Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi
2.35K subscribers
10.3K photos
1.32K videos
93 files
3.86K links
Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi. “Bizga jadid bobolarimiz kabi g’arb ilm-fani yutuqlari bilan birga milliy qadriyatlar ruhida tarbiya topgan yetuk kadrlar suv bilan havodek zarur” Sh.Mirziyoyev
🗳️ Online qabulxona: @aqodiriyijodmaktabi_bot
Download Telegram
#ona_tilim_faxrim

⚡️Senatda “Ona tilim – faxrim” nomli adabiy kecha o'tkazildi


🗓 Bugun O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati binosida “Ona tilim – faxrim” nomli bayram tadbiri o'tkazildi. Bayram 21-oktabr O'zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi jamoasi va o'quvchilari ishtirokida bo'ldi.

📌 Maktabimiz o'quvchilari dastlab senatorlar bilan samimiy va ochiq muloqot o'tkazishib, so'ngra bayramona dasturni taqdim etishdi.

🔰 Tadbirni Oliy Majlis Senatining Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qo'mitasi raisi o‘rinbosari Dilorom Toshmuhammedova ochib berdi.

📚 So'ngra maktab direktori, tarix fanlari bo'yicha falsafa doktori, matnshunos olima Hilola Nazirova o'zbek tilining tarixiy taraqqiyoti, tarjimonchilik masalalari, tilimizga e’tibor mavzularida ma’ruza qildi.

🎼 Tadbir so'ngida kuylangan “Go'zal, Turkiston” qo'shig'i barchaning dilida g'urur, ona tiliga bo'lgan muhabbatning ramziy ko'rinishi bo'ldi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Veb-sayt | Instagram | YouTube
🇺🇿"Dunyo" AA: O‘zbek tilida so‘zlashuvchilar soni 60 milliondan ortiq.

🌐Axborot agentligiga ma'lumotiga ko‘ra, hozirda xorijiy davlatlardagi 50 dan ortiq o‘quv yurtida o‘zbek tili o‘rgatilmoqda.

🇺🇿Dunyoning eng ko‘p so‘zlashuvchi til reytinglari ko‘rsatkichlari bo‘yicha O‘zbek tili 54-o‘rinni egallaydi. Bunga ko‘ra, o‘zbek tilimizda mahalliy so‘zlashuvchilar soni 25 milliondan ortiq deb ko‘rsatilgan.

🇺🇿Agarda O‘zbek tili nufuzini nafaqat milliy, balki xalqaro miqyosda oshirish bilan bog‘liq kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqilsa va buni amalga oshirish bilan bog‘liq sa'y-harakatlar aynan til bayrami arafasida emas, balki muntazam tarzda olib borilsa, shuningdek umumiy so‘zlashuvchilar sonini hisobga olib taxmin qilish mumkinki, O‘zbek tili jahon reytingi bo‘yicha Top 30 talik o‘rinlarga da'vogarlik qila oladi.

@sharqshunos_tahlilchilar✅️
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#ona_tilim_faxrim

📌Qachonlardir ajdodlarimiz tilimizni o’z xalqimizga o’rgatishni, uning rang-barangligini butun olamga ko’rsatishni orzu qilishgan. Bugungi kunga kelib esa o’zga millat vakillari tilimizni o’rganishga bel bog’lashdi.

🔰Ana shunday insonlardan biri Moskvadagi Oliy iqtisodiyot maktabi qoshidagi Klassik Sharq va Antik davr instituti ilmiy xodimi Anton Ixsanov Abdulla Qodiriy ijod maktabi jamoasi va o’quvchilariga “O’zbek tili kuni” munosabati bilan Fransiyadan turib o’zbek tilida bayram tabrigini yubordi.


Telegram | Instagram |Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#ona_tilim_faxrim

🔰O’zbek tili kuni” munosabati bilan Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabining 10-sinf o’quvchilari vatandoshlarimiz bilan tili mavzusiga doir savol-javob o’tkazishdi.

🛑Qiziqarli bo’lib o’tgan so’rovnomada yurtdoshlarimiz aksariyat savollarga to’g’ri javob berishdi.

📌Videoni tomosha qilib, o’z bilimlaringizni sinab ko’ring!


Telegram | Instagram |Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#ona_tilim_faxrim
#qadring_baland_bolsin_ona_tilim

🔰Ona tili – millat g’ururi. O’zbek tili – turkiy tillarning toji!
Bugun 21-oktyabr “O’zbek tiliga davtlat tili maqomi berilgan kun”!

📌Ushbu kun uchun Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabining ona tili va adabiyot o’qituvchilari tomonidan tayyorlangan videolavhani tomosha qiling.


📚Ona tilim – onajonim tili bu
Beshikdanoq singgan jon-u quloqqa…



Telegram | Instagram |Facebook
Forwarded from Hilola Umarova
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Tabriknoma

Qadrli yurtdoshlar, aziz ustoz va murabbiylar!


Barchangizni chinakam milliy tantanamiz, g‘urur va iftixorimiz bo‘lgan O‘zbek tili bayrami bilan samimiy muborakbod etaman.

Insoniyat o‘z milliy tilini “ona tili” deb sharaflashi bejiz emas.

Chunki bunday ulug‘ e’tirof bizga har lahzada o‘z tilimizni onamizdek e’zozlab, qadrlashimiz zarurligini anglatib turadi. Ona tilimiz bizning jahonda alohida xalq, millat sifatida mavjudligimizni belgilovchi muhim asoslardan biridir.

Inson tug‘ilajak Vatani va tilini tanlamaydi – bu unga Yaratgan ato etgan bebaho ne’matlardir. Ana shu ne’matlarni qadrlab, Vatanimiz taraqqiyoti, o‘zbek tili ravnaqi yo‘lida sidqidildan xizmat qilish va mehnatlarimiz samarasini ko‘rish saodati barchamizga nasib etsin!

Ona tilimiz ruhiyatimizga nur, tafakkurimizga yog‘du, qalbimizga g‘urur baxsh etib abadiy gullab yashnasin!

O‘zbek tili bayrami yana bir bor muborak bo‘lsin!

Hilola Umarova,
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri
#ona_tilim_faxrim
#bayram_tabrigi


🔰“Millatning millat ekanini belgilovchi birlamchi omil – uning tili va adabiyotidir!”, degan edi Abdulla Avloniy.

So‘z inson qalbiga ozuqa baxsh etuvchi omil bo‘lsa, ona tilida aytilgan kalom mana shu ozuqaning manbaidir! U ona allasi bilan qalbga singib ketgan.

Bugun 21-oktyabr – O‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilgan kun! Bugun ona tilimizning bayrami!

Til – millat ko‘zgusi.
Til – millat iftixori.
Til – millat qalbi, millat vijdoni!

Dunyoning qay tomonida bo‘lmaylik, albatta, o‘zbekligimiz va o‘zbek tilimizdan faxr tuyaylik.

O‘zbek tili bayrami barchamizga muborak bo‘lsin, Azizlar!

Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi direktori Hilola Nazirova


Telegram | Instagram |Facebook
​#ona_tilim_faxrim
#munosabat


FAYZBEK — CHOʻLPON

Bugun boshqacha kun boʻldi. Samarqandda edim. Toshkentdan xabar keldi. Uch yuz chaqirim naridan eshitgan ushbu yangilik dilimni yoritib yubordi.

Yaʼni Abdulla Qodiriy ijod maktabi direktori Hilola Nazirova til bayrami munosabati bilan maktab jamoasi va oʻquvchilari bilan Oliy Majlisi Senati binosida tadbir oʻtkazgani haqida xabar joʻnatdi. Ushbu soʻzlarni xatga qoʻshib qoʻydi: “Fayozbek chiqqanida senatorlar yigʻlashdi, baraka topsin. Tarbiya bergan ota-onangizga rahmat”.

