Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi
1.77K subscribers
9.72K photos
1.28K videos
92 files
3.71K links
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabining rasmiy telegram kanali

“Kelingiz yoshlar, ziyolilar bu kun g’ayrat qiling, Uxlaganlarni agar Qodir esak, uyg’otamiz”Qodiriy

@aqodiriyijodmaktabi_bot
Download Telegram
#Ustozlar_forumi

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan tashkil etilgan “Ikkinchi ustozlar milliy forumi”ning ochilish marosimi bo’lib o’tdi.
 
📍 Tadbirni kirish so’zi bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar, fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha maslahatchisi Odil Abdurahmonov ochib berdi:

- Bugungi kunda o'qituvchilarning nufuzini oshirishga qaratilgan tizimli ishlar olib borilmoqda. Shunga mos tarzda ta'lim sifatini oshirish, chet tillarini puxta o'rganish, moliyaviy savodxonlikni oshirishi hamda amaliyotga bog'lagan holda dars o'tish zamon talabiga aylanib bormoqda. Umid qilamanki, bugungi forum yangi o'quv yili oldidan oldimizda turgan dolzarb vazifalarni belgilab olish uchun o'ziga xos maydon vazifasini bajaradi.

Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova:

- Maktabni o‘zgartirmasdan turib jamiyatni o‘zgartirib bo‘lmaydi. Ta’lim va tarbiyaning asosi, poydevori bu – bog‘cha va maktabdir. Ularni muqaddas dargoh qiladigan kuch esa pedagoglarimiz hisoblanadi. Bugungi kunda, tizimda faoliyat yuritayotgan 500 ming nafar o‘qituvchi va 150 ming nafar tarbiyachilarimiz kelajak taraqqiyoti poydevorini yaratadi. Ushbu forum ustozlarimizga tajriba almashish va yangi bilimlarni egallashlariga ko'mak berishiga ishonaman.

✔️Shuningdek, tadbir doirasida fidoyi ustozlardan 24 nafari “Xalq ta’limi a’lochisi” ko’krak nishoni bilan taqdirlandi.

❗️ Ko’krak nishonlari O’zbekiston Qahramonlari Muhabbat Sharopova, Anor Mahmudova, O'zbekiston xalq o'qituvchilari Baxtiyor Abdiyev va Rahmatilla Karimov, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan o’qutuvchi Mirfozil Mirzaahmedovlar tomonidan ustozlarga topshirildi.

✔️ Ma’lumot uchun, mazkur forumda butun Respublikamiz bo‘ylab jami 322 nafar pedagog xodim qatnashishmoqda.

⚡️ Kunning ikkinchi qismida esa ishtirokchilar uchun 14 ta sho’bada o'quv treninglari tashkil etiladi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
📱Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook | 📸Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bugun Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabida o‘z faoliyatini davom ettirishni istagan ona tili va adabiyoti fani o‘qituvchilari uchun saralash imtihonining birinchi bosqichi - test sinovlari o‘tkazildi.

(Suratlarda jarayondan lavhalar)
#xushxabar

💥Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabining ilk bitiruvchilaridan xushxabarlar kela boshladi.

💫Oliy o‘quv yurtiga topshirgan o‘quvchilarimizning aksariyati yuqori ballarni qo‘lga kiritishdi.

Eng yuqori ko‘rsatkichga ega bo‘lganlar:

Abdulakimova Gulsanam - 187.9 ball

Aktamxonova Farangiz - 184.8 ball

Hasanova Hafiza - 183.7 ball

⚡️O‘quvchilarimizning  bu natijalari  maktab jamoasiga xush kayfiyat bag‘ishladi.
Barcha bitiruvchilarimizga omad tilab, xushxabarlar soni ko‘payishiga umid qilamiz.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV
#Biz_haqimizda

Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi direktori Hilola Nazirova "O'zbekiston" telekanalining "Assalom O'zbekiston" dasturida ishtirok etib, ijod maktablari xususida so'z yuritdi.
#bizning_shunday_oʻquvchilarimiz_bor
#100_foizlik_grant
#ijod_maktabi

⚡️ Agentligimiz tizimidagi Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabining bitiruvchisi Gulobod Nuraliyeva Turkiyaning Ege universiteti "Turk tili va adabiyoti" yo‘nalishiga to‘liq grant asosida o‘qishga qabul qilindi.

✔️ Iqtidorli bitiruvchimiz xorijiy til bilish darajasini belgilovchi IELTS sertifikatini (7 ball) ham qo'lga kiritgan edi.

Bitiruvchimizning kelgusidagi o‘qish va ishlarida omad tilaymiz!

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#imtihon_natijalari_2023
#ijod_maktablari

🔔 IJOD MAKTABLARIGA O'TKAZILGAN IMTIHON NATIJALARI E’LON QILINDI!

Imtihon natijalarini talabgorning ariza.piima.uz saytidagi Shaxsiy kabinetiga ID raqamini kiritish orqali aniqlashingiz mumkin.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi.pdf
881.1 KB
IMTIHON NATIJALARI

Imtihon natijalaridan norozi bo‘lganlar uch ish kunida appelyatsiya bo‘yicha murojaat qilishlari mumkin.
#qabul_2023
#ijod_maktablari

📝 IJOD MAKTABLARIGA APELLATSIYAGA ARIZA BERISH TARTIBI

📌 Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 27-maydagi 214-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomga asosan:

O‘quvchilar kirish imtihonlari natijalaridan norozi bo‘lgan taqdirda natija e’lon qilingan vaqtdan boshlab 3 (uch) ish kuni ichida apellatsiya komissiyasiga ariza bilan murojaat etishga haqli.

Kirish imtihonlari natijalaridan norozi bo‘lgan o‘quvchilarning murojaatlari Agentlikda tegishli mutaxassislardan tuzilgan apellatsiya komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqiladi.

Apellatsiya komissiyasiga Agentlik direktori o‘rinbosari raislik qiladi.

Apellatsiya komissiyasi o‘quvchilarning murojaatini 10 kun muddatda ko‘rib chiqadi va arizani qanoatlantirish yoki rad qilish to‘g‘risida murojaatchiga xulosa beradi.

Apellatsiya komissiyasining norozilik arizasini qanoatlantirish to‘g‘risidagi xulosasi o‘quvchilarga arizani ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha ball qo‘shib berilishiga asos bo‘ladi.

Apellatsiya komissiyasiga boshqa o‘quvchilarning ishlarini ko‘rib chiqish va murojaatchining ishi bilan solishtirishga ruxsat berilmaydi.

O‘quvchilar va ularning ota-onasi (qonuniy vakili) berilgan javoblardan norozi bo‘lgan taqdirda, belgilangan tartibda yuqori turuvchi organlarga murojaat etish huquqlariga ega.

📬 Apellatsiya arizasini bermoqchi bo‘lgan talabgor ushbu elektron manzilga murojaat qilishi mumkin:

⚪️ HAVOLA

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xushxabar

🎉Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabining 3 nafar pedagog xodimlari chet tilini bilish darajasini aniqlovchi Xalqaro IELTS imtihoni topshirdilar va quyidagi natijalarni qo'lga kiritdilar.

💫Yuldosheva Tursunoy, ingliz tili o'qituvchisi, - 8.0 ball;

💫Yusupova Shodiya, Ingliz tili o'qituvchisi, - 7.0 ball;

💫Umarova Nuriniso, ona tili va adabiyoti o'qituvchisi, - 6.0 ball.

O'qituvchilarimizning kelgusidagi ishlariga omad tilab qolamiz.