Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi
1.87K subscribers
9.93K photos
1.29K videos
93 files
3.78K links
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabining rasmiy telegram kanali

“Kelingiz yoshlar, ziyolilar bu kun g’ayrat qiling, Uxlaganlarni agar Qodir esak, uyg’otamiz”Qodiriy

@aqodiriyijodmaktabi_bot
Download Telegram
Forwarded from Saida Mirziyoyeva
Ўзбекистоннинг катта дўсти, тарихчи, жадидлар издоши Тимур Хўжаўғли ва халқаро журналист Фурқат Яквалходжиев билан навбатдаги учрашувни ўтказдик.

Ватанимиз тарихини кенг тарғиб этишга улкан ҳисса қўшаётган, илмли инсонлар билан суҳбатлашиш ҳамиша мароқли.

Биз XX аср бошидаги Ўзбекистон тарихини чуқур ўрганиш ва жадидлар ғояларини замонавий ҳаётга татбиқ этиш, уларни таълим-тарбия ва хотин-қизлар ҳуқуқларини ривожлантиришда қўллаш имкониятларини муҳокама қилдик.
📚Bugun 16-00da Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabining matematika fani o'qituvchisi Tug‘yonov Zohid Tolibovichning fizika-matematika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi ko'riladi.

⚡️Maktab jamoasi nomidan ustoz Zohid Tug'yonovga dissertatsiya ishi himoyasini muvaffaqiyatli o'tkazishini va ilmiy faoliyatida yanada yuqori marralarni egallashini tilab qolamiz.

Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram Facebook
Bugun 26-aprel O'zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tavallud topgan kun.

Muhammad Yusuf 1954 yil 26 aprelda Andijon viloyati Marhamat tumanining Qovunchi qishlog’ida dehqon oilasida dunyoga keldi.

O’rta maktabdan so’ng Rus tili va adabiyoti institutiga kirib, uni 1978 yili tamomladi. 1978-1980 yillarda respublika Kitobsevarlar jamiyatida, 1980-1986 yillarda “Toshkent oqshomi” gazetasida, 1986-1992 yillarda G’afur G’ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyotida, “O’zbekiston ovozi” gazetasida ishladi. Umrining so’nggi yillarida O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasining kotibi vazifasini bajardi. U o’nga yaqin she’riy to’plamlar, ko’plab qo’shiqlarning muallifi sifatida keng kitobxonlar qalbiga kirib ulgurdi. Shoirning dastlabki she’rlari “O’zbekiston adabiyoti va san’ati” gazetasida 1976 yili e’lon qilingan.

Shoir 2001 yil 47 yoshida dunyodan ko'z yumdi...

Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Muhammad_Yusufni_xotirlab

Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi 10-A sinf o'quvchisi Nuriddinova Dilnura tayyorladi,

Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram Facebook
#Muhammad_Yusufni_xotirlab

Yuragini lolalarga berib ketgan,
Quvonchlarmas, iztiroblar terib ketgan,
Bu dunyoga olovdayin qalbin tutgan,
Muhammadning izlarini bering menga.

Kapalakning qanotiga dafn etdik,
Ovunch deya qalbga faqat kitob titdik,
Uni degan har yurakka she'rin tutdik,
Muhammadning so'zlarini bering menga.

Muhammadning osmonlari oxirladi,
Olov qalbi o'chmadiyu sokinladi,
Va òchmaydi uning mangu, haq kuylari,
Muhammadning osmonini bering menga!
Iztirobin armonini bering menga!

Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi 10-A sinf o'quvchisi
Saidbayeva Malika

Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Muhammad_Yusufni_xotirlab

She'r muallifi✍️:O'lmasbek Samarqandiy

🎥Muhammad Yusuf tavalludining 69 yilligi munosabati bilan Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi 9-"A" sinf o'quvchilari tomonidan tayyorlangan video rolik.

Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram Facebook
Muhammad Yusuf

Ko'zlarimda nam yoʻqdir, ammo,
Dilda armon alanga olar.
She'rlarini yodlab quvonsam,
Ichimda g'am g'alayon solar.