Kecha maktab yoshlari Senatga boribdi. Senatorlar bilan gurunglashibdi. Maktab direktori maʼruza oʻqibdi. Oʻquvchilar bayram dasturni taqdim etibdi. Abdulla Qodiriy ijod maktabining 9-sinfida oʻqiyotgan ukam Fayzbek Ulugʻberdiyev esa jadidlarga bagʻishlangan sahna koʻrinishida Choʻlpon rolini oʻynabdi.

Ota-onamga rahmat olib bergani uchun Fayzbekdan minnatdor boʻldim. Oʻzim esa osmonda uchib yuribman.

Tadbir soʻngida maktab oʻquvchilari “Goʻzal, Turkiston” qoʻshigʻini kuylab, barcha qalblarni yanada toʻlqinlantiribdi.

Rahmat, Fayzbek! Rahmat, oʻquvchilar! Rahmat, ustozlar! Rahmat, ijod maktabi!


Fozil Farhod
O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati xodimi, shoir va jurnalist.


Telegram | Instagram |Facebook
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#ona_tilim_faxrim
#qadring_baland_bolsin_ona_tilim

📚Ming yillarkim bulbul kalomi,
O’zgarmaydi yaxlit hamisha.
Ammo sho’rlik to’tining holi
O’zgalarga taqlid hamisha.

Ona tilim, sen borsan, shaksiz,
Bulbul kuyin she’rga solaman.
Sen yo’qolgan kuning, shubhasiz.
Men ham to’ti bo’lib qolaman.

✍️Abdulla Oripov

🔰Bugungi “O’zbek tili kuni” munosabati bilan maktabimiznimg bitiruvchi 11- “B” sinf o’quvchilari yurtdoshlarimiz bilan kichik so’rovnoma o’tkazishdi.

🛑Mavzu dolzarb, ayni vaqtdagi og’riqli nuqtalarimizdan birini videolavhada tomosha qiling va xulosa chiqaring.

Tilning azizligi, qadri uning sofligi bilan!


Telegram | Instagram |Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#ona_tilim_faxrim
#qadring_baland_bolsin_ona_tilim

🔰Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi direktori, manbashunos, ogahiyshunos olima Hilola Nazirovaning Oliy Majlis Senatidagi bayram tadbiridan so’ng bergan intervyusida ham tilimizning boyligi, tarjimashunoslik masalalari batafsil yoritilgan.

🛑Intervyudan parchani yuqoridagi “O’zbekiston 24” kanalida efirga ketgan lavhada ko’rishingiz mumkin.


Telegram | Instagram |Facebook
#ona_tilim_faxrim

🔰Respublikamizda davlat tiliga bo’lgan e’tibor kundan-kunga oshib bormoqda. Lekin shunga qaramay yurtdoshlarimiz orasida shevadan ortiqcha foydalanish, imlo qoidalariga amal qilmaslik hollari uchrab turadi. “Oyina.uz” portali shu mavzuda bir loyiha boshlagan.

📌O’zbek tilini tanlash uchun 1 ni bosing” loyihasining bayram sonida jamiyatimizning ziyolilari, olimlari ishtirok etdi. Misol uchun, Inomjon Azimov, Saodat Muhammedova, Javlon Jovliyev, Shomirza Turdimov va boshqalar.

👩🏻‍🏫Loyihaning bayram sonida Abdulla Qodiriy ijod maktabining direktori Hilola Nazirova hamda ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi Vazira Normurodovalar ishtirok etishdi.

🛑Xo’sh, siz imlo xatolar bilan kelgan xabarga qanday munosabat bildirasiz?


https://youtu.be/x60yot4u3Eg?si=Ml93lhFYrJrV6y80

Telegram | Instagram |Facebook