Forwarded from Olmazor tumani hokimligi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#tadbir
🔰Sentyabr tadbir-u bayramlarga boy bo’ldi! Bugun Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabida ana shu tadbirlarning, tanlovlarning sarhisobi bo’lib o’tdi. An’anaviy yig’ilish bu safar ko’tarinki kayfiyat bilan o’tdi. Ham ustozlar, ham o’quvchilar munosib e’tirof etildi.
🎊1-oktyabr “O’qituvchi va murabbiylar kuni”ga atalgan tanlov g’oliblari taqdirlandi. Butun respublikada o’tkazilgan “Xon atlas–2023” chellenji ishtirokchilari ham rag’batlantirildi.
👩🏻🏫 Shuningdek, maktabimizdagi fidokorona mehnati, jonkuyarligi bilan o’rnak bo’lgan o’qituvchilar agentlikning maxsus tashakkurnomasi bilan taqdirlanishdi.
🛑Yuqorida ushbu jarayonning fotosuratlari bilan tanishishingiz mumkin.
Telegram | Instagram |Facebook

Forwarded from OʻZBEKISTON TARIXI | Rasmiy kanal
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
https://uztv.tv/channels/uzbekiston-tarixi
#Anons
Xalqimiz tarixida 4- oktyabr mudhish kun. Boisi bundan sakson besh yil muqaddam ayni shu kuni Fitrat, Qodiriy, Cho‘lpon va boshqa millatimiz fidoyilari shafqatsizlarcha otib tashlangan. Ma’lumotlarga ko‘ra, 4 oktyabrdan 5 oktyabrga o‘tar kechasi, hamma uxlagan vaqtda Fitrat, Abdulla Qodiriy, Otajon Hoshim kabi ziyolilar hozirgi Toshkent shahrining Yunusobod tumanida joylashgan NKVD maxsus poligonida otib tashlangan. Ularning barchasi bitta chuqurga kafansiz, janozasiz maxfiy ravishda dafn etilgan. Jasadlar tezroq chirib ketishi uchun ustilaridan yo xlor sepishgan yoki tezak tashlashgan. Cho‘lponga o‘q yetmay qolganidanmi yoki to‘pponcha otilmaganidanmi, jallodlar uni o‘sha kecha otmaslikka qaror qilishgan. Ammo shoir «O‘ldiringlar! Men senlarning davlatingda, zamoningda yashashni istamayman! Senlarni ko‘rgim yo‘q», deb baqirgan...
O‘zlikka yo‘l
🗓 4- oktabr
⏰ 21:30
Telegram | Instagram | Facebook | You Tube

#ajdodlar_yodi
#kun_tarixi
🛑1938-yil 4-oktyabr – Vatanimiz tarixidagi eng qayg’uli kunlardan biri. Ushbu kunda xalqning eng ziyoli olimlari, davlat arboblaridan iborat bir guruhi sovet davrining qatag’on qurboniga aylangan.
🔰Bugun Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabida qatag’on bo’lgan jadidlarimizning xotirasiga hurmat bajo keltirildi. Turon kutubxonasi va Abdulla Qodiriy memorial muzeyi bilan hamkorlikda tashkil etilgan tadbirda qodiriyshunos olim, professor Bahodir Karim, Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir Davron Rajab, Turon kutubxonasi va maktab ma’muriyati, o’quvchilari ishtirok etishdi.
Tadbirda Abdulla Qodiriyning avlodlari – maktabimiz o’quvchilari bo’lgan Samariddin Qodiriy va Nozimaxon Akramovalar so’zga chiqib, ajdodlarga munosib avlod bo’lish yo’lida harakat va izlanishda ekanliklarini so’zlashdi.
🎼Shuningdek, tadbir so’ngida “Chig’atoy gurungi” to’garagi a’zolari Cho’lpon qalamiga mansub “Go’zal Turkiston” qo’shig’ini kuylashdi.

Forwarded from O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi
Абдулла Қодирийни ёд этиб
Бугун Абдулла Қодирий номидаги ижод мактаби, Турон кутубхонаси ва Абдулла Қодирий мемориал музейи билан ҳамкорликда қатағонлар кунига бағишланган тадбир бўлиб ўтди.
Унда қодирийшунос олим, профессор Баҳодир Карим, Ёзувчилар уюшмаси аъзоси Даврон Ражаб, Турон кутубхонаси, мактаб маъмурияти, ўқувчилар иштирок этди.
Тадбирда ўқувчилар томонидан тайёрланган бадиий чиқишлар намойиш этилди. Абдулла Қодирий авлодидан - эвараси Самариддин Қодирий ва чевараси Нозима Акрамова сўзга чиқиб, аждодига муносиб авлод бўлишга ҳаракат қилишларини айтди.
Тадбир сўнггида "Чиғатой гурунги" тўгарагининг аъзолари Чўлпоннинг "Гўзал Туркистон" қўшиғини куйлади.
Ўзбекистон Ёзувчилар уюшмаси Ахборот хизмати

Forwarded from OYINA.UZ
1938-yil 4-oktabr. Oʻzbekiston tarixiga eng mashʼum sana sifatida muhrlangan.
Abdulla Qodiriy, Abdulhamid Choʻlpon, Abdurauf Fitrat, Gʻozi Olim Yunus, Otajon Hoshim, Ziyo Said, Xudoybergan Devon kabi millat oydinlari shoshilinch qatl etildi. Arxiv hujjatlari shohidligicha, 5-oktabrda esa bir kun oldin otib tashlangan mahkumlarning sudi sahnalashtiriladi. Ammo dushman bir narsani hisobga olmagandi – jisman yoʻq qilishsa-da, ular millat xotirasida yashayveradi, xalq ularning asarlarini asrlar oʻtib ham o'qiyveradi, ularning erk va mustaqillik haqidagi gʻoyalari millatning qonida oqaveradi.
Batafsil: Millat manglayiga bitilgan mashʼum tun – 1938-yilning 4-oktabrida kim-kimlar otilgan edi?
Yuz yilda ham o‘zgarmagan geosiyosat o‘yinlari – Fitrat yana haqmi?
“Isyonim bepoyon, istig‘forim hadsiz...” – Qodiriy suddagi nutqida nimalar degan?
Yozuvchi va zamon munosabati – Qodiriyning shubhasi, Cho‘lponning alami, Oybekning hadigi
Rasmiy sahifalarimiz👇
Web-site | Telegram | Facebook | YouTube

🔰Bugun “Turon” kutubxonasida “Qaramlik, qatag’on va millat” umummilliy ilmiy yig’ini bo’lib o’tdi. Tadbir O’zbekiston Respublikasi Fanlar akamediyasining Tarix instituti, Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi va “Turon” kutubxona axborot markazi hamkorligida tashkil etildi.
🛑Tadbirni Tarix instituti direktori Azamat Ziyo, “Turon” kutubxonasi direktori Dildora Abduazizova, maktabimiz direktori Hilola Nazirovalar ochib berishdi. So’ngra qatag’on siyosati, jadidchilik harakati to’g’risida bir qancha olimlar o’z ma’ruzalari bilan chiqish qilishdi.
Shuningdek, Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi direktori Hilola Nazirova “Ijod maktablarida jadidlar merosi: Is’hoqxon Ibrat va Abdulla Qodiriy maktablari misolida” mavzusida ma’ruza qildi.