Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi
1.78K subscribers
9.76K photos
1.28K videos
92 files
3.72K links
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabining rasmiy telegram kanali

“Kelingiz yoshlar, ziyolilar bu kun g’ayrat qiling, Uxlaganlarni agar Qodir esak, uyg’otamiz”Qodiriy

@aqodiriyijodmaktabi_bot
Download Telegram
#ajdodlar_yodi
#kun_tarixi

🛑1938-yil 4-oktyabr – Vatanimiz tarixidagi eng qayg’uli kunlardan biri. Ushbu kunda xalqning eng ziyoli olimlari, davlat arboblaridan iborat bir guruhi sovet davrining qatag’on qurboniga aylangan.

🔰Bugun Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabida qatag’on bo’lgan jadidlarimizning xotirasiga hurmat bajo keltirildi. Turon kutubxonasi va Abdulla Qodiriy memorial muzeyi bilan hamkorlikda tashkil etilgan tadbirda qodiriyshunos olim, professor Bahodir Karim, Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir Davron Rajab, Turon kutubxonasi va maktab ma’muriyati, o’quvchilari ishtirok etishdi.

Tadbirda Abdulla Qodiriyning avlodlari – maktabimiz o’quvchilari bo’lgan Samariddin Qodiriy va Nozimaxon Akramovalar so’zga chiqib, ajdodlarga munosib avlod bo’lish yo’lida harakat va izlanishda ekanliklarini so’zlashdi.

🎼Shuningdek, tadbir so’ngida “Chig’atoy gurungi” to’garagi a’zolari Cho’lpon qalamiga mansub “Go’zal Turkiston” qo’shig’ini kuylashdi.


Telegram | Instagram |Facebook
#tadbir
#ajdodlar_yodi


🔰Bugun “Turon” kutubxonasida “Qaramlik, qatag’on va millat” umummilliy ilmiy yig’ini bo’lib o’tdi. Tadbir O’zbekiston Respublikasi Fanlar akamediyasining Tarix instituti, Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi va “Turon” kutubxona axborot markazi hamkorligida tashkil etildi.

🛑Tadbirni Tarix instituti direktori Azamat Ziyo, “Turon” kutubxonasi direktori Dildora Abduazizova, maktabimiz direktori Hilola Nazirovalar ochib berishdi. So’ngra qatag’on siyosati, jadidchilik harakati to’g’risida bir qancha olimlar o’z ma’ruzalari bilan chiqish qilishdi.

Shuningdek, Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi direktori Hilola Nazirova “Ijod maktablarida jadidlar merosi: Is’hoqxon Ibrat va Abdulla Qodiriy maktablari misolida” mavzusida ma’ruza qildi.

Telegram | Instagram |Facebook
#tanlov
#she’r
#ajdodlar_yodi


Ajdodlar siymosi doimo qalbimizda

Ajdodlar izidan bormoqdir sharaf,
Ammo oson emasdir sharafli boʻlmoq.
Ming yillar qa'ridan keladi sado
Avlodlar kelajagi doimo porloq.

Ajdodlarning ruhi, ular siymosi
Har bir yosh avlodda yashamoqdadir
Birimiz Navoiy, birimiz Bobur
Temur bobom soʼzi: Kuch birlikdadir.

Ajdodlar ruhini doim etib shod
Ado etmoqdamiz buyuk burchimiz
Amir Temur bobom aytganlaridek,
Birgalikda doim bizlar kuchlimiz

Qoʻliga qalam olgan har bir yosh avlod
Bilingki, Navoiy avlodidandir
Vatan chun shahid ketgan oʻgʻlonlar
Biling, ular asl Temuriylardir.

Buyuk allomalar, shoir, olimlar
Qo'lda qilich bilan turibdi Temur
Qo'lga qalam olib sheʼr bitsa Foniy
Bizga ishonch bilan boqmoqda Bobur.



✍️Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabining 9-“A” sinf o’quvchisi Nurmuhammadova Dilraboxon.


Telegram | Instagram |Facebook
BrownProject Presentation (1).pdf
68.3 MB
#tanlov
#ajdodlar_yodi

🔰Kuzgi ta'tilni maroqli o'tkazish, yangi ilmlarni kashf etish maqsadida Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi "Ajdodlar merosi" nomli ijodiy ishlar tanlovini e'lon qilgan edi. Tanlov O'zbekiston Respublikasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik qo'lyozmalar institutining 80 yillik yubileyi munosabati bilan tashkil etildi.

📌Ana shu tanlovga kelib tushgan ijodiy ishlardan biri 8-“V” sinf o’quvchisi Rajabova Marjonaning taqdimotini tomosha qiling va baho bering!


Telegram | Instagram |Facebook
#tanlov
#she’r
#ajdodlar_yodi


Matematika, falsafa mukammal bilim,
Bu fanlarning ustozi Iroq al Zadiy.
Astronom doimiylik, o'lchashdir muhim,
Xorazmlik alloma buyuk Beruniy.

Shafaqdan kun botdi ufq orasida,
Yashin zarrachalar chiqqani uchun.
Birinchi yaratdi butun Osiyoda,
Dumaloq maketli yer globusin.

Quyosh tutiladi qonday qizarib,
Tutunga o'xshaydi yorqin tarovat.
Quyosh aylanmaydi bir yerni bo'ylab,
Yerimiz aylanar quyosh oralab.

Barchamiz bilamiz Amerikani,
Kashf qilgan dengizchi Xristo Kolumb.
Aslida Beruniy bilgan barini
Qushlarning uchishin shamoldan ko'rib.



✍️Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi 8-“V” sinf o’quvchisi Nortajiyeva Dilnoza.


Telegram | Instagram |Facebook
Xodjayeva Zakiya 7A sinf.docx
148.1 KB
#tanlov
#ajdodlar_yodi

🔰Kuzgi ta'tilni maroqli o'tkazish, yangi ilmlarni kashf etish maqsadida Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi "Ajdodlar merosi" nomli ijodiy ishlar tanlovini e'lon qilgan edi. Tanlov O'zbekiston Respublikasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik qo'lyozmalar institutining 80 yillik yubileyi munosabati bilan tashkil etildi.

📌Ana shu tanlovga kelib tushgan ijodiy ishlardan biri 7-“A” sinf o’quvchisi Xodjayeva Zakiyaning Beruniy hayoti va ijodiga bag’ishlangan maqolasini o’qing va baho bering!


Telegram | Instagram |Facebook
#tanlov
#ajdodlar_yodi

🔰Kuzgi ta’til munosabati bilan tashkil etilgan “Ajdodlar merosi” nomli ijodiy ishlar tanlovining natijasi bilan tanishing!

Nazm yo‘nalishida

🥇 Nurmuhammadova Dilraboxon 9-“A” sinf o’quvchisi
🥈Nortajiyeva Dilnoza 8-“V” sinf o’quvchisi
🥈Ixtiyorova Shabnam 8-“A” sinf o’quvchisi


Nasr
🥇Rajabova Marjona 8-“V” sinf o’quvchisi
🥈 Xodjayeva Zakiya 7-“A” sinf o’quvchisi


📌Barcha o’quvchilarimizga tanlovdagi faolliklari va ijodiy asarlari uchun minnatdorchilik bildiramiz. Qolgan o’quvchilarni ham yanada faol bo’lishga chorlaymiz.


Telegram | Instagram |Facebook