Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi
1.77K subscribers
9.83K photos
1.28K videos
92 files
3.75K links
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabining rasmiy telegram kanali

“Kelingiz yoshlar, ziyolilar bu kun g’ayrat qiling, Uxlaganlarni agar Qodir esak, uyg’otamiz”Qodiriy

@aqodiriyijodmaktabi_bot
Download Telegram
#Besh_tashabbus
#Zakovat_turniri

📌Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabida loyiha koordinatori Nurmuhammadov Saidakbarxon boshchiligida “Zakovat” intellektual o'yinining navbatdagi maktab turniri o‘tkazildi.

Qiziqarli savollar asosida tashkil etilgan ushbu intellektual bellashuvda jami 8 ta jamoa qatnashdi.
🥇O'yinda 8-B sinfining "Muvahhida" jamoasi 1-o‘rinni qo‘lga kiritib, turnir kubogiga ega bo’lishdi.

Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram Facebook
#Kun_hikmati

Kitob oʻqishning taʼmini bilganlar biladiki, kitob oʻqish dengiz suvini ichishga oʻxshaydi. Ichganingiz sari chanqaysiz, chanqaganingiz sari ichasiz.

✍️Hikmet Amil Oʻztekin

Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram Facebook
#Psixologik_trening

⚡️Atrofdagilar bilan ijobiy munosabatlarni yo‘lga qo‘yish va hamkorlik haqidagi tasavvurlarni shakllantirish maqsadida Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi psixologi tomonidan 7-“B” sinf o‘quvchilari orasida “Biz birgamiz“ trening mashg‘uloti tashkil etildi. Mashg‘ulot ikki tur psixokorreksion o‘yinlarni qamrab oldi.

💫 Birinchi o‘yin “Borliqdan tilaklar” deya nomlanib, qoidaga muvofiq, ishtirokchilar qog‘ozchaga o‘zlari uchun tilak yozdilar. Qog’ozlar trener tomonidan yig‘ib olinib, qayta ulashildi. Har bir o‘quvchi o‘zi uchun kutilmagan tilakni qabul qildi.

🎯Ikkinchi mashg‘ulot “Yoqadi-yoqmaydi” o‘yini bo‘lib, shartga muvofiq ishtirokchilar ikki guruhga bo‘linishadi. Ular quchoq ochish, qarsak chalish, qo'l siqish, bosh qimirlatish va bosh barmoq bilan "dizlayk" ishoralarini qo'llash orqali guruhdagilarga munosabatini ifodalashdi.

📍O‘tkazilgan mashg’ulot davomida 7-“B” sinf o‘quvchilarining bir-birini hurmat qilish, do‘stlik rishtalari, o‘zaro ijobiy munosabat bildirish kabi ijobiy hissiyotlari shakllantirildi va o‘yin davomida ularda ko‘tarinki kayfiyat yuzaga keldi.

Maktab psixologi: Saida Karabayeva

Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram Facebook
#oʻzbekchasi_bor

O‘z tilingizni qanchalik yaxshi bilasiz?

Marhamat, bilimingizni sinab ko‘ring: javoblarni yashirin jumlalarni ochishdan oldin topishga harakat qiling.

Yashirin jumlalar teng ochiladi.

«Оптимист» o‘zbekchada👉 Nekbin
«Пессимист» o‘zbekchada👉 Badbin

Respublika bolalar kutubxonasi Axborot xizmati
⚡️🔠🔠🔠🔠🔠🔠🔠🔠⚡️

📚“KITOB BIZNI BIRLASHTIRADI!”

🟢Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika bolalar kutubxonasi tomonidan 1-aprel kuni soat 14:00 da “Xalqaro bolalar kitoblari kuni” munosabati bilan “Kitob bizni birlashtiradi” shiori ostida katta kitobxonlik festivali o‘tkaziladi.

🎹Festival doirasida kitob ko‘rgazmalari, “Farzandimga kitob sovg‘a qilaman” kitob aksiyalari, viktorinalar, shoir va yozuvchilar bilan ijodiy uchrashuvlar, davra suhbatlari, konsertlar va sayrtomoshalar bo‘lib o‘tadi.

⚡️Ushbu festivalni o‘tkazishdan maqsad, o‘quvchi yoshlarda kitobxonlik madaniyatini shakllantirish va bolalar kitobxonligini ommalashtirishda bolalar uchun mo‘ljallangan badiiy, ma’rifiy, ilmiy-ommabop, tarbiyaviy adabiyotlar ko‘rgazmalarini tashkil etish hamda milliy va jahon adabiyoti namoyandalarining yetuk asarlarini saralab, bolalarga mutolaa uchun kerakli bo‘lgan adabiyotlarni tavsiya etishdan iborat.

