridagi Prezident maktabida ta'lim va tarbiyada bola himoyasi hamda xavfsizligini muhim vazifa sifatida baholash bo’yicha kasbiy rivojlanish treningi tashkil etildi.

Xiva shahridagi Prezident maktabi o’quvchilari Xalqaro iqtisod olimpiadasining viloyat bosqichida faxrli o’rinlarni egalladi.

Quva tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internati 11-sinf o‘quvchisi Iskandarxon Otaxonov xalqaro universitetlar grantlarini qo’lga kiritdi.

Andijon shahar 2-sonli ixtisoslashtirilgan maktab-internati o’quvchilari Andijon shahridagi “Digital City”ga sayohat qildi.

G‘allaorol tuman ixtisoslashtirilgan maktabida ''Jaholatga qarshi ma'rifat'' shiori ostida davra suhbati o‘tkazildi.

Paxtakor tuman ixtisoslashtirilgan maktabida "Eng yaxshi maktab prototipi" loyihasi tanlovi tashkil etildi.

Narpay tuman ixtisoslashtirilgan maktabida "Intellektual olimpiada" loyihasiga start berildi.

Muzrabot tuman ixtisoslashtirilgan maktabida "Jadidchilik - milliy uyg’onish asosi" mavzusida davra suhbati o’tkazildi.

Nukus shahridagi 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati o’quvchisi Gulnur Uzaqbergenova “Arizona University” (AQSh)ga o’qishga qabul qilindi.

Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabida O‘zbekiston xalq shoiri Abdulla Sher ishtirokida мahorat darsi o’tkazildi.

Ogahiy nomidagi ijod maktabi o’quvchilarining ijodiiy ishlari Turkiyada chop etilgan "Özbekistan kalem şairleri" to’plamidan joy oldi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#zakovat
#direktor_kubogi

💥Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi direktor kubogi”ning navbatdagi musobaqasi Olmazor tuman ixtisoslashtirilgan maktabda bo’lib o’tadi.

🗓️29-fevral, soat 14:00 da!


An’anaviy o’tkazib kelinayotgan ushbu Zakovat intellektual o’yini 5 ta maktab orasida bo’lib o’tadi va bunday tashabbus maktab direktori Hilola Nazirova tomonidan ilgari surilgandi.


🌐 Ijod maktabining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Telegram
Facebook
Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#mushoira


💥Bugun Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabida sinflararo “Mushoira” musobaqasi bo’lib o’tdi.

Ushbu musobaqada 10 ta sinfdan 5 nafar o’quvchidan iborat jamoalar ishtirok etdi.

⚡️Mushoira yakuniga ko’ra 8-“V” sinf o’quvchilari g’olib deb topildi.

Eng faol ishtirokchi” nominatsiyasi esa 9-“A” sinf o’quvchisi Orifjonova Shahzodaga nasib etdi!

📌Keyingi mushoira Abdulla Oripov va Zulfiya she’rlari asosida o’tkazilishi hakamlar hay’ati tomonidan belgilab olindi.


🌐 Ijod maktabining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Telegram
Facebook
Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from GrantGO
Yоshidan qatʼi nazar barcha uchun insholar tanlovi — Biopage Storytelling Writing Contest

Talablar
— Tanlovda millati va ijtimoiy kelib chiqishidan qat'i nazar barcha yoshdagi nomzodlar qatnashishi mumkin;
— Insholar ingliz tilida yozilgan bo'lishi lozim;
— Ijodiy ishlar hajmi 5000 belgidan (taxminan 1000 so'zdan) oshmasligi kerak.

Foydali tomonlari
— Tanlov g'оlibi $300 pul mukofoti bilan taqdirlanadi;
— Yana 5 ta eng yaxshi insholar uchun $100 dan pul mukofoti beriladi.

Oxirgi muddat
31.07.2024

Batafsil
https://grantgo.uz/go/57351

#tanlovlar #mukofot #AQSh

Telegram | YouTube | Mentorlik