Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi
1.77K subscribers
9.82K photos
1.28K videos
92 files
3.75K links
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabining rasmiy telegram kanali

“Kelingiz yoshlar, ziyolilar bu kun g’ayrat qiling, Uxlaganlarni agar Qodir esak, uyg’otamiz”Qodiriy

@aqodiriyijodmaktabi_bot
Download Telegram
22-fevral — Turkiston Muxtoriyati tugatilgan, qonga botirilgan kun!

Tarix institutida "Turkiston Muxtoriyati tuzilishi, faoliyati va tugatilishi" mavzusida ilmiy yigʻin boʻlib oʻtdi. Ilmiy yigʻinni Tarix instituti direktori, akademik Azamat Ziyo Turkiston Muxtoriyatining Oʻzbek davlatchiligi tarixida tutgan oʻrni va bugungi kunda tadqiq etilmagan jihatlari haqidagi fikr-mulohazalari bilan boshlab berdi. Tarix instituti bosh ilmiy xodimi, tarix fanlari doktori, professor Qahramon Rajabov soʻzga chiqib, Turkiston Muxtoriyati tuzilishi, faoliyati, hukumat azolari va muxtoriyatning tugatilishida 8 kun davom etgan mustamlakachilarning Turkiston xalqiga nisbatan qirgʻin siyosati haqida fikr bildirdi. Shundan soʻng, Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi oʻquvchilari tomonidan milliy cholgʻu asboblari yordamida "Go'zal Turkiston" qo'shig'ini kuyladilar. 
   Davra suhbati soʻngida olimlar va yosh tadqiqotchilar tomonidan savollar berildi.

https://t.iss.one/tarixchivijdoni
Forwarded from GrantGO
Yaponiyaning The Goi Peace jamgʻarmasidan 25 yoshgacha boʻlganlar uchun xalqaro insholar tanlovi. Bosh mukofoti – $660

Talablar
Tanlovda 25 yoshgacha bo'lgan barcha yoshlar ishtirok eta oladi. Insho 700ta so'zdan iborat bo'lishi kerak. Insho mavzusi — “Nizoni hal etishda mening tajribam”.

Foydali tomonlari
— 1 - o'ringa sertifikat, 100 000 yen (660 AQSh dollari) va sovg'a (1 ta);
— 2 - o'ringa sertifikat, 50 000 yen (330 AQSh dollari) sovg'a (3 ta);
— 3 - o'ringa sertifikat va sovg'a (5 ta).

1-3-oʻrin egalari onlayn oʻtkaziladigan The Winners Gathering yigʻilishiga taklif etiladi.

Oxirgi muddat
15.06.2024 23:59

Batafsil
https://grantgo.uz/go/06511

#tanlovlar #mukofot #Yaponiya

Telegram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Madaniyat va ma'rifat
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbek tilini yaxshi bilish xodimga va talabalarga qo‘shimcha ustunlik berishi kerak. Kirish imtihonida 30 ta test savolining barchasiga to‘g‘ri javob bersa-yu, eplab jumla tuzolmasa yoki beshta so‘zdan to‘rtta xato qilsa, buni til bilish deb bo‘lmaydi.

Orif Tolib, tadqiqotchi

📺 “Agar...”

@mm_telekanal
#sport

📌Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabida sportning Shaxmat turi bo’yicha maktab musobaqasi bo’lib o’tdi.

Keskin qarshilik, qiziqarli jarayonlarga boy o’tgan musobaqaning natijalari quyidagicha:

🥇– Hasanov Nurmuhammad (8-“A” sinf o’quvchisi)
🥈– Burxonov Shohinur (7-“A” sinf o’quvchisi)
🥉– Abdullayev Ma’murjon (8-“V” sinf o’quvchisi)


🏆G’oliblikni qo’lga kiritgan barcha o’quvchilarni tabriklaymiz!


🌐 Ijod maktabining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Telegram
Facebook
Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#zulfiyaxonim

📌Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi shoira Zulfiya tavalludining 109 yilligi munosabati bilan devoriy gazetalar tanlovini e’lon qiladi!

Shartlar quyidagicha:
Asaringizda Zulfiya she’rlaridan birini aks ettirishingiz kerak. She’r – so’zlarning rasmi bo’lsa, siz uni bo’yoq bilan oq qog’ozga ko’chirasiz!


💥 Devoriy gazetalar har bir sinfdan 29-fevralgacha qabul qilinadi!


⚡️Tanlovimizda faol ishtirok eting. G’oliblar Zulfiyaxonim tavalludiga bag’ishlangan bayram kuni taqdirlanadi!


🌐 Ijod maktabining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Telegram
Facebook
Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#ijodiy_togarak
#oquvchilar_ijodidan

Bahorni sog'inib

Zerikdim qahraton sovuqlaridan,
Negadur xohladim – erib ketsin qor.
Chopib kel falakning dudoqlaridan,
Men seni sog'indim, go'zalim bahor.

Bunchalar xushbo'ysan, yaxshisan biram,
Iforingni qo'msab sanayman nahor.
Qahraton faslga beraqol barham
Yangi kun bo'lib kel, Navro'zim bahor.

Zulfiya aytganday, kelar o'sha tun,
Tabiatni qilib ko'm-ko'k chamanzor.
Balki shu ko'klamda tug'ilganim-chun,
Seni sog'indimmi, dugonam bahor.

Hali raqsga tushar ko'kda qaldirg'och,
Yalpizlar gurkirar tarqatib ifor.
Entikkan qalblarga tarqatib quvonch,
Savlat to'kib kelgin, azizam bahor!


✍️Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi 8-“B” sinf o’quvchisi Abdurahmonova Xadichabonu


🌐 Ijod maktabining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Telegram
Facebook
Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from “Yosh kitobxon” INFO
Jadidlar haqida ilk yirik roman nashrdan chiqdi

Jadidlar hayoti va ijodi haqida oʻzbek adabiyotida yozilgan yirik badiiy asar “Choʻlpon” romani taniqli yozuvchi Nabi Jaloliddin qalamiga mansub boʻlib, u “Yangi asr avlodi” nashriyoti tomonidan qayta nashrdan chiqdi. Ushbu asar Choʻlponga bagʻishlangan boʻlishiga qaramay, unda barcha jadidlar haqida soʻz boradi.

Ikki kitobdan iborat romanda jadidlardan tashqari ozodlik yoʻlida jonini tikkan Madaminbek qoʻrboshi kabi fidoyilar, mardikoroldi siyosatining mudhish manzaralari, Qoʻqon muxtoriyatidagi fitnalar va uning qulashi, rus bosqini kabi voqealar batafsil yozilgan.

Millatning eng zabardast shoiri, yozuvchisi va jadidi Choʻlpon hayotidagi evrilishlar, bolaligi va ijodi haqida batafsil hikoya qilinadi. Choʻlponni sotganlar ochiq-oydin koʻrsatib beriladi.

Choʻlponning qamalishi, qatl etilishi bilan bogʻliq yangi faktlar, oʻzgacha yondashuvlar romanni yanada boyitgan. Eng muhimi, bari tarixiy faktlarga asoslangan.
Ijod maktabida mahorat darsi

Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabida мahorat darsi bo’lib o’tdi. Mashg’ulotni ustoz ijodkor O‘zbekiston xalq shoiri Abdulla Sher olib bordi. O’quvchilar dars davomida adabiyotning sehrli olamidagi qiziqarli maʼlumotlarga ega bo‘lishdi. Sheʼrlar o‘qildi.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati