Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi
1.77K subscribers
9.72K photos
1.27K videos
92 files
3.71K links
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabining rasmiy telegram kanali

“Kelingiz yoshlar, ziyolilar bu kun g’ayrat qiling, Uxlaganlarni agar Qodir esak, uyg’otamiz”Qodiriy

@aqodiriyijodmaktabi_bot
Download Telegram
#taqdimot

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimi Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabining iqtidorli yoshlari 2021-yil 24-noyabr kuni Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasida Oʻzbekiston xalq yozuvchisi Isajon Sultonning “Alisher Navoiy” kitobi taqdimotida ishtirok etdi.
Unda adabiyotshunos olimlar, yozuvchi-shoirlar, jamoatchilik vakillari, talaba yoshlar, Abdulla Qodiriy maktabi o'qituvchilari va o'quvchilari ishtirok etdi
.

Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi
Forwarded from Saida Qoraboyeva
#taqdimot

📌Taom insonning hayot faoliyati va o‘sishi uchun muhim bo‘lgan quvvat manbaidir.
💫 To‘g‘ri ovqatlanish – barcha mahsulotlarni mos va yetarli miqdorda qabul qilish demakdir. Ovqatlanish odamning irsiyati, yoshi, jinsi, jismoniy yuklamasi, yilning iqlimi va fasliga bog‘liq bo‘ladi.

🖥 O'quvchilarni to'g'ri ovqatlanish qoidalari bilan tanishtirish maqsadida maktab psixologi Saida Karabayeva va hamshira Manzura Qahharova ular bilan “To‘g‘ri ovqatlanish qoidalari” xususida taqdimot o‘tkazishdi.

🍽 Hech bir ovqat o‘z-o‘zidan yaxshi yoki yomon bo‘lib qolmaydi. Barcha turdagi ovqat mahsulotlari ma’lum miqdorda ozuqaviy qiymatga egadir. Tinglovchilarga faqat nima iste’mol qilayotganimiz emas, balki qancha miqdorda, qachon va qanaqa sharoitda iste'mol qilayotganimiz ham muhim ekanligi uqtirildi.

💫 Slayd tarzida tayyorlangan taqdimotda oqsillar, uglevodlar, turli vitaminlar, minerallar va yog‘lar haqida ham ma’lumotlar berish bilan birga o‘smir yoshdagi o‘quvchilarning bo‘y va vazn o‘lchovlari me’yorlari ham tanishtirildi.

⚡️ Odatda ko‘plab kasalliklar noto‘g‘ri ovqatlanish oqibatida yuzaga keladi, hozirgi kunda odam organizmi uchun 13 turdagi vitaminlar zarurligi fanda isbotlangan. Bular kalsiy, natriy, magniy, kaliy, fosfor, yod, temir va boshqa moddalar. Ularni biz asosan meva-sabzavotlar, ko‘katlar, poliz hamda sut, go‘sht, parranda, baliq, tuxum, dukkakli mahsulotlardan olinishi haqida ham so‘z yuritildi. O'quvchilar bu kabi minerallar va oqsillarga boy mahsulotlar organizmda moddalar almashuvini yaxshilashi va immunitetni mustahkamlashi haqida tushunchaga ega bo'ldilar va o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

Abdulla_Qodiriy_maktabi
#taqdimot

9 fevral kuni Turon axborot-kutubxona markazida Muzaffar Mirzoning "Sham va shamshir (Navoiy va Boyqaro)" nomli kitob taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Dastlab maʼnaviy-maʼrifiy tadbirda so‘zga chiqqanlar kitob mutolaasi hamda uning inson kamolotidagi muhim o‘rni haqida batafsil to‘xtalib o‘tishdi. Shundan so‘ng, Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi Muzaffar Mirzo o‘z kitobining yozilish tarixi va unda Navoiy hayoti to‘g‘risida bir-biridan qiziqarli maʼlumotlar keltirilgani haqida so‘zlab berdi.
Bu kitob yoshlarimiz tafakkuriga Vatanga muhabbat, yurtga sadoqat, milliy qadriyatlarimizga hurmat tushunchasini jo aylab, Vatan tuprog‘i naqadar aziz ekanligini eslatadigan kitob bo‘ldi.
Taqdimotda harbiy xizmatchilar bilan bir qatorda Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi o'quvchilari ham ishtirok etishdi va Navoiy g'azallaridan yod olishdi.

🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating ⬇️

Telegram Facebook
#Taqdimot

“Turon” kutubxonasida OʻzR FA Tarix instituti bosh ilmiy xodimi, tarix fanlari doktori, professor Qahramon Rajabov yozgan va u haqida yozilgan kitoblar taqdimoti boʻlib oʻtdi.

📌Tadbirda Tarix instituti ilmiy xodimlari va doktorantlari, Xalqaro islom akademiyasi, Oʻzbekiston Milliy universiteti, Buxoro davlat universiteti, Namangan davlat universiteti, Qarshi davlat universiteti, Qarshi muhandislik-texnologiya instituti, “Turon” xususiy universiteti professor-oʻqituvchilari, faxriy ustozlar, qatagʻon qilingan jadidlar va qoʻrboshilarning farzandlari hamda nabiralari, Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi oʻquvchilari ishtirok etishdi.

🖇Anjumanda ijod maktabining “Chig‘atoy gurungi” to‘garagi o‘quvchilari tomonidan sahnalashtirilgan
“ Shu vatan saodati uchun” spektakli namoyishi va Cho‘lponning “ Go‘zal Turkiston” she’riga bastalangan qo‘shiq ijrosi dastur qatnashchilari qalbidan munosib joy egalladi.

📚Tadbir so‘nggida OʻzR FA Tarix instituti tomonidan ijod maktabi kutubxonasiga o‘nlab kitoblar sovg‘a qilindi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating ⬇️

Telegram Facebook
#Taqdimot

Kuni kecha O’zbekiston davlat drama teatrida Jan-Batist Molyer qalamiga mansub “Xasis” spektaklining yopiq premyerasi bo’lib o’tdi. Spektaklni Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabining “Chig‘atoy gurungi” drama to‘garagi rahbari, yosh rejissyor Rasuljon Tog’ayqulov sahnalashtirdi.

♻️ Rejissyorni yutug‘i bilan qutlash uchun bir guruh o‘qituvchi va o‘quvchilar spektakl tomoshasiga tashrif buyurishdi.

💠Eslatib o‘tamiz, mazkur spektaklning katta premyerasi 2023 yilning 3-4-5 mart kunlari soat 18:00 da O’zbekiston davlat drama teatrida bo‘lib o‘tadi.

Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram Facebook
#Taqdimot

⚡️O‘zbekiston Yozuvchilar Uyushmasi tomonidan “Turon “axborot kutubxonasida Safar Olloyorning yangi kitobi taqdimoti o‘tkazildi. Taqdimotda adabiyotshunos olim, Pedagogika fanlari doktori, professor Qozoqboy Yo‘ldoshev, Safar Olloyor, Yozuvchilar uyushmasi a’zolari bilan birga Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi o‘quvchilari ham ishtirok etishdi.

📚“Qalb saltanati” deb nomlangan yangi nashr xususida Qozoqboy Yo‘ldoshev ko‘plab iliq fikrlarni bildirib o‘tdi. Mazkur kitobda muallifning 500 yaga yaqin soneti joy olgani e’tirof etildi. So‘zga chiqqan muallif - Safar Olloyor kitob tarixi xususida qisqa so‘z yuritib, yig‘ilganlarga yangi she’rlardan o‘qib berdi.

📌Tadbirda ijod maktabi o‘quvchilari ham turli savollarga javob olish barobarida o‘zlari yoqtirgan she’rlardan yod olishdi.

Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram Facebook
#Zamin_Creаtive
#Taqdimot


❇️ Xabaringiz bor, Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabida “Zamin Creative” ta'lim dasturi doirasida aktyorlik mahorati, Fashion Design va media savodxonlik sohalari bo‘yicha to‘garaklar faoliyat yuritadi. Mazkur mashg‘ulotlarda ijod maktabi o‘quvchilari Toshkent shahridagi 101,102, 106-maxsus (imkoniyati cheklangan bolalar) maktablari o'quvchilari bilan birga ko‘nikmalarga ega bo‘lishadi.

⚡️Kuni kecha “Zamin Creative”ning aktyorlik yo‘nalishi a’zolari Antuan de Sent-Ekzyuperining “Kichkina shahzoda” asaridan parcha sahnalashtirib, ijod maktabi o‘qituvchi va o‘quvchilari uchun taqdimot o'tkazishdi. Bir oy davomida tayyorlanilgan mazkur ijodiy ish tomoshabinlarga manzur bo‘ldi.

Yuqorida spektakl namoyishidan lavhalar...

Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram Instagram Facebook
#Taqdimot

⚡️O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va folklori institutida buyuk qomusiy olim Abu Rayhon Beruniy tavalludining 1050 yilligiga bag‘ishlangan tadbirlar doirasida O‘zbekiston xalq yozuvchisi Isajon Sultonning “Abu Rayhon Beruniy” romani taqdimoti bo’lib o’tdi.

