Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi
1.87K subscribers
10K photos
1.3K videos
93 files
3.79K links
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabining rasmiy telegram kanali

“Kelingiz yoshlar, ziyolilar bu kun g’ayrat qiling, Uxlaganlarni agar Qodir esak, uyg’otamiz”Qodiriy

@aqodiriyijodmaktabi_bot
Download Telegram
#Kun_nafasi
#Sõngi_qõngiroq
#Tõgaraklar_faoliyati

❇️ Prezident ta'lim muassasalari agentligi tasarrufidagi Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabida faoliyat yurituvchi "Sahna saboqlari", "Mohir qo'llar", "Tasviriy va raqamli san'at", "Musiqa madaniyati va dutor" to'garaklarining yillik hisoboti tadbiri bo'lib o'tdi.

Yuqorida ushbu tadbirlar lavhalar

Telegram| Facebook| Veb-sayt| You Tube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Tõgaraklar_faoliyati
#Kun_nafasi

Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabining 7-"A" sinf o'quvchisi Norbekova Gulsanamxon tomonidan tayyorlangan video lavha

Telegram| Facebook| Veb-sayt| You Tube
#kun_nafasi

Bolalik
Oʻtar begʻubor damlar,
Sezilmas ketgan onlar.
Astagina yiroqlar
Shoʻxlik- u, noz, firoqlar.

Gashti oʻta oʻzgacha,
Tabiati boshqacha.
Bol oqadi soyidan,
Xotira koʻp oʻzidan.

Bolalik poshsholigi,
Maftun etar dunyoni.
Qadri buyuk shodligi,
Lol etadi insonni.

Bolalikning mazasi,
Qolar inson yodida.
Xotirlab debochasi,
Soʻzlar katta yoshida.

Argʻimchoq
Bolaligim- poshsholigim,
Oʻtgan damlar uchib argʻimchoq.
Koʻngil istab oymomo tomon,
Sayr uchun quchib argʻimchoq.

Argʻimchogʻim oy bilan tutash,
Yulduzlarga yetmoqqa kurash.
Havo boʻlar menga belanchak,
Madadkorim sen boʻlsang kerak.

Qirq kokilim yayrar havoda,
Shoʻx ovozim uchar samoda.
Quchogʻingda yayraydi koʻngil,
Baxtiyor kuy taratar sofdil.

Argʻimchogʻim ahdli tulporim,
Manzilini quchgan tulporim.
Senda shodlik, mukammal quvonch,
Senga mehrim oʻzgacha, ishonch.

✍️ Guliraʼno Anvarova
#Kun_nafasi
Yoshlik
Yoshlik, yoshlik, bebaho yoshlik,
Surar joʻshqin hayot gashtini.
Oltin damlar oʻtmoqda zavqli,
Doʻstlar bilan davralar shavqli.

Vatan toʻla gul-u lolaga,
Oʻxshar xuddi zar piyolaga.
Quchogʻida qaynaydi hayot,
Yoshlik bunda kuylaydi bayot.

Har qadamda ulkan jasorat,
Qoʻllarida kuchli mahorat.
Yuragida shiddat va ishonch,
Nurli yoʻllar, ishdadir rivoj.

Gulla, yashna begʻubor yoshlik,
Yurtimizni quchaver shodlik.
Goʻzal hayot sen-la farovon,
Koʻkda yulduz chorlar u tomon.

✍️ Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi
10-"A" sinf o‘quvchisi
Guliraʼno Anvarova
#kun nafasi
Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabiga rahbar etib tayinlangan Hilola Nazirova ertalabki saflanishda maktab o‘quvchilari bilan tanishdi va o'quv yili boshidan buyon maktabni boshqarib kelayotgan Zamira Narbayevaga alohida minnatdorchilik izhor etdi.
Maktab jamoasi ham maktab direktori sifatida ish boshlagan shijoatli va g'ayratli kadr - Hilola Bahodirovnaga ishlarida omad va zafarlar tilashdi.
https://t.iss.one/qodiriy_abdulla
#kun nafasi
Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabining Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablar o‘rtasidagi “Zakovat” turnirida faol ishtirok etib, o'zlarining iqtidorini namoyish etgan o'quvchilar va ularning guruh rahbari Saidakbarxon Nurmuhammadov maktab direktori tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
https://t.iss.one/qodiriy_abdulla
#kun_nafasi

Bugun Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabining san'at va ijodga befarq bo'lmagan bir qator iqtidorli o'quvchilari Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi tomonidan yurtimizda ilk marotaba o'tkazilayotgan “Van Gog bo'lmoq” nomli raqamli san'at ko'rgazmasiga tashrif buyurishdi. O'ylaymizki, bu dastur o'quvchilarimizning ijodiy qobiliyatlari yanada rivojlanishiga hissa qo'shadi.

Eslatib o’tamiz, ko’rgazma o’z faoliyatini 2023-yilning 25-fevraliga qadar “O‘zekspomarkaz” ko‘rgazmalar zalida davom ettiradi.
#kun_nafasi

Doʻst boʻl-ki, doʻstni koʻrasan”

Jaloliddin Rumiy

2022-yil 7-dekabrdan Turkiya respublikasi Konya shahrida “Shabi Arus” (Visol kechasi) masnaviyxonlik kechalari boshlandi.

Jaloliddin Rumiy butun dunyoda tasavvuf, islom madaniyati olimi sifatida tanilgan.
Olimning vafot etganiga 749 yil boʻlsa-da, uning hikmatli soʻzlari hali-hanuz oʻz qiymatini yoʻqotmay asrlar osha yashab kelmoqda.

Abdulla Qodiriy ijod maktabining direktori, tarix fanlari bo’yicha falsafa doktori Hilola Nazirova ham ushbu tadbirda ishtirok etmoqda.

Olimaning ma’ruzasi Oʻzbekiston Respublikasi Sharqshunoslik instituti qo’lyozmalar fondida saqlanayotgan Rumiy qalamiga mansub qoʻlyozma asarlari haqida boʻladi.

10
kun davom etishi rejalashtirilgan ushbu festival butun dunyo olimlarining Rumiy ijodi boʻyicha fikr almashishi uchun maydon vazifasini bajaradi.

t.iss.one/qodiriy_abdulla
#Kun_nafasi

📹Ayni daqiqalarda maktabimizda tasvirga olish jarayonlari davom etmoqda.

📣"Yoshlar" telekanalining “Yangi O‘zbekiston yoshlari” ko‘rsatuvida bitiruvchi sinf o'quvchilarimiz ta’lim maskanimiz faoliyati bilan bir qatorda o‘zlarining maqsadlari va rejalari haqida so‘z yuritishmoqda.

Suratlarda jarayondan lavhalar

🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating ⬇️

Telegram Facebook
#kun_nafasi
#ichki_monitoring

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimi Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi o'quvchilari ichki monitoring testini topshirmoqdalar.

Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi