Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi
2.35K subscribers
10.3K photos
1.32K videos
93 files
3.86K links
Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi. “Bizga jadid bobolarimiz kabi g’arb ilm-fani yutuqlari bilan birga milliy qadriyatlar ruhida tarbiya topgan yetuk kadrlar suv bilan havodek zarur” Sh.Mirziyoyev
🗳️ Online qabulxona: @aqodiriyijodmaktabi_bot
Download Telegram
#ona_tilim_faxrim
#qadring_baland_bolsin_ona_tilim


Dunyoda tillar ko'p, lek aziz menga,
O'z ona tilimdir, kalomi totli.
Ilk bor eshitganman alla aytganda,
Onamning bag'rida, har so'zi bolli.

Shu ona tilimga o'xshash tillar ko'p,
Qozoq, qoraqalpoq, turk va bor uyg'ur.
Lek o'zbek tilim jarangdordir xo'p,
Qancha faxrlansam, qalbimda g'urur.

O'zbek tilim mening, O'zbekistonim,
Madhiyalaringni kuylamoq go'zal.
Serquyosh o'lkam, yashil bo'stonim,
Tarixing dostondur, azaldan azal.

Ey onam allasi, ey ona tilim,
Qancha so'zlasam ham, shuncha to'ymayman.
Sen bilan qalamim, sen bilan qalbim,
Seni zabonimdan aslo qo'ymayman.


✍️Abdurahmonova Xadichabonu
Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabining 8-“B” sinf o’quvchisi



Telegram | Instagram |Facebook
#qadring_baland_bolsin_ona_tilim
#ona_tilim_faxrim


🔰Kuni kecha 20-oktyabr kuni Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabining 7-“A” va 7- “B” sinf o'quvchilari bilan “Adiblar xiyoboni”da ona tilimizga Davlat tili maqomi berilishining 34- yilligi munosabati bilan “Qadring baland bo'lsin, ona tilim" mavzusida ochiq dars o'tkazildi.

📌Ochiq dars musobaqa tarzida tashkil etilib, darsda o'quvchilar tomonidan ona tilimiz madh etilgan she'rlar aytildi, qo'shiqlar ijro etildi, turli qiziqarli topshiriqlarni bajarishda o'quvchilar o'zlarining zukkoliklarini ishga solishdi va tilimizning qadr-qimmati aks ettirilgan sahna ko'rinishlari namoyish etildi.

🛑Ochiq dars maktabimizning ona tili va adabiyot fani o’qituvchilari Aziza Saydullayeva, Gulnoza Negmatova va Vazira Normurodovalar tashabbusi bilan tashkil etildi.


Telegram | Instagram |Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#ona_tilim_faxrim
#qadring_baland_bolsin_ona_tilim

📌O’zbek tili faqat bir kun emas, asrlar davomida maqtov-u e’tiroflarga loyiq bir xazinadir.

🔰Biz esa bayramni davom ettiramiz! Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabining 8-“V” sinf o’quvchilarining sinf rahbari, ingliz tili o’qituvchisi Yulduz Mirxodjiyeva navbatdagi “Sinf soati”ni Abdulla Qodiriy uy-muzeyida “O’zbek tili kuni”ga bag’ishlab o’tkazdi.

📚O’quvchilar uchun ham ekskursiya, ham o’zbek tiliga doir bilimlarining taqdim etilishi o’zgacha kayfiyat baxsh etdi, muzeyga tashrif buyurganlarning e’tirofiga sazovor bo’ldi.

Qariyb 2 soatga yaqin davom etgan sahnaviy chiqishlar, ajoyib she’rlardan lavhalarni tomosha qiling!


Telegram | Instagram |Facebook
O‘zbekiston xalqiga bayram tabrigi

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Veb-sayt | Instagram | YouTube
#qadring_baland_bolsin_ona_tilim
#ona_tilim_faxrim

🔰Tilimizga bo’lgan muhabbat har bir insonda ona allasidan boshlab uyg’onadi. Shuning uchun ham ona tilimiz deb ataymiz.

📌Kuni kecha 21-oktyabr “O’zbek tili kuni” munosabati bilan maktabimizda “Qadring baland bo’lsin, ona tilim” shiori ostida bayram tadbiri bo’lib o’tdi.

Tadbirda o’zbek tili haqida aytilgan she’rlar, sahna ko’rinishlari, musiqaviy chiqishlar, ustozlarga tayyorlangan sovg’alar barchani xursand qildi.


Telegram | Instagram |Facebook
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#ona_tilim_faxrim
#ijodiy_togarak

🛑20-oktyabr kuni Abdulla Qodiriy ijod maktabining 8-“V” sinf rahbari Yulduz Mirxodjiyeva, ijodiy to’garak rahbari Nigora Asqaraliyeva va o’quvchilar ishtirokida Abdulla Qodiriy uy-muzeyiga ekskursiya uyushtirildi.


Dars mavzusi esa “O’zbek tili kuni”!

📌Jarayon va atmosferani his qiling.


Telegram | Instagram |Facebook
#ona_tilim_faxrim
#qadring_baland_bolsin_ona_tilim

🔰Savodxonlik – kishi bilimining bosh mezoni. Ta’limda o’quvchiga savodxonlikni o’rgatish albatta uning o’qituvchisiga bog’liq.

🏢“O’zbek tili kuni” munosabati bilan Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi o’qituvchilari va o’quvchilari o’rtasida “Savodxonlik diktanti” mashg’ulotlari olib borildi.


Jarayonni suratlarda ko’rishingiz mumkin.


Telegram | Instagram |Facebook
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#qadring_baland_bolsin_ona_tilim
#ona_tilim_faxrim

🔰Tilimizning jozibasi o’zga til vakillarini ham o’ziga tortadi, maftun etadi. Abdulla Qodiriy bejiz: “O’zbek tili kambag’al emas, o’zbek tilini kambag’al deguvchilarning o’zi kambag’al. Ular o’z nodonliklarini o’zbek tiliga to’nkamasinlar”, demagan edi.

🏢Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabining 8-“V” sinf o’quvchilari adabiy ekskursiya davomida “O’zbek tili kuni” munosabati bilan ingliz tilida bayram tabrigini yo’llashdi.


Telegram | Instagram |Facebook
#zakovatda_kuch
#qizlarjon_klubi


🔰Bugun Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabida “Qizlarjon klubi” doirasida ilk “Zakovat” o’yini bo’lib o’tdi.

📌Umumiy 7 jamoa ishtirokida bo’lib o’tgan o’yinda jami 15 ta savol o’ynaldi.

🛑Qiziqarli va bahslarga boy o’tgan “Zakovat”ning qizlar o’rtasidagi Kuzgi mavsumi birinchi tur o’yinidan lavhalarni tomosha qiling!


Telegram | Instagram |Facebook