Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi
1.77K subscribers
9.7K photos
1.27K videos
92 files
3.7K links
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabining rasmiy telegram kanali

“Kelingiz yoshlar, ziyolilar bu kun g’ayrat qiling, Uxlaganlarni agar Qodir esak, uyg’otamiz”Qodiriy

@aqodiriyijodmaktabi_bot
Download Telegram
#mujda

🔥Kutib oling!

Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi muassisligida tashkil etilgan “Chig’atoy gurungi” jurnali!

📌Barcha mushtariylarga muborak bo’lsin!


🌐 Ijod maktabining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Telegram
Facebook
Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
​#oquvchilar_ijodidan
#mujda


OYMOMO HAQIDA ERTAK

Barchamiz ko‘cha-ko‘yda biror chiroyli qizni uchratsak, "Oydek qiz ekan", "Oydekkina husni bor ekan", deymiz. Lekin shuni unutib qo‘yamizki, oy benuqson emas, oyning ham yuzida dog‘lari bor. Ammo shunga qaramasdan inson nima sababdan oyni go‘zallik, chiroy ramzi deb biladi? Sababi juda oddiy. Barchasi qadim-qadim zamonlarda falakdagi barcha sayyoralar-u yulduzlar birga ahil va inoq yashab kelishayotgan vaqtdan boshlangan. O‘sha davrlarda hali Oyqizning yuzlari silliq, dog‘-u o‘yiqlarsiz, benuqson edi. Oyqizning yulduz dugonalari nihoyatda ko‘p bo‘lib, unga hasad qiladiganlar ham bor edi. Xususan, Oyqiz nihoyatda muloyim, xushchaqchaq, mehribon bo‘lishiga qaramasdan, uni Meteor ismli tengdoshi turli noqulay vaziyatlarga solib qo‘yishga urinardi. Oyqiz esa bunga javoban Meteor bilan qo‘pol muomalada bo‘lmas edi. Aksincha u bilan muloyim muomalada bo‘lar, unga yordam qo‘lini cho‘zishga intilardi. Lekin kunlardan bir kuni Meteor Oyqizga bo‘lgan hasadining zo‘rligidan unga tuzoq qo‘yishga ahd qildi. Tong vaqti bo‘lganda Oyqizning uxlab yotganidan foydalanib, uning yuziga nihoyatda xavfli changlar, zaharli kukunlar surkab ketibdi. Tun bo‘lishi bilan uyg‘ongan Oyqiz yer sayyorasiga, uni juda suyadigan insonlar oldiga chiqishga oshiqdi. Yerga borgan edi hamki, ko‘l yuzidagi o‘zining aksini ko‘rib nihoyatda qo‘rqib ketdi. Endi uning benuqson yuzida o‘yiqlar paydo bo‘lgan, rangi esa avvalgidek oppoq emas, balki biroz kulrang ko‘rinishga kirib qolgandi. U shu qadar uyalib ketganidan insonlar uni ko‘rib qolmaslaridan avval ketib qolibdi. Oyqiz uzoq va ko‘p yig‘ladi. Chunki endi bu holatda insonlarning oldiga chiqa olmas edi. Oyqiz Yerga chiqmay qo‘ygandan so‘ng sayyorani zulm, qorong‘ilik qopladi. Yerdagi insonlar esa Oyni yana o‘z o‘rniga qaytarishga qaror qilishibdi. Endi ularning o‘zlari ilk bor Oyning oldiga borishdi. Unga Yer aholisi qanchalar muhtojligini, u hattoki nuqsonlar bilan ham chiroyliligini, insonlar uchun esa uning husni emas, balki qalb go‘zalligi muhimligini aytishibdi. Odamlar Oyqizning husni go‘zal bo‘lmasa ham, yaxshi ko‘rishlarini ta’kidlashibdi. Shundan so‘ng Oyqiz insonlarga qanchalar kerak ekanligini, uni haqiqatan ham sevadiganlar uchun tashqi ko‘rinish emas, balki uning o‘zi, ichki dunyosi muhimligini tushunib yetdi. Natijada u yana doimgidek tunda Yer sayyorasiga chiqar, insonlarni o‘z mehri, oq ko‘ngilligi bilan maftun etar edi.

Aslida ham shunday, biz hayotda insonlarning husniga emas, balki ichki dunyosiga qarab baho berishimiz kerak.

Tamom.

✍️8-“V” sinf o’quvchisi Sultonamirova Hanifaxon



🌐 Ijod maktabining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Telegram
Facebook
Instagram
#Bizning_shunday_o’quvchilarimiz_bor
#mujda

⚡️Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi 9-“V” sinf o’quvchisi Eshqulova Marjona yosh ijodkorlarning “Duel” loyihasi saralash bosqichida g’olib bo’lib, hududiy bosqichiga yo’llanmani qo’lga kiritdi.

📌Umumiy mukofot jamg‘armasi 424 million so‘m bo’lgan tanlov bu safar kattalar va bolalar she’riyati yo’nalishida 15-30 yosh oralig’idagi shoirlar o’rtasida bo’lib o’tishi rejalashtirilgan.

🏆 Respublika bosqichi g‘oliblari: 1-o‘rin – 50 mln. so‘m; 2-o‘rin – 40 mln. so‘m pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

👏Iqtidorli va ijodkor o’quvchimiz Marjonani ushbu yutuq bilan tabriklab, tanlovning keyingi bosqichlarida omad tilab qolamiz!

🌐 Ijod maktabining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Telegram
Facebook
Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM