Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi
1.78K subscribers
9.76K photos
1.28K videos
92 files
3.72K links
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabining rasmiy telegram kanali

“Kelingiz yoshlar, ziyolilar bu kun g’ayrat qiling, Uxlaganlarni agar Qodir esak, uyg’otamiz”Qodiriy

@aqodiriyijodmaktabi_bot
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#qabul_2023
#ijod_maktabi
#10_iyun_30_iyun

❗️2023-2024-o‘quv yilida Agentlik tizimidagi barcha ijod maktablarga qabul 7-sinfga bo‘lib o‘tadi.

🗂 Ijod maktablarining qabul kvotalari

📝 Ijod maktablaridagi o‘quvchilar bo‘sh o‘rinlari

🪪 Ma'lumot uchun, Agentlik tizimidagi 9 ta ijod maktabiga resbublikaning istalgan hududidan o‘quvchilar hujjat topshirishlari mumkin.

🏢 Hozirgi kunda Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabidan boshqa barcha ijod maktablarida yotoqxonalar mavjud.

🎞 Lavha — Prezident.uz

☎️ Call-markaz: 1206

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#bizning_shunday_oʻquvchilarimiz_bor
#100_foizlik_grant
#ijod_maktabi

⚡️ Agentligimiz tizimidagi Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabining bitiruvchisi Gulobod Nuraliyeva Turkiyaning Ege universiteti "Turk tili va adabiyoti" yo‘nalishiga to‘liq grant asosida o‘qishga qabul qilindi.

✔️ Iqtidorli bitiruvchimiz xorijiy til bilish darajasini belgilovchi IELTS sertifikatini (7 ball) ham qo'lga kiritgan edi.

Bitiruvchimizning kelgusidagi o‘qish va ishlarida omad tilaymiz!

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#erishilgan_yutuqlar
#ijod_maktabi

📈 AGENTLIK TIZIMIDAGI ABDULLA QