Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi
1.85K subscribers
10.1K photos
1.3K videos
93 files
3.8K links
Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi. “Bizga jadid bobolarimiz kabi g’arb ilm-fani yutuqlari bilan birga milliy qadriyatlar ruhida tarbiya topgan yetuk kadrlar suv bilan havodek zarur” Sh.Mirziyoyev
🗳️ Online qabulxona: @aqodiriyijodmaktabi_bot
Download Telegram
#Referendumga_tayyorgarlik

Ayni paytda yurtimizda muhim siyosiy voqelik – “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonuni umumxalq referendumiga tayyorgarlik jarayoni davom etmoqda.

📌Shu maqsadda Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi jamoasi bilan 2023 yil 29 mart kuni Jamoat xavfsizligi universiteti professor-o‘qituvchilari podpolkovnik D.M.Maxmudov va mayor A.M.Payziyevlar tomonidan “Konstitutsiyaviy qonun loyihasining mazmun-mohiyati” mavzusida uchrashuv o‘tkazildi.

📍Bosh qomusimizning yangi tahriri yurtimiz taraqqiyoti, xalqimiz farovonligi rivojiga xizmat qilishi, eng avvalo esa “Inson qadri uchun” gʻoyasini ustuvor yoʻnalish sifatida belgilashi qayd etildi.

🎯Eslatib o'tamiz, referendum 2023 yil 30 aprelda o'tkaziladi.

Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram Facebook
🏢Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabining 10-11-sinf o‘quvchilari:

Aktamxonova Farangiz, B2
Tashqorayev Azizbek, B2
Meymonova Ruxshona, B2

Chet tilini bilish darajasi sertifikatini qo'lga kiritishdi.

🎉Ijod maktabi jamoasi nomidan o‘quvchilarimizni ushbu natija bilan tabriklaymiz!

Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram Facebook
#Farzandimga_kitob_sovg‘a_qilaman
#Bolalarga_ma'naviyat_ulash
#Kitob_bizni_birlashtiradi

⭕️⭕️⭕️4️⃣4️⃣4️⃣

🟢Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika bolalar kutubxonasi tomonidan yurtimiz kelajagi boʻlmish farzandlarimizning maʼnaviy sogʻlom boʻlishlarini taʼminlash maqsadida 2-aprel – “Xalqaro bolalar kitoblari kuni” munosabati bilan quyidagi xeshteglar ostida challenge o‘tkazilishini e'lon qiladi.

🧡#Farzandimga_kitob_sovg‘a_qilaman
🧡#Bolalarga_ma'naviyat_ulash
🧡#Kitob_bizni_birlashtiradi

Ushbu xeshteglardan foydalanib, ijtimoiy tarmoqlarda kitoblar ulashayotganingiz haqidagi rasm videolaringizni joylang va bizga @kitob_challenge ga yuboring!

⚡️Ushbu challengeni o‘tkazishdan maqsad, o‘quvchi yoshlarda kitobxonlik madaniyatini shakllantirish va bolalar kitobxonligini ommalashtirishda bolalar uchun mo‘ljallangan badiiy, ma’rifiy, ilmiy-ommabop, tarbiyaviy hamda bolalarga mos bo‘lgan adabiyotlarni mutolaa uchun tavsiya etishdan iborat.

📚Birgalikda siz azizlardan bu challengeda faol ishtirok etib, farzandingiz va yaqinlaringizga dunyodagi eng qimatbaho xazina, sodiq doʻst – kitob bilan doʻstlashishini yo‘lga qo‘yish maqsadida yurtimizda chop qilingan bolalar adabiyotlaridan sovgʻa qilishingizni soʻraymiz.

❗️Bolalarga ma’naviyat ulashishda Siz ham o‘z hissangizni qo‘shing!

Respublika bolalar kutubxonasi Axborot xizmati

Telegram|You tube|Facebook|Instagram|Web site
#Taqvim

☀️Bugun 31-mart, haftaning juma kuni.
Ushbu sanada:

⚡️Xalqaro zahira nusxalash kuni

🎯Eyfel minorasi kuni

👁Har xil rangli ko‘zlar bayrami

🛞“Mersedes” nomli 1-avtomobil ishlab chiqarildi

Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram Facebook
#raqamlar

Dunyodagi eng katta raqam - sentilon nomiga ega raqamdir.

Bu raqamda bitta bosh raqamdan so‘ng 600 ta nol bor. U 1852 yilda qayd etilgan.

Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram Facebook
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
"Zahiriddin Muhammad Bobur va Abdulla Qodiriy bir-biriga ruhan yaqin shaxslar..."

Bahodir Karim
#Tibbiy_ko‘rik

Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabida tibbiyot xodimlarining faoliyat olib borishi uchun barcha zarur shart-sharoitlar, xususan, maxsus joy, mebel va zarur tibbiy jihozlar, birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish uchun zarur bo‘lgan dori-darmonlar yaratib berilgan.

O'z navbatida, tibbiyot xodimlari ijod maktabi rahbariyati va pedagog xodimlar bilan bir qatorda davolash-profilaktika tadbirlarini tashkil etib, o‘quv va o‘quvchilar turar joyining sanitariya normalari, qoidalari va gigiyena talablariga rioya qilish, ovqatlanish rejimi va sifatiga, o‘quvchilarni tibbiy-ko‘rikdan o‘tkazishga alohida e'tibor qaratib kelishmoqda.

Har yilgi an'anaga ko'ra, bugun Toshkent shahar Olmazor tumani 14-poliklinika shifokorlari tomonidan ijod maktabi o‘quvchilari O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilangan tartibda tibbiy-ko‘rikdan o‘tkazilmoqda.

Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram Facebook
#Konferensiya

➡️Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi va Respublika bolalar kutubxonasi tomonidan “XXI asrda bolalar kitobxonligi: muammo va vazifalar” mavzusidagi ilmiy amaliy konferensiya tashkil etildi.

⚡️Konferensiya avvalida Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi o‘quvchilari badiiy chiqishlar bilan ishtirok etishdi. “Chig‘atoy gurungi” to‘garak a’zolari tomonidan ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar va ijodkor yoshlarimizning she’riy taqdimotlari yig‘ilganlarga xush kayfiyat ulashdi.

📚Konferensiya doirasida ishtirokchilar bolalar adabiyoti, yoshlar o‘rtasida kitobxonlik va kutubxona nufuzini oshirish, kitobxonlikni targ‘ib qilishda axborot resurslardan unumli foydalanish, umumta’lim maktablari o‘quvchilarida kitobxonlikka barqaror qiziqishni shakllantirish bo‘yicha o‘z fikrlarini bildirdilar.

📌Mazkur anjumanda Abdulla Qodiriy ijod maktabi rahbari Hilola Nazirova ham so‘zga chiqib, ijod maktablarida bolalar kitobxonligi masalasida atroflicha yondashib, turli taklif va mulohazalarni bildirib o'tdi.