🕯🤩Barcha kitobxonlarni “Kitob bizni birlashtiradi” festivalida kutib qolamiz! Bu kunni biz bilan birgalikda bayramona kayfiyatda kutib oling!

😀Manzil: Toshkent shahar “Dream Park”.
(G‘afur G‘ulom parki)

Respublika bolalar kutubxonasi Axborot xizmati

Telegram|You tube|Facebook|Instagram|Web site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#befarqemasman

Ta’lim sohasida faoliyat yuritayotgan shaxslar konstitutsiya darajasida himoyalanishi yangi Oʻzbekistonda “insonga e’tibor va sifatli talim” yaratish yo’lida qilinayotgan islohotlardan dalolatdir. Bu yurtimiz yangi tarixining muhim sahifasidur.” – Hilola Nazirova, Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tasarrufidagi Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi direktori.

Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram Facebook
⚡️🔠🔠🔠🔠🔠🔠🔠🔠⚡️

📚“KITOB BIZNI BIRLASHTIRADI!”

🟢Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika bolalar kutubxonasi tomonidan 1-aprel kuni soat 14:00 da “Xalqaro bolalar kitoblari kuni” munosabati bilan “Kitob bizni birlashtiradi” shiori ostida katta kitobxonlik festivali o‘tkaziladi.

🎹Festival doirasida kitob ko‘rgazmalari, “Farzandimga kitob sovg‘a qilaman” kitob aksiyalari, viktorinalar, shoir va yozuvchilar bilan ijodiy uchrashuvlar, davra suhbatlari, konsertlar va sayrtomoshalar bo‘lib o‘tadi.

⚡️Ushbu festivalni o‘tkazishdan maqsad, o‘quvchi yoshlarda kitobxonlik madaniyatini shakllantirish va bolalar kitobxonligini ommalashtirishda bolalar uchun mo‘ljallangan badiiy, ma’rifiy, ilmiy-ommabop, tarbiyaviy adabiyotlar ko‘rgazmalarini tashkil etish hamda milliy va jahon adabiyoti namoyandalarining yetuk asarlarini saralab, bolalarga mutolaa uchun kerakli bo‘lgan adabiyotlarni tavsiya etishdan iborat.

🕯🤩Barcha kitobxonlarni “Kitob bizni birlashtiradi” festivalida kutib qolamiz! Bu kunni biz bilan birgalikda bayramona kayfiyatda kutib oling!

😀Manzil: Toshkent shahar “Dream Park”.
(G‘afur G‘ulom parki)

Respublika bolalar kutubxonasi Axborot xizmati

Telegram|You tube|Facebook|Instagram|Web site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Fuqaro_muhofazasi_oyligi
#Davra_suhbati


Ma’lumki, Toshkent shahar hokimining 2023-yil 21-fevral kunidagi “Toshkent shahri hududida favqulodda vaziyatlar profilaktikasini tashkil etish hamda 2023-yilning 1-mart – 1-aprel kunlari “Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va fuqaro muhofazasi oyligi”ni o‘tkazish bo‘yicha chora-tadbirlar tasdiqlash va o‘z vaqtida sifatli bajarilishi to‘g‘risida”gi 26-sonli bayoni tasdiqlangan.

🔰Shu munosabat bilan bugun Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabida Olmazor tumani FVB P va NB inspektori katta leytenant M.P.Murodov Fuqaro muxofazasi oyligi doirasida o‘quvchilar bilan davra suhbati o‘tkazdi.
♻️Tadbirda FVV xodimi o‘quvchilar va o‘qituvchilarga fuqaro muhofazasi nima ekanligini, favqulodda holatlarda qanday yo‘l tutish lozimligini, ayniqsa, zilzila sodir bo‘layotgan jarayonda qaysi choralarni qo‘llay olish haqida batafsil to‘xtalib o‘tdi.

💠Shuningdek, favqulodda vaziyatlarning turli ko‘rinishlari aks etgan videoroliklar namoyish etildi. Savol-javob tarzida kechgan davra suhbatida ishtirokchilar o‘zlari uchun foydali bo‘lgan ko‘plab ma’lumotlarga ega bo‘lishdi..

Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram Facebook
#Taqvim

Bugun, 30-mart, haftaning payshanba kuni.

🚮BMT Bosh Assambleyasining qaroriga asosan 30 mart Xalqaro chiqindisiz kun, deb e’lon qilingan.

Bu sanada:
🇪🇸 Ispaniyada Gullar kuni.
🇵🇸 Falastinda Yerni himoya qilish kuni
🇺🇸 AQShda — Shifokorlar kuni nishonlanadi.

Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram Facebook