#ona_tilim_faxrim
#bayram_tabrigi
🔰“Millatning millat ekanini belgilovchi birlamchi omil – uning tili va adabiyotidir!”, degan edi Abdulla Avloniy.
So‘z inson qalbiga ozuqa baxsh etuvchi omil bo‘lsa, ona tilida aytilgan kalom mana shu ozuqaning manbaidir! U ona allasi bilan qalbga singib ketgan.
Bugun 21-oktyabr – O‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilgan kun! Bugun ona tilimizning bayrami!
Til – millat ko‘zgusi.
Til – millat iftixori.
Til – millat qalbi, millat vijdoni!
Dunyoning qay tomonida bo‘lmaylik, albatta, o‘zbekligimiz va o‘zbek tilimizdan faxr tuyaylik.
O‘zbek tili bayrami barchamizga muborak bo‘lsin, Azizlar!
Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi direktori Hilola Nazirova
Telegram | Instagram |Facebook

#bayrogim_iftixorim
#bayram_tabrigi
🇺🇿Har gal moviy samo uzra hilpirayotgan davlatimiz bayrog‘iga ko‘zim tushganida, hurlik, ozodlik, tinchlik, xotirjamlik tuyg‘ularini his qilaman.
Sportchilarimiz g‘alaba qilib, bayroqni faxr-la yelkalariga tashlashganini ko‘rganimda, iftixor tuyaman.
Dunyo minbarlarida o‘nlab davlatlar bayrog‘i yonida o‘z yurtim yalovini ko‘rganimda qalban g‘ururlanaman!
Xorij safarlarida yurganimda, Vatanim ramzini ko‘rganimda, beixtiyor sog‘inchdan ko‘zlarim yoshlanadi.
Bayroq shunchaki mato emas. U buyuk millatning yalovi! U buyuk tarixning ko‘rinishi! U ozodlik, mustaqillik ramzi!
Bugun O‘zbekiston Respublikasining “Davlat bayrog‘i to‘g‘risida”gi qonuni qabul qilinganligiga 32 yil to‘ldi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1991-yil 18-noyabrdagi navbatdan tashqari VII sessiyasida tasdiqlangan Davlat bayrog‘i – mamlakat davlat suverenitetining ramzi hisoblanib, u yer yuzining shu sarhadlarida mustaqil O‘zbekiston davlati borligini anglatadi va o‘zida milliy-madaniy an’analarimizni mujassamlashtiradi.
Bayrog‘imiz o‘zida butun O‘zbekiston xalqining asriy orzu-istaklari, g‘ayrati va shijoatini, xalqimizga xos mehmondo‘stlikni mujassam etgan.
Davlat ramzlari har bir mamlakatning mustaqilligini ifodalovchi muqaddas belgidir. Respublikamiz davlat ramzlari xalqimizning shon- sharafi, tarixiy xotirasi va intilishlarini o‘zida mujassam etib, tinch va osoyishta, ozod va erkin hayotimiz, yorug‘ kelajagimizga bo‘lgan ishonchimiz ifodasidir.
Mustaqil davlatimiz bayrog‘i tinch va osoyishta, ozod hamda erkin hayotimiz, yorug‘ kelajagimizga bo‘lgan ishonchimiz timsolidir.
Davlat ramzlarining muqaddasligini, ular bizga yurt manfaati har nedan ustunligini anglatib, eslatib turishini har birimiz yodda tutishimiz shart.
Bayrog‘imizning balandligi yurtimizning obro‘-nufuzi yuksakligidan dalolatdir. Shunday ekan, sarbaland qaddimiz va qadrimiz timsolini hamisha e’zozlaylik va boshimiz uzra baland ko‘taraylik!
Bugungi millatimiz timsoli kuni barchamizga muborak bo‘lsin!
Hilola Nazirova, Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi direktori.

Aziz yurtdoshim!
Sizni kirib kelayotgan yangi 2024-yil bilan chin qalbimdan tabriklayman!
Yangi yilda sizga yangi maqsadlar, yangi orzular, yangi marralar yor bo’lsin.
O’tgan yil mobaynida nimagaki erishgan bo’lsangiz, ushbu yilda ham ulkan muvaffaqiyatlar hamrohingiz bo’lsin!
2024-yil davomida xonadoningizdan osoyishtalik, sog’lik-salomatlik, ishingizdan baraka, ilmingizdan ziyodalik, yuzingizdan tabassun arimasin.
O’ylaymanki, 2024-yilda ham ta’lim sohasining rivojlanishiga birgalikda hissa qo’shib, farzandlarimizga munosib sharoitlar yaratib berishni bosh maqsadimiz deb belgilab, bu yo’lda hurmatli ustozlar va qadrli hamkasblar bilan bor kuch-mehnatimizni safarbar etamiz!
Hilola Nazirova
Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi direktori
🌐 Ijod maktabining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:
Telegram
Facebook
Instagram

Assalomu alaykum qadrli hamkasblar!
Soʻnggi yillarda Prezidentimiz tomonidan ta’lim tizimini rivojlantirish, yoshlarni qoʻllab-quvvatlash uchun zarur sharoitlar yaratilmoqda. Ulgʻayib kelayotgan yosh avlodning ilm-fanga boʻlgan intilishlarini ragʻbatlantirish, intellektual va ijodiy salohiyatini roʻyobga chiqarish borasidagi islohotlar tizimli amalga oshirilmoqda.
Bu yo’lda jamiyatning eng asosiy tirgagi-Siz aziz ustoz va murabbiylardir. Sizning yurtimiz taraqqiyoti, vatanimiz ravnaqi yo’lida qilayotgan fidokorona mehnatlaringiz alohida tahsinga sazovordir! Ta’lim tizimida ,xususan, bizning maktabimizda faoliyat ko’rsatayotgan kadrlarimizning asosiy qismi xotin-qizlar ekanini inobatga olsak, ularning sharafli mehnatini ikki karra tilga olsak arziydi! Chunki hech birimizga sir emaski, o’qituvchilik jonkuyarlik, fidokorlik talab qiluvchi kasblardan biridir. Siz va bizning yonimizda biz bilan yelkama yelka turib, ham oilasini, ham o’z kasbini chin dildan sevib matonat bilan mehnat qilayotgan har bir xodimamizga o’zim va butun millat nomidan tashakkur bildiraman!
Hurmatli ustozlar, siz borsizki, millatning ertasi bo’lgan yoshlar ma’nan yetuk, jismonan sog’lom, ilg’or fikrli insonlar bo’lib voyaga yetishadi. Siz borsizki, davlatimiz kundan kunga rivojlanib jahonning eng taraqqiy topgan davlatlari bilan yuzlashadi! Sizlarning zahmatli mehnatlaringiz ortidan ham ilm-u fanda ham sportda ham madaniy sohalarda vatanimiz bayrog’i yuksaklarga ko’tariladi!
Shunday ekan, men sizlarga mustahkam sog’lik va oilaviy xotirjamlik tilayman. Millat kelajagi uchun ko’rsatayotgan jonbozligingiz albatta o’z mevasini beradi. Shu fursatdan foydalanib men barchangizni kasb bayramingiz bilan chin qalbimdan tabriklayman!
Hurmat bilan B.B.To'ychiyev