#ijodiy_uchrashuv
Bugun Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabiga O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, iste’dodli shoir Davron Rajab tashrif buyurdi. Shoir 7-sinf o’quvchilari bilan o’zining adabiyot, she’r, ijod haqidagi fiklarini, qarashlarini baham ko’rdi. Marhum shoir Matnazar Abdulhakim she’rlari, ijodi haqida qimmatli ma’lumotlar berildi. Suhbat so’ngida “Turon” kutubxonasining eng faol kitobxoniga Davron Rajab tomonidan esdalik sovg’alari taqdim etildi.
Yuqorida ushbu adabiy davradan fotoparcha.
Telegram | Instagram |Facebook

#ijodiy_togarak
#oquvchilarimiz_ijodidan
***
Tun yopdi samoning darvozasini,
Devonavash zulmat oldi bagʻriga.
Dard toʻla yurakni otib yubordim
Yettinchi osmondan hatto nariga.
Chalajon hislarni koʻngildan quvib,
Boʻy choʻza boshladi qalbimda sabot.
Kavshangancha kelib yonimga hilol,
Yulduzlar taʼmini maqtaydi bot-bot.
Butunlay ishonchga oʻranib olib,
Quvonch koʻchalarin kezaman yayov.
Har aytgan soʻzimdan chaqnaydi uchqun,
Har bosgan izimdan unadi olov.
Gʻamning kulbasidan bosh olib ketib,
Baxtning bilagiga taqay koʻzmunchoq.
Men shunday yashayki, alanga olib,
Har bir nigohimda chaqnasin chaqmoq.
Xayolni qitiqlar farahbaxsh hislar,
Yurak mung libosin yirtib tashladi.
Har bitta zarradan chiroy axtarib,
Koʻzlarim hayratga toʻla boshladi.
✍️Shakarova Shalola
Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi 8-sinf o’quvchisi.

Telegram
Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabining rasmiy telegram kanali
“Kelingiz yoshlar, ziyolilar bu kun g’ayrat qiling, Uxlaganlarni agar Qodir esak, uyg’otamiz”Qodiriy
@aqodiriyijodmaktabi_bot

📚KITOB HAQIDA O‘NTA FIKR:
1. Muallifi yaxshi yoza bilgan kitoblarni o‘qib borar ekansiz, yaxshi gapirishni ham odat qilib olasiz.
2. Kishining madaniy saviyasi – kitoblarning o‘qib chiqilgan soni bilan emas, uqib olingan soni ila o‘lchanadi.
3. Kitob o‘qishni odat qilgan shaxslar televizor ekranidan nari ketmaydigan kishilarni boshqara olishadi.
4. Kitob kinodan afzaldir. Negaki, kishi tasavvurining ko‘lami filmdagi kuchli taassurotga ega kadrlar soni kabi cheklanmaydi.
5. Qancha ko‘p kitob o‘qisang, birovlarga shuncha kam taqlid qilasan.
6. Odamlar ikki toifaga, xususan: kitob o‘qiydiganlar va kitob o‘qiydiganlarning og‘ziga qarab yuradiganlarga bo‘linadi.
7. So‘mni tiyin tashkil etsa, o‘qib chiqilgan kitob soni – bilimni.
8. Aql topish uchun kitob o‘qish – tana manfaatida badantarbiya bilan shug‘ullanishdek gapdir.
9. Kishi aqlli bo‘lib qolishi uchun 10 ta kitob kifoya. O‘sha o‘ntani topish uchun esa minglab kitoblarni o‘qib chiqishi kerak bo‘ladi.
10. Yaqin do‘sting bo‘lmish kitobga inon. Zero u, odatda, sukut saqlab, fursati yetganda jamiki olam haqida batafsil so‘zlab beradi senga.
© Shokir Dolimov

#bahs_munozara_darsi
✅Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabining 11-"A" sinf o‘quvchilari bilan adib Abdulla Qodiriyning "O'tkan kunlar" romani bo'yicha bahs-munozara darslari tashkil etildi.
♻️O'quvchilar dastlabki munozara darsida asar qahramonlariga yozilgan maktublari orqali o'z tanqidiy fikrlarini bayon etdilar. Turli muhokamalar asosida asarni tahlil qildilar.
📌Mavzu bo‘yicha yakunlovchi dars "Turon" AK qoshidagi Abdulla Qodiriy memorial muzeyida o‘tkazildi. Bu esa o'quvchilarga haqiqiy muhit, davr va obrazlarni his etish imkonini berdi.
📸Quyida mazkur darsdan olingan videolavhalar...

“Turon” kutubxonasi haqidagi ko’rsatuv. Lavhada maktabimiz direktori t.f.f.d Hilola Nazirovaning intervyulari ham joy olgan.
Forwarded from OʻZBEKISTON TARIXI | Rasmiy kanal
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
https://uztv.tv/channels/uzbekiston-tarixi
Buyuk "TURON"
🗓23-sentyabr
⏱21:30
Telegram | Instagram | Facebook | You Tube

#kun_hikmati
Yozuvchi bo’laturgan har bir kishi adabiyotdagi oqim va maktablarni yaxshi bilib olishi kerak. Eng yaxshi yozuvchilarning asarlarini bir necha qaytalab o’qish zarur.
✍️Abdulla Qodiriy
Telegram | Instagram |Facebook
Yozuvchi bo’laturgan har bir kishi adabiyotdagi oqim va maktablarni yaxshi bilib olishi kerak. Eng yaxshi yozuvchilarning asarlarini bir necha qaytalab o’qish zarur.
✍️Abdulla Qodiriy
Telegram | Instagram |Facebook
Forwarded from Rahimboy Jumaniyozov - Notiqlik san'ati akademiyasi (Rahim Jumaniyoz)
Ijod maktablarining 8-sinflari uchun Matnshunoslik fanidan darslik tayyorlash maqsadida O’zbekiston Fanlar akademiyasining Sharqshunoslik institutiga borib Abdulla Qodiriy nomidagi Ijod maktabining direktori, dotsent Hilolaxon Nazirova bilan hamkorlikda qadimiy qo’lyozmalarni titkilashga tushdik.
#tadqiqot
Bugun Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi direktori, dotsent Hilola Nazirova notiq Rahimboy Jumaniyozov bilan O’zbekiston Fanlar akademiyasining Sharqshunoslik institutiga borib, bir qancha qo’lyozmalar ustida hamkorlikda ish olib bordilar. Shu bilan birga, qo’lyozmalar, matnshunoslik bo’yicha o’zaro fikr almashdilar.