Dunyoda shoirning muhlislari ko'p,
Oramizda yashar Muhammad Yusuf.
Yozgan sheʼrlarida bir olam ma'no,
Shoirning orzusi she'ridan ham koʻp.

Kuylarga aylangan har bitta satr.
O'zbekning sha'nini tarannum etgan,
Uning har jumlasi olamga tatir,
Muhammad Yusufni ta’riflab ketgan.

Shoir bu dunyoga toza qalb ila
Ozodlik, erk uchun, she'r uchun kelgan.
Uning sheʼrlarining oshiqlari koʻp,
Yangisin o'qiy deb yugurib yelgan.

Dunyoning har ish-u, har tashvishiga,
O'ychan-u xayolchan nigoh qaragan.
Olamni boricha ko'rib, ko'rganin
Hofizlar sozida sozlab taratgan.

Ona Andijonin qo'msadi, yondi,
Sogʻindi yastangan dalalarini.
Va yana iforin tuymoq istadi
Qirdagi qizg'aldoq, lolalarini.

Shoir sheʼriyat ummonlarida
Ulkan kema kabi suzgan bo'lsa ham,
Umri tundek sokin, kundek jilovkor
O'tmagan, dard-sitam ko'rgan ko'p bilsam.

Bizni hayron etgan satrlarga boq,
Lola, Lolajonim Lolaqizgʻaldoq!
Dunyoda uningdek koʻp shoir yana,
Yalpiz-u rayhonga ochganmi quchoq?

Nim kulib, o'y surib turgan yuzlarda,
Anjoncha soddalik va fidoyilik.
Qancha insonlarning ko'nglin zabt etgan,
Betakror shoir u koʻhna vodiylik.

Bir shoir dunyoga kelishi uchun
Necha bor diydirab titraydi zamin.
U bevaqt koʻz yumdi manguga, ey, voh,
To'latar kim endi she'rlarin kamin?

Har bitta satrga cho'kkan ming ma'no,
Pokiza qalblardan muhlislari ko'p.
Oramizda yashar Muhammad Yusuf,
Biz bilan birgadir Muhammad Yusuf.

Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabining 9-“B” sinf o’quvchisi Galiakbarova Zilola

Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram Facebook
Muhammad Yusuf she’riga nazira

Tuzalmaydi dardim mening o'lsam kerak
Tuproq bilan og'a-ini bo'lsam kerak
Bahor debon lov-lov yondim, voh yanglishdim
Xazon isi yetmay turib so'lsam kerak

O'lsam kerak, ichganlarim suvmas qonlar
Gung-u lolman eshitganim zo'r yolg'onlar
Bir tozalik qidiraman yuz-ko'zlardan
Tushlar aytar eng pokdillar oq ilonlar

O'lim deyman men yashashni xohlab asli
Yetib keldim.So'nggi bekat. O'tinch fasli
Najot yetkaz, yuzlarimni siypalab qo'y
Bir Masihdek baxt nafasli, baxt nafasli

O'lsam kerak tuzalmaydi dardim mening
Binafsharang tonglar, tuman-gardim mening
So'z sotildi, she'r sotildi, til sotildi
Sotilmagan ezilgan dil fardim mening

O'lsam kerak , dil sotilsa o'lsam kerak

Gulsanam Abdulakimova
Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabining 11-“A” sinf o’quvchisi

Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram Facebook
Shoir oʻtinchi

Mendan nima qolar:
Ikki misra sheʼr
Ikki sandiq kitob
Bir uyum tuproq
Shoirlar izidan
Bormoqdir sharaf
Ammo oson emas
Sharafli boʻlmoq

Shoirlar bor
Shoiralar bor
Har birining qalbida
Joʻsh urar tugʻyon
Yaxshi insonlar bor
Yomon inson ham
Ahvoling ne kechdi
Ey Ulugʻ Turon

Jon urishdan toʻxtar
Qalb tilka-pora
Xayollarim chalkash
Qilishar soʻroq
Meni nega buncha
Qiynaysan hayot
Ruhimni tinchgina
Olib ket yiroq ...


Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabining 8-"A" sinf oʻquvchisi Nurmuhammadova Dilrabo

Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram Facebook
#Taqvim
Bugun - 27-aprel

🖥 Xalqaro AKT dagi qizlar kuni.
Bu kun qizlar va yosh ayollarni raqamli ko‘nikmalarga ega bo‘lish imkoniyatlarini kengaytirish va ularning axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) sohasidagi ishtirokini rag‘batlantirish muhimligi haqida xabardorlikni oshirish maqsadida tashkil etilgan.

🖼Butunjahon grafik dizayn kuni.
Butunjahon grafik dizayn kunining mavzusi har yili o'zgarib turadi, asosiy e'tibor grafik dizayn sohasida ijodkorlik, innovatsiyalar va axloqiy amaliyotlarni targ'ib qilishga qaratilgan.

⚡️YUNESKOning Parijdagi bosh qarorgohida “Temuriylar davrida fan, madaniyat va maorifning gullab-yashnashi” mavzuida ilmiy muzey осhildi (1996).

📌Toshkentda Turin politexnika universiteti tashkil etildi (2009).

🌎Yerda chuchuk suvning yangi zaxiralari topildi (2014).
Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram Facebook
Bugun Shavkat Mirziyoyev ikkinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etadi. Davlatimiz rahbari forumning yalpi majlisida nutq so‘zlaydi.

Sessiyada Islom taraqqiyot banki prezidenti Muhammad bin Sulaymon al-Jassir, Qirg‘iziston Vazirlar Mahkamasi Raisi - Prezident Administrasiyasi rahbari Aqilbek Japarov, BMT Bosh kotibining o‘rinbosari Olga Algayerova, Birlashgan Arab Amirliklari energetika va infratuzilma vaziri Suxayl al-Mazruiy, Vengriya iqtisodiy rivojlanish vaziri Marton Nad, "ACWA Power" kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abdulla Abunayyan ham qatnashadi. Sessiyaga taniqli britaniyalik jurnalist Jonatan Charlz moderatorlik qiladi.

Umuman, tadbirda 70 mamlakatdan kelgan 2,5 mingga yaqin ishbilarmon doiralar va bank-moliya sohasi vakillari ishtirok etadi.
📚 IJODKOR QIZLAR IJOD MAKTABIDA

💫Ijodkorni taniydigan, eshitadigan davra bo‘lgani qanday yaxshi. Ayniqsa, yoshlarning yozganlaridan, ijtimoiy hayotdagi faolligidan boxabar etadigan uchrashuvlarning borligi yanada yaxshi.

⚡️Poytaxtimizdagi Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabida bir guruh yoshlar bilan o‘tkazilgan uchrashuv ana shunday maqsadda tashkil etildi. Respublika Bolalar kutubxonasi hamda Qodiriy nomidagi ijod maktabi hamkorligida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Yozuvchilar uyushmasi qoshidagi “Zulfiyaxonim qizlari” klubi a'zosi Rohila Guchhiyeva va “G‘uncha” jurnali mas’ul kotibi, bolalar ijodkori Dilfuzaxon Kamoljonova maktab o‘quvchilari bilan samimiy suhbat qurishdi. Kitobxon o‘quvchilar shoira opalaridan chiroyli she'rlar, fikrlar tinglashdi. Bolalik orzulari, yorug‘ manzillarga eltgan maqsadlari zamiridagi kitobga bo‘lgan mehr borasidagi so‘zlari yosh tinglovchilarda katta qiziqish uyg‘otdi.

🎼Tadbir davomida iste’dodli san’atkorlar tomonidan yangragan kuy-qo‘shiqlar o‘quvchilarga ko‘tarinki ruh bag‘ishladi.

Respublika bolalar kutubxonasi Matbuot xizmati

Telegram|You tube|Facebook|Instagram|Web site