Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi
1.87K subscribers
9.93K photos
1.29K videos
93 files
3.77K links
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabining rasmiy telegram kanali

“Kelingiz yoshlar, ziyolilar bu kun g’ayrat qiling, Uxlaganlarni agar Qodir esak, uyg’otamiz”Qodiriy

@aqodiriyijodmaktabi_bot
Download Telegram
#Diplomacy_education

PREZIDENT TA’LIM MUASSASALARI AGENTLIGI TIZIMIDAGI MAKTAB O’QUVCHILARI ITALIYAGA JO’NAB KETISHDI!

Xabaringiz bor, Agentlik tizimidagi o’quvchilar “Diplomacy Education” dasturida ishtirok etishmoqda.

❗️Bugun mazkur dasturda g’olib bo’lgan 10 nafar o’quvchi Italiyaga yo’l olishdi.

⚡️Ular dastur doirasida:
✔️Italiya Tashqi ishlar vazirligi faoliyati bilan tanishish;
✔️ rasmiy uchrashuvlarda ishtirok etish;
✔️ Italiyaning Rim, Neapol, Florensiya va Vatikan shaharlaridagi tarixiy maskanlar bilan tanishish imkoniyatiga ega bo’lishadi.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Tanlov
#Faxrimiz

ABDULLA QODIRIY NOMIDAGI IJOD MAKTABI O'QUVCHISI ITALIYADA!

❇️Prezident ta’lim muassasalari agentligi, O’zbekiston Respublikasining Italiyadagi elchixonasi va Italiyaning “Global Action” tashkiloti bilan hamkorlikda tashkil etilgan "Diplomacy Education” tanlovida Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi o'quvchisi Xakimova Farangiz g'oliblikni qo'lga kiritib, Italiyaga 7 kunlik sayohat imkoniyatini qo'lga kiritgan edi.

Farangizning Italiya sayohatini fotolavhalarda kuzatishingiz mumkin!

Veb-sayt | Telegram | Facebook | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Kun_nafasi
#Xotira_va_qadrlash_kuni

❇️ 9-may - Xotira va qadrlash kuni

Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabining 7-sinf o'quvchisi Farhodova Rayhona tayyorladi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Kun_nafasi
#Xotira_va_qadrlash_kuni

«Илҳақ» бадиий фильми Премъера

«Ушбу фильмни оила даврасида кўришга даъват этаман» - Шавкат Миромонович Мирзиёев.

Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi
#Kun_nafasi
#Xotira_va_qadrlash_kuni

Urush! Noming o‘chsin jahonda!
Hamon bitmas sen solgan alam,
Sen tufayli ko‘p xonadonda
Ota nomli buyuk shodlik kam!

Zulfiya

🏞👩‍🎨Rasm Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi o'quvchisi SHOKIROVA IRODAXON tomonidan chizilgan

Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi
#Kun_nafasi

***
Xayolimga chirmashar sog'inch, Yuragimni tortqilaydi u. Ko'ksim uzra bir moviy bog'ich, Mudroq yotgan xotira-ku bu.
Xotiramdan shikoyatim yo'q, Lek, xotirlash boshqa masala. Aytolmayman, mening ko'nglim to'q,
Vasiyatlar qolmagan chala.
Chaqmoqdayin uradi o'ylar, Bir kun meni xotirlasharmi? Balki, kimdir aniq deb o'ylar, Sen shoshmasang, ular shosharmi?
Unutmaylik tirik, shahidni, Ordenlari umidlarga teng. Qay kunlarga bo'lgan shohidni, Bezamasin faqat qo'lsiz yeng.
Bolajonim, nevaram, borim, Nimalarga qorishib ketding? Roziman-ku, qo'ymaydi orim, Sen bizlarni alishib ketding!
Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi 10-"A" sinf o'quvchisi Azizbek Toshqorayev
Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi
#Faxrimiz

ABDULLA QODIRIY NOMIDAGI IJOD MAKTABI O'QUVCHISI ITALIYADA!

❇️Prezident ta’lim muassasalari agentligi Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi o'quvchisi Xakimova Farangizning Italiya sayohatini fotolavhalarda kuzatishingiz mumkin!

Rasmlarda Pantheon, Trevi fontani, Victor emanuel 2 majmuasi, Qurinal qasrini ko'rib turibsiz.

Veb-sayt | Telegram | Facebook | YouTube
#Kun_nafasi
#Xushxabar

❇️ "Hammamiz uchun ayni paytda juda muhim ahamiyatga ega bo'lgan masala, ya'ni kitobxonlikni keng yoyish va yoshlarimizning kitobga bo'lgan muhabbatini, ularning ma'naviy immunitetini yanada oshirishga qaratilgan ishlarimizni yangi bosqichga olib chiqish vazifasi turibdi"

Sh.Mirziyoyev


Prezident ta'lim muassasalari agentligi hamda O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi hamkorligida joriy yilning 10-may kuni muassasa tizimidagi maktablarning kutubxonasiga kitoblar taqdim etish madaniy-ma'rifiy tadbiri va O'zbekiston Xalq yozuvchisi Isajon Sulton bilan ijodiy uchrashuv bo'lib o'tdi.

Tadbirda Prezident ta'lim muassasalari agentligi direktorining birinchi o'rinbosari Dilshod Kenjayev O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi o'rinbosari Botir Ergashevdan 6500 ta kitobning ramziy belgisi hamda kitob namunalarini qabul qilib oldi.

♻️ Tadbirda Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi o'quvchilari ishtirokida "She'riyat guldastasi" namoyish etildi.

Telegram| Facebook|Veb-sayt| You Tube