💫O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zolari, adabiyotshunoslar va olimlar qatnashgan mazkur anjumanda Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi rahbari Hilola Nazirova ham ishtirok etdi.

Kitob taqdimoti davomida asar yuzasidan turli muhokamalar, savol-javoblar, ijobiy fikrlar ifoda etildi.
Yig‘ilganlar Isajon Sultonning “Abu Rayhon Beruniy” romani kelajak avlod vakillari uchun tarixni badiiy bo‘yoqlar tasvirida ko‘rishlariga imkon yaratishini alohida ta’kidlashdi.

Telegram | Instagram |Facebook
#tadbir
#taqdimot


🔰Kecha Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabining ustoz va o’quvchilari Yoshlar ishlari agentligi Pres klubida bo’lib o’tgan “Uyg’onish” hamda “Zulfiqor ruh” kitoblarining taqdimotida ishtirok etishdi.

📌Unda “Uyg’onish” to’plami mualliflari Abdulqodir Zohidiy, Feruza Muhiddinova kabi olimlar ishtirok etib, taqdimotning birinchi qismida ma’ruza qilishdilar.

🛑Tadbirning ikkinchi qismi olovqalb shoir Shavkat Rahmonning “Zulfiqor ruh” saylanmasiga bag’ishlandi. Bunda shoirning turmush o’rtog’i, oila a’zolari ham ishtirok etdi.

Shuningdek, tadbirda Mirzo Kenjabek, Xurshid Davron kabi ustoz shoirlar Shavkat Rahmon bilan bog’liq xotiralarini bo’lishdilar.

Eslatib o’tamiz, maktabimiz Ijodiy to’garak rahbari Nigora Asqaraliyeva “Anorbooks” nashriyotining muharriri ham hisoblanadi.

Yuqorida ana shu tadbirdan lavhalarni tomosha qilishingiz mumkin.


Telegram | Instagram |Facebook
#ijod_maktabi
#taqdimot

KITOBDAN YAXSHI DO’ST YO’QDIR JAHONDA…

⚜️ Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi o’quvchilari adibimiz Abdulla Qodiriyning besh jildlik “To’la asarlar” kitobi taqdimotida o’z chiqishlari bilan qatnashdi.

🖇 Bugun Alisher Navoiy nomidagi O’zbekiston Milliy kutubxonasida "INFO CAPITAL BOOKS" nashriyoti tomonidan, adibimiz Abdulla Qodiriyning besh jildlik “To’la asarlar”i yangi va zamonaviy ko’rinishda, yangicha uslub va dizayn asosida qayta nashr etilgan kitoblar taqdimoti bo'lib o'tdi.

📌 Ushbu kitob "Info Capital Books" nashriyoti hamda Milliy kutubxona bilan hamkorlikda, adibning nevarasi
Xondamir Qodiriy mas’ulligida
tayyorlandi.

⚡️XX asr O’zbek adabiyotining ulkan namoyondalaridan biri, o’zbek romanchiligi asoschisi Abdulla Qodiriyning besh jildlik “To’la asarlar”ida sevimli asarlarimizdan biri “O’tkan kunlar”, “Mehrobdan chayon”, “Diyori bakr” va “Obid ketmon” asarlari o’rin olgan.

Shuningdek, “O’tkan kunlar" asariga O’zbekiston qahramoni, tarjimon Ibrohim G’afurov, "Mehrobdan chayon" asariga O’zbekiston xalq shoiri -Usmon Azim, "Obid ketmon" asariga adabiyotshunos olim - Umarali Normatovlar so’zboshi yozganlar.

📌 Ijod maktabi o’quvchilari, xususan, Abdulla Qodiriyning evara-yu chevaralari Samariddin Qodiriy, Akromova Nozimaxonlar nutq so’zlab, bobolariga mos avlodlar bo’lishga va’da berishdi. Shuningdek, ijod maktabi o’quvchisi Yo’ldasheva Shirin adib qalamiga mansub “Ahvolimiz” she’rini yoddan aytib berdi.

📚 Har bir kitob o’zi hikmatlarga yo’g’rilgan ulkan xazina bo’lib, kitob o’qish - xalqimiz ma’naviyatini, uning dunyoqarashini yanada boyitishga hissa qo’shishi bilan birga, inson uchun muvaffaqiyat va saodat eshiklarini ochuvchi kalit va hayot yo’llarini yoritguvchi chiroq kabidir.

Ijod maktabining rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Instagram |Facebook
#taqdimot

“Hasratning shakli” turk tilida nashr qilindi

🔰Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasida taniqli shoir Nosirjon Joʻrayevning Turkiyada chop etilgan “HASRETİN ŞEKLİ” (“Hasratning shakli”) kitobi taqdimoti boʻlib oʻtdi.

