Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi
1.77K subscribers
9.83K photos
1.29K videos
92 files
3.75K links
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabining rasmiy telegram kanali

“Kelingiz yoshlar, ziyolilar bu kun g’ayrat qiling, Uxlaganlarni agar Qodir esak, uyg’otamiz”Qodiriy

@aqodiriyijodmaktabi_bot
Download Telegram
#bizning_shunday_oʻqituvchilarimiz_bor
#ijod_maktabi
#ustozlar_kuni

⚡️ Agentligimiz tizimidagi Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi direktori, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori, matnshunos, manbashunos olima, jurnalist va pedagog Hilola Nazirovaning mehnat faoliyati haqida quyida tanishishingiz mumkin.
Tarixshunoslik, manbashunoslik va tarixiy tadqiqot metodlari bo‘yicha katta ilmiy xodim unvoni sohibi;
100 ta ilmiy-ommabop ko‘rsatuvlar, 2 ta monografiya va 60 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar muallifi;
“O‘zbekiston tarixi” telekanalida “Tarixiy savol” ko‘rsatuvi muallifi va boshlovchisi;
The Islamic Manuscript Association (TIMA), The European Society for Central Asian Studies (ESCAS), Central Eurasian Studies Society (CESS) xalqaro tashkilotlarining a’zosi;
30 dan ziyod xalqaro konferensiyalar ma’ruzachisi;
Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti qoshidagi “Xalqaro Ogahiyshunoslar” kengashining ilmiy kotibi;
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik instituti katta ilmiy xodimi;
"Qo‘ng‘irotlar sulolasi tarixnavisligida Muhammad Rizo Ogahiyning “Zubdat ut-tavorix” asari" mavzusida dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qildi;
Sharqshunoslik institutining “Bilimkent" seminari ta’sischisi;
"Mustaqillikning 30 yilligi" ko'krak nishoni bilan taqdirlangan.

Wikipedia

🗣Ijod maktabi natijalari:
Maktabning 34 nafar bitiruvchisi 100 foizlik natija ko'rsatgan holda test imtihonlaridan o‘tib talaba bo'lishdi. Ularning 3 nafari OTMga kirish imtihonlarida eng yuqori ballarni egallashdi.
Ijod maktabining o‘quvchilari 17 ta IELTS, 13 ta CEFR ,1 ta TOPIC, 2 ta SAT kabi Xalqaro va milliy sertifikatlarga ega bo‘lishdi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
​#oquvchilarimiz_ijodidan
#ijodiy_togarak


Baxt

Osmon koʻzyoshini sipqordi zamin,
Biz bilgan tuygʻular uzlatga yetdi.
Chaqmoq yulduzlarni tunda erkalab,
Osmonning yuragi bugun darz ketdi.

Baxtni men har tongda bulutga chizdim,
Yomgʻir boʻlib tunda menga qaytdi u.
Nigohlar sirgʻalib oʻtib ketganda,
Bizni bir qilmadi hech qanday tutqu.

Tunov kun tushimga buyurtma berib,
Iltimos qilgandim baxt keltirishin.
Lekin zarracha ham oʻylab koʻrmabman,
Baxtim dardlar bilan qoʻshni turishin.

Oʻylardim baxtimni moviyrangdir deb,
Oʻylardim men bilgan eng goʻzal ohang.
Bilsam, uning rangi shu koʻrinishda-
Xazonrang, armonrang, alvonrang, oqrang.

Koʻzimni yumgancha oʻylayman, ammo-
Kiprik boʻsasidek xayolim qisqa.
Tushunarsiz, balki siz tushunarsiz,
Hayot ham bir safar bizni tushunsa.

Baxt deb oʻylaganim dard ekan asli...

✍️ Marjona Eshqulova
Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi, 8-sinf o’quvchisi


Telegram | Instagram |Facebook
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari o‘rtasidagi “Zakovat” turniridan lavhalar

Ayni vaqtda respublikamizning barcha hududlarida Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablar o‘quvchilari o‘rtasidagi “Zakovat” turnirining hududiy bosqichi bo‘lib o‘tmoqda.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
#zakovatda_kuch
#g’alaba_muborak

Bugun respublikamizning barcha hududlarida Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablar o‘quvchilari o‘rtasida “Zakovat” turnirining hududiy bosqichi bo‘lib o‘tdi. Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi o’quvchilari Toshkent shahar bosqichida ishtirok etishdi. Natijalar esa quyidagicha:


🥇1-o‘rin: Toshkent shahridagi Prezident maktabi;
🥈2-o‘rin: Muhammad al-Xorazmiy nomidagi axborot texnologiyalari maktabi;
🥉3-o‘rin: Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi.


📚G’olib jamoalarga “Zakovat intellektual klubi” NNT tomonidan “Zakovat” kitobi sovg‘a qilindi. Shuningdek, mazkur 3 jamoa turnirning respublika bosqichiga yo‘l oldi.

Bunday natija bilan maktab jamoasi va o’quvchilarin
i chin dildan tabriklaymiz!


Telegram | Instagram |Facebook
🎞 Ustozlar va ularning mashaqqatli mehnatiga bag‘ishlangan filmlar

❗️Ustozlarning nafaqat o‘zi, balki ular haqidagi yaxshi film ham tarbiyalashi, o‘rgatishi mumkin.

⚡️ Dam olish kuni yaxshi film tomosha qilishingiz va ilhom olishingiz uchun ushbu ro’yxatni taqdim etamiz:

1. “Super 30”;
2. “Ron Klark tarixi”;
3. “Moʻjiza”;
4. “Iqtidorli”;
5. “Uch savdoyi”;
6. “Ustoz”;
7. “Matematik moʻjizalar”;
8. “Ibrat”;
9. “Uyg‘onish davri odami”;
10. “Hayot go‘zal”;
11. “Zulmat”;
12. "Xorchilar”;
13. “Ikkichi”;
14. “Tafakkur o‘yinlari”;
15. “Yerdagi yulduzchalar” ;
16. “Olg‘a, Hindiston!”;
17. “O‘rindosh”;
18. “Murabbiy”;
19. “O‘qituvchi”;
20. “Zakovatli Uill Xanting”...

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#tanlov

Diqqat tanlov!

Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi 1-oktyabr “Ustozlar va murabbiylar” kuni munosabati bilan ijodiy ishlar tanlovini e’lon qiladi.

✍️Tanlovda ishtirok etish uchun "Kimdir o'qitgan-ku Navoiyni ham" mavzusidagi nasriy (insho, esse, hikoya...) , nazm (she'r) va tasviriy san'at (rasm va devoriy gazetalar) yo'nalishlaridagi ijod namunalaringizni 30-sentyabrga qadar Ijodiy to’garak rahbari @Nigora_Asqaraliyeva ga taqdim etishingiz so'raladi.


G'oliblar 1-oktyabr kuni aniqlanib, esdalik sovg'alari bilan taqdirlanadi!


Telegram | Instagram |Facebook
#kun_hikmati

Iste’dodsizlikni iste’dod o’laroq qabul qilgan adabiyot o’quvchini adabiyotdan bezdiradi; shuni unutmangki, adabiyotning kushandasi adabiyotdir, boshqa biron narsa emas.


✍️Xorxe Luis Borxes

Telegram | Instagram |Facebook
Forwarded from Zamin Foundation
Qarshi, Toshkent, Andijon va Nukusda "Zamin Creative" inklyuziv ijod studiyalarida ilk darslar bo‘lib o‘tdi.

"Zamin Creative"ga uchinchi qabul eng ko‘p kutilgani bo‘ldi: media, dizayn va teatr san’ati yo‘nalishlariga jami 277 ta ariza kelib tushdi. Saralash davomida bolalar o‘zlarini erkin tutdilar, kreativ yondashgan holda pedagoglarning ijodiy vazifalarini bajardilar.

Ularga omad tilaymiz va ijodiy chiqishlariga taklifnoma kutib qolamiz!

Прошли первые уроки в инклюзивных творческих студиях Zamin Creative в Карши, Ташкенте, Андижане и Нукусе.

Третий набор в Zamin Creative стал самым ожидаемым: в общей сложности ребята подали 277 заявок по направлениям: медиа, дизайн и театральное искусство. Во время отбора ребята вели себя свободно, применяли креативные подходы, выполняя творческие задания педагогов.

Желаем творческих успехов и ждём приглашения на творческие показы!

Zamin | Facebook | Instagram | YouTube