#ijodiy_togarak
#oquvchilarimiz_ijodidan
***
Tun yopdi samoning darvozasini,
Devonavash zulmat oldi bagʻriga.
Dard toʻla yurakni otib yubordim
Yettinchi osmondan hatto nariga.
Chalajon hislarni koʻngildan quvib,
Boʻy choʻza boshladi qalbimda sabot.
Kavshangancha kelib yonimga hilol,
Yulduzlar taʼmini maqtaydi bot-bot.
Butunlay ishonchga oʻranib olib,
Quvonch koʻchalarin kezaman yayov.
Har aytgan soʻzimdan chaqnaydi uchqun,
Har bosgan izimdan unadi olov.
Gʻamning kulbasidan bosh olib ketib,
Baxtning bilagiga taqay koʻzmunchoq.
Men shunday yashayki, alanga olib,
Har bir nigohimda chaqnasin chaqmoq.
Xayolni qitiqlar farahbaxsh hislar,
Yurak mung libosin yirtib tashladi.
Har bitta zarradan chiroy axtarib,
Koʻzlarim hayratga toʻla boshladi.
✍️Shakarova Shalola
Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi 8-sinf o’quvchisi.
Telegram | Instagram |Facebook

Telegram
Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabining rasmiy telegram kanali
“Kelingiz yoshlar, ziyolilar bu kun g’ayrat qiling, Uxlaganlarni agar Qodir esak, uyg’otamiz”Qodiriy
@aqodiriyijodmaktabi_bot
“Kelingiz yoshlar, ziyolilar bu kun g’ayrat qiling, Uxlaganlarni agar Qodir esak, uyg’otamiz”Qodiriy
@aqodiriyijodmaktabi_bot
#oquvchilarimiz_ijodidan
#ijodiy_togarak
Baxt
Osmon koʻzyoshini sipqordi zamin,
Biz bilgan tuygʻular uzlatga yetdi.
Chaqmoq yulduzlarni tunda erkalab,
Osmonning yuragi bugun darz ketdi.
Baxtni men har tongda bulutga chizdim,
Yomgʻir boʻlib tunda menga qaytdi u.
Nigohlar sirgʻalib oʻtib ketganda,
Bizni bir qilmadi hech qanday tutqu.
Tunov kun tushimga buyurtma berib,
Iltimos qilgandim baxt keltirishin.
Lekin zarracha ham oʻylab koʻrmabman,
Baxtim dardlar bilan qoʻshni turishin.
Oʻylardim baxtimni moviyrangdir deb,
Oʻylardim men bilgan eng goʻzal ohang.
Bilsam, uning rangi shu koʻrinishda-
Xazonrang, armonrang, alvonrang, oqrang.
Koʻzimni yumgancha oʻylayman, ammo-
Kiprik boʻsasidek xayolim qisqa.
Tushunarsiz, balki siz tushunarsiz,
Hayot ham bir safar bizni tushunsa.
Baxt deb oʻylaganim dard ekan asli...
✍️ Marjona Eshqulova
Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi, 8-sinf o’quvchisi

#tadbir
#ijodiy_togarak
🔰Bugun Yozuvchilar uyushmasida O’zbekiston xalq shoiri Rauf Parfi tavalludining 80 yilligi keng nishonlandi. Ushbu tadbirga Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabining Ijodiy to’garak faollari ham tashrif buyurishdi. Tadbirda Usmon Azim, Farida Afro’z kabi taniqli shoirlar so’zga chiqib, shoirni xotirladilar. Rauf Parfi hayoti va ijodiga bag’ishlangan hujjatli film namoyish etildi, yangi kitob taqdimoti bo’lib o’tdi.
❇️Sahifalarimizni kuzatishda davom eting

#zakovat
🔰Kecha 10-oktyabr kuni O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasida “Adabiyot maydonida” zakovat o’yinlarining 1-tur 1-bosqichi bo’lib o’tdi.
🛑Unda Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabining Ijodiy to’garak rahbari Asqaraliyeva Nigora “Hilol” jamoasi tarkibida ishtirok etib, umumiy ball hisobida 2-o’rinni egalladi.
Bu adabiyot doirasidagi zakovatning ilk o’yini bo’lib, maktabimiz o’quvchilari ham ushbu tadbirda ishtirok etishib, o’z bilimlarini sinab ko’rishdi.
🎊Yakuniy natijalarga ko’ra, “Tafakkur qilaylik” jamoasi keyingi bosqichga yo’l olishdi.
Jarayonlarni suratlarda ko’rishingiz mumkin (manba Yozuvchilar uyushmasi sahifasi).