🏢Ushbu tadbirda Abdulla Qodiriy ijod maktabi ustoz va o’quvchilari ham ishtirok etishdi.

📌Taqdimotda yozuvchi-shoirlar, adabiyotshunoslar, shoirning muxlislari hamda yoshlar ishtirok etdi.

Unda Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi Sirojiddin Sayyid, “Jahon adabiyoti” jurnali bosh muharriri Ahmadjon Meliboyev, filologiya fanlari doktori, dotsent Rahmon Qoʻchqor, filologiya fanlari doktori Rahimboy Jumaniyozov, tarjimon Ogulnur Atayeva va boshqalar soʻzga chiqdi.

📸Suratlar muallifi Ahmad To’ra


Ijod maktabining rasmiy sahifalariga ulanish:

Telegram | Instagram |Facebook
#taqdimot

🔰Kuni kecha O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasida iste’dodli adiba va shoira Ma’mura Zohidovaning “Manglaydagi yoziq” to’plami taqdimoti bo’lib o’tdi.

📌Ushbu taqdimotda Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabining o’quvchilari ham ishtirok etishib, she’riy va sahnaviy chiqishlari bilan tomoshabinlar e’tibori va e’tirofiga sazovor bo’lishdi.

Ma’mura Zohidova 1973-yil 4-dekabr sanasida tavallud topgan. Ijodkorning “Aytilmay qolgan gaplar”, “Buloqlimozor siri”, “Manglaydagi yoziq” kabi she’riy va nasriy asarlari chop etilgan.


Ijod maktabining rasmiy sahifalariga ulanish:

Telegram | Instagram |Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_da_biz

📌Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi direktori, olima Hilola Nazirova “O’zbekiston tarixi” telekanalida “Suratlarda qolgan tarix” ko’rsatuvida ishtirok etdi.

Bu safar ko’rsatuvning 6-soni bo’lib, unda jadid Abdurauf Fitratning 3 xil tarixiy surati tahlilga tortildi.

⚡️Suratlar maktabda chiqa boshlagan “Chig’atoy gurungi” jurnalidagi jadidlar mavzusida so’zlovchi, birinchi adabiy uyushma haqidagi maqoladan o’rin olgan.


Batafsil:
https://youtube.com/watch?v=CIWTgxyPC20&si=rq1qQDQkQ3awEbgK



🌐 Ijod maktabining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Telegram
Facebook
Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#taqdimot

💥Kuni kecha, 27-fevral kuni Alisher Navoiy nomidagi O’zbekiston Milliy kutubxonasida Rahmon Farmonovning “Zahiriddin Muhammad Bobur: shoh, shoir va diplomat” nomli kitobining taqdimoti bo’lib o’tdi.

📌Ushbu taqdimotda “Notiqlik san’ati akademiyasi” rahbari Rahimboy Jumaniyozov, tarix fanlari doktori, professor Rahmon Farmonovlar so’zga chiqishdi.

Tadbirda Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi o’qituvchi hamda o’quvchilari ham ishtirok etishdi.

📸Suratlar muallifi: Hamdam Shorahmedov

🌐 Ijod maktabining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Telegram
Facebook
Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#taqdimot


⚡️Mutolaa” jamoasidan Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi direktori Hilola Nazirovaga kreativ taklifnoma keldi. 

Tadbirda loyihaning teatrlashtirilgan taqdimoti hamda “Qo‘rqma” filmi premyerasi bo’lib o’tadi. Yana bir ajoyib loyiha barchamizga muborak bo'lsin!


Taqdimot va premyera 27-aprel, 18:00:https://youtube.com/@mutolaafilms?si=aWI_rt6F22u_R2ot


🌐 Ijod maktabining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Telegram
Facebook
Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Президент Шавкат Мирзиёев мактабгача ва мактаб таълими сифатини ошириш, педагоглар малакасини ошириш тизимини такомиллаштириш бўйича таклифлар тақдимоти билан танишди.

Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с предложениями по повышению качества дошкольного и школьного образования, совершенствованию системы повышения квалификации педагогов.

#Mirziyoyev #taqdimot #talim #maktab

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Президент Шавкат Мирзиёев мактабгача таълимни ривожлантириш, иқтидорли ёшлар билан ишлаш тизимини такомиллаштириш бўйича таклифлар тақдимоти билан танишди.

Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с презентацией предложений по развитию дошкольного образования и совершенствованию системы работы с одаренной молодежью.

#Mirziyoyev #taqdimot #maktabgachatalim #fanolimpiadalari

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X