Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi
3.13K subscribers
11K photos
1.36K videos
93 files
3.99K links
Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi. “Bizga jadid bobolarimiz kabi g’arb ilm-fani yutuqlari bilan birga milliy qadriyatlar ruhida tarbiya topgan yetuk kadrlar suv bilan havodek zarur” Sh.Mirziyoyev
🗳️ Onlayn qabulxona: @aqodiriyijodmaktabi_bot
Download Telegram
#Munosabat
#OAV_biz_haqimizda

⚡️Prezident ta'lim muassasalari agentligi mutaxassislari "O’zbekiston" telekanalining "Munosabat" ko'rsatuvida ishtirok etishmoqda.

✔️Ko'rsatuvni onlayn tomosha qiling 👉 https://www.uztv.tv/channels/uzbekiston

⬇️
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Munosabat

Hurmatli ota-onalar va o‘quvchilar!

Qoraqalpog‘istondagi imtihonlar sanasi o‘zgarganidan va bu test sinovlari javoblari eʼlon qilinishi ortga surilishiga sabab bo‘lganidan xabaringiz bor.

Oxirgi imtihon kecha, 7-avgust sanasida bo‘lib o‘tgani va Prezident taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarga 2022-2023 o‘quv yili uchun kirish imtihonlari aynan 7-avgust kuni yakuniga yetgani haqida rasmiy sahifalarimizda xabar berganmiz.

Hurmatli ota-onalar va o‘quvchilar, Prezident taʼlim muassasalari agentligi tizimida yangi tashkil etilgan barcha ixtisoslashtirilgan maktablarning imtihon natijalari bir vaqtda eʼlon qilinadi.

Ijtimoiy tarmoqlarda imtihon javoblari kechikishiga “Boylarning bolalari saralab olinyapti” degan mazmundagi xabarlar haqiqatga mos kelmasligini va imtihon natijalari tez orada eʼlon qilinishini maʼlum qilamiz.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
​#ona_tilim_faxrim
#munosabat


FAYZBEK — CHOʻLPON

Bugun boshqacha kun boʻldi. Samarqandda edim. Toshkentdan xabar keldi. Uch yuz chaqirim naridan eshitgan ushbu yangilik dilimni yoritib yubordi.

Yaʼni Abdulla Qodiriy ijod maktabi direktori Hilola Nazirova til bayrami munosabati bilan maktab jamoasi va oʻquvchilari bilan Oliy Majlisi Senati binosida tadbir oʻtkazgani haqida xabar joʻnatdi. Ushbu soʻzlarni xatga qoʻshib qoʻydi: “Fayozbek chiqqanida senatorlar yigʻlashdi, baraka topsin. Tarbiya bergan ota-onangizga rahmat”.

Kecha maktab yoshlari Senatga boribdi. Senatorlar bilan gurunglashibdi. Maktab direktori maʼruza oʻqibdi. Oʻquvchilar bayram dasturni taqdim etibdi. Abdulla Qodiriy ijod maktabining 9-sinfida oʻqiyotgan ukam Fayzbek Ulugʻberdiyev esa jadidlarga bagʻishlangan sahna koʻrinishida Choʻlpon rolini oʻynabdi.

Ota-onamga rahmat olib bergani uchun Fayzbekdan minnatdor boʻldim. Oʻzim esa osmonda uchib yuribman.

Tadbir soʻngida maktab oʻquvchilari “Goʻzal, Turkiston” qoʻshigʻini kuylab, barcha qalblarni yanada toʻlqinlantiribdi.

Rahmat, Fayzbek! Rahmat, oʻquvchilar! Rahmat, ustozlar! Rahmat, ijod maktabi!


Fozil Farhod
O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati xodimi, shoir va jurnalist.


Telegram | Instagram |Facebook