This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#ona_tilim_faxrim
#ijodiy_togarak
🛑20-oktyabr kuni Abdulla Qodiriy ijod maktabining 8-“V” sinf rahbari Yulduz Mirxodjiyeva, ijodiy to’garak rahbari Nigora Asqaraliyeva va o’quvchilar ishtirokida Abdulla Qodiriy uy-muzeyiga ekskursiya uyushtirildi.
Dars mavzusi esa “O’zbek tili kuni”!
📌Jarayon va atmosferani his qiling.

🔰Abdulla Qodiriy ijod maktabida Ijodiy to’garak mashg’ulotlari olib borilmoqda. Navbatdagi to’garak mashg’ulotida zamonaviy sohalardan biri “Kopirayting. SMM” mavzusi o’tildi.
📌O’quvchilarga bir jarayonni yoritish, publitsistik uslubda yozish topshirig’i berildi. So’ngra matnlar o’qib eshittirilib, o’quvchilar bir-birini baholashdi.

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#ijodiy_togarak
#yaproq_hikoya
Menga bir do’stim chiroyli, qimmat hamyon sovg’a qildi. Ammo unga solish uchun pulim yo’q.
✍️Abdulbositova Soliha
Abdulla Qodiriy ijod maktabi 7-sinf o’quvchisi
Telegram | Instagram |Facebook
#yaproq_hikoya
Menga bir do’stim chiroyli, qimmat hamyon sovg’a qildi. Ammo unga solish uchun pulim yo’q.
✍️Abdulbositova Soliha
Abdulla Qodiriy ijod maktabi 7-sinf o’quvchisi
Telegram | Instagram |Facebook
#ijodiy_togarak
#to’garaklar_faoliyatidan
🔰Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabida “Mujda” ijodiy to’garagida jarayonlar, qizg’in ijod borgan sari qiziqarli bo’lib bormoqda.
📌Mashg’ulot avvalida to’garak a’zosi Berdiqulova Muxlisaning tarjima qilayotgan asari o’quvchilar e’tiboriga havola etildi va muhokama mavzusiga aylandi. Bunda tarjimada so’z topish, qo’llashning ahamiyati, janr va mavzuning tarjimon yosh xususiyatlariga, qiziqishlariga mosligi haqida ham gaplashildi.
✍️So’ngra “O’zimga maktub” mashqi o’tkazildi. Unda o’quvchilar o’tmishiga, kelajagiga, bugungi kuniga atab maktub yozishdi. Anonim tarzida yozilgan maktubni to’garakning boshqa a’zolari muallif uslubiga qarab topishi darsga o’zgacha kayfiyat bag’ishladi.

#bizning_shunday_oquvchilarimiz_bor
#ijodiy_togarak
🔰Bugun Abdulla Qodiriy ijod maktabining o’quvchilari – Sultonamirova Hanifaxon va Shakarova Shalolalar butun Respublikamiz bo’ylab tashkil etilgan “Zukko kitobxon” ko’rik tanlovining hududiy bosqichida ishtirok etishib, namunali natijani qo’lga kiritishdi.
📌”Zukko kitobxon” tanlovi har oyda o’tkazilib, oldindan berilgan kitoblar asosida kitobxonlar bilimi tekshiriladi. Bu safargi Toshkent shahar bosqichida jami 12 jamoa ishtirok etgan bo’lsa, maktabimiz o’quvchilari 25 ball bilan 4-o’rinni qo’lga kiritishdi!
✅Eslatib o’tamiz, tanlovning dekabr oyi uchun tanlangan kitoblat quyidagilar:
1. “Alisher Navoiy” romani Isajon Sulton
2. “Jaloliddin Rumiy” Radiy Fish
3. “Oq so’yloq” Jek London
🔥Tanlovda faol ishtirok etib, yuqori natijani ko’rsatgan o’quvchilarimizga keyingi musobaqalarda omad tilaymiz! Qolgan o’quvchilarni ham kitobxonlikka chorlab qolamiz!
Ijod maktabining rasmiy sahifalariga ulanish: