Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Махсус репортаж | Ижод мактаблари: Ташаббус берган имконият
#24apr #uzbekiston24
Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi bitiruvchi o‘quvchilari va ularning ota-onalari o‘zlariga berilgan imkoniyatlar xususida so‘z yuritishdi. Ijod maktablarida ham intellekti yuqori darajadagi o‘g‘il- qizlar jamiyat rivojiga xizmat ko‘rsatishga shay bo‘lib turishibdi.
Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram Facebook

Forwarded from Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda
Maxsus reportaj | Ijod maktablari: Tashabbus bergan imkoniyat
#24apr #uzbekiston24
📍Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Maxsus reportaj | Ijod maktablari: Tashabbus bergan imkoniyat
#24apr #uzbekiston24
📍Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi
Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#sayohat
#ichki_turizm
Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi bitiruvchilari dam olish kunlarini maroqli o‘tkazishdi. O‘quvchilar qadimiy va navqiron Samarqand shahrida ziyoratda boʻlishdi.
Ziyorat chogʻida Goʻri Amir maqbarasi, Mirzo Ulugʻbek rasadxonasi va muzeyi, Xoja Doniyor maqbarasi va shifobaxsh buloq suvi, Registon maydonini aylanishdi.
U yerdagi XV asr darsxonlarining koʻrinishlaridan turli taassurotlarga ega bo‘lishdi. Bibixonim masjidi, Birinchi prezidentimiz qabri, Shoxi Zindadagi jamiki maqbaralar(Amir Temurning opa-singlisi dafn etilgan xonaqoh va Qusam ibn Abbos maqbaralari)ni ziyorat qilishib, kun yakunida yangi zamonaviy uygʻunlikda qad rostlagan "Samarqand city"dagi sayrdan ko‘ngillari yayradi.
Yosh avlod ziyoratlar ruhiy poklanishga sabab bo‘lishini o‘zlarida his qilishdi. Shuningdek,, Vatanning har bir qarich go‘shasi naqadar muqaddas ekanligini anglashdi.

#Taqvim
Kun tarixi – 25 aprel
BMT: Butunjahon bezgakka qarshi kurash kuni.
Qozog‘iston – Qozog‘iston futbol kuni.
KXDR – Koreya xalq armiyasi kuni.
1719 yil – Londonda Daniel Defoning “Robinzon Kruzo” romani birinchi nashri chop etildi.
1783 yil – Fransiyada ilk bor havo shari kattalar vazniga teng yuk bilan osmonga ko‘tarildi.
1826 yil – Angliyada ichki yonuvchan dvigatelli birinchi avtomobilga patent berildi.
1867 yil – Tokio shahri birinchi bo‘lib tashqi savdo uchun ochildi.
1901 yil – Nyu-York shtatida dunyoda ilk bor avtomobil raqamlari joriy qilindi.
1954 yil – "Bell Phone" kompaniyasining Amerika tadqiqot markazi quyosh batareyalarini yaratishni e’lon qildi.

Orzum ro’yobin ko’radi bahor
Qushlar qanotini yo'qotib qo'ymas,
Qiziq, bu keng osmon yubormas yutib.
Mening orzularim yamlab ham to'ymas,
Torgina bu dunyo hiqchog'i tutib.
Orzular...
Orzular...
Ular sha'niga
Bir hovuch duo bor,
Bir qultum alam.
O'lik orzularning jonsiz tani-la,
Jimgina kuzatdim bolalikni ham.
Shu'lalar ketidan quvladim uzoq,
Va so'ngda adashdim qaytar yo'limdan.
Uchishni bilmayman, istayman biroq,
Qanoti sog' qushlar tutsin qo'limdan!
Abdulakimova Gulsanam
Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabining 11-“A” sinf o’quvchisi

Forwarded from AOKA - Rasmiy kanali
📣 25 апрель, сешанба куни АОКАда ўтказилиши режалаштирилган брифинг:
〰️〰️〰️
📌 Мавзу: Ихтисослаштирилган мактаб ва мактаб-интернатларига 2023/2024 ўқув йили учун ўқувчиларни қабул қилиш юзасидан
● Вақти: 12:00
● Иштирок этади: Жўрабек Жангиров, Ихтисослаштирилган таълим муссасалари агентлиги ахборот хизмати раҳбари
〰️〰️〰️
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram | Медиабанк | Сайт

YAKUNIY NAZORAT IMTIHONLARI
📣Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabida 2022-2023 -o'quv yili bo'yicha yakuniy nazorat imtihonlarini tashkil etish va uni o'tkazish tartibi ishlab chiqildi.
❗️Unga ko'ra 4-chorak o‘quv mashg‘ulotlari yakunlangach, 9- va 11-sinf o‘quvchilarining yakuniy nazorat imtihonlari o‘tkaziladi.
Xususan, 9-sinf bitiruvchilari ona tili va adabiyot , ingliz tili, matematika, O'zbekiston tarixi fanlari bo‘yicha imtihon topshirishadi.
11-sinf bitiruvchilari esa ona tili va adabiyot,O'zbekiston tarixi, matematika,ingliz tili fanlari doirasida yakuniy nazorat imtihonlaridan sinovdan o'tishadi.
‼️Bitiruvchi o'quvchilarimizdan imtihonlarga jiddiy tayyorgarlik ko'rib borishlarini so'rab qolamiz!
______