Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi
2.34K subscribers
10.2K photos
1.31K videos
93 files
3.83K links
Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi. “Bizga jadid bobolarimiz kabi g’arb ilm-fani yutuqlari bilan birga milliy qadriyatlar ruhida tarbiya topgan yetuk kadrlar suv bilan havodek zarur” Sh.Mirziyoyev
🗳️ Online qabulxona: @aqodiriyijodmaktabi_bot
Download Telegram
#nazm

MILLATIMGA BIR QAROR

Kel ey millat, bir kun bir maslahat bilan qaror o‘lsun,
Bu kundin o‘tgan ishlarga pushaymon birla or o‘lsun.

Qilaylik bul kuni hayrat hama birdan qilib himmat,
Jaholat cho‘l sahrosida minba’d sabzavor o‘lsun.

Bu nodonlik biza qilmish edi to‘rt faslni qishdek,
Jahonni zimistoni do‘nub fasli bahor o‘lsun.

Ayashmay kumush-oltunni hamma boyonlar aslo,
Solib dorilfununlar ham makotiblar hazor o‘lsun.

O‘qushsun millat avlodi bizni doim duo aylab,
Qilib tahsil ulumlarni fununa yaxshi yor o‘lsun.

Ochayluk jami’atlar, ko‘b yig‘aylik ham inoyatlar,
Ki toki yatim va bechora bekasg‘a mador o‘lsun.

Necha chog‘lar bo‘lubdurkim, qochibmiz biz taraqqiydin,
Bu kun bir iltifot birlan bu yo‘lg‘a bir guzor o‘lsun.

Jaholat sassig‘i bizni hamisha behuzur etdi,
Bu kun ilmning bo‘yi birlan dimog‘lar mushkibor o‘lsun.

Bizning johilligimizni ko‘rib ul shod bo‘lganlar,
Ko‘rib mashg‘uliyatimizni ilmg‘a sharmisor o‘lsun.

Kimikim jur’at aylab, bul kalomlarg‘a amal qilsa,
Jahonda ismi ani pahlavon nomdor o‘lsun.

Bu kun men so‘zladim oz nutq siza to Qodir o‘lguncha,
Ilohi aylasun ta’sir shu so‘z sizga bakor o‘lsun.



✍️ Abdulla Qodiriy


Telegram | Instagram |Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#ona_tilim_faxrim
#tanlov


🔰21-oktyabr “O’zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun”! Butun xalqimizning azaliy orzusi, bobolarimizning armoni ushalgan kun.

📌Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabida “Qadring baland bo’lsin, ona tilim” shiori ostida tanlov boshlab yuborildi. 9- “B” sinf o’quvchisi Umrzoqova Lobarning ona tilimiz haqida tayyorlagan videoroligini tomosha qiling!

Telegram | Instagram |Facebook
Forwarded from Eco Union | al-Khwarizmi
#al_khwarizmi #eco_union #hamkorlik

HAMKORLIK ALOQALARI

🖇Bugun, 18-oktyabr kuni, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning Eco-Union jamoasi Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi o'quvchilarini qarshi oldi.

📚Uchrashuv davomida mehmonlar Eco-Union jamoasi faoliyati bilan yaqindan tanishishdi, “Eco Schools” loyihasiga qiziqish bildirishdi, va qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi.🌱
——

СОВМЕСТНОЕ СОТРУДНИЧЕСТВО

🖇Сегодня, 18 октября, команда Eco-Union специализированной школы имени Мухаммад ал-Хоразми провела встречу с учащимися творческой школы имени Абдулла Кадири.

📚В ходе встречи гости ознакомились с деятельностью команды Eco-Union, узнали о проекте “Eco schools” и получили ответы на свои вопросы.🌱

Telegram | Instagram | Infinity team | Volunteers
Forwarded from Oliy Majlis Senati
Senatda “Ona tilim – faxrim” nomli adabiy kecha o‘tkazildi
_________
В Сенате состоялся литературный вечер под названием «Родной язык – моя гордость»

Senat.uz | Facebook | Instagram | Youtube | Virtual murojaat | Mediateka | Yoshlar parlamenti
#tadbir
#ona_tilim_faxrim

🏤Bugun O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati binosida “Ona tilim – faxrim” nomli bayram tadbiri o’tkazildi. Bayram 21-oktyabr O’zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi jamoasi va o’quvchilari ishtirokida bo’ldi.

📌Maktabimiz o’quvchilari dastlab senatorlar bilan samimiy va ochiq muloqot o’tkazishib, so’ngra bayramona dasturni taqdim etishdi.

🔰Tadbirni Oliy Majlis Senatining Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qo’mitasi raisi o‘rinbosari Toshmuhammedova Dilorom G'ofurjonovna ochib berdi.

📚So’ngra maktabimiz direktori, tarix fanlari bo’yicha falsafa doktori, matnshunos olima Hilola Nazirova o’zbek tilining tarixiy taraqqiyoti, tarjimonchilik masalalari, tilimizga e’tibor mavzularida ma’ruza qildi.


🎼Tadbir so’ngida kuylangan “Go’zal, Turkiston” qo’shig’i barchaning dilida g’urur, ona tiliga bo’lgan muhabbatning ramziy ko’rinishi bo’ldi.


Telegram | Instagram |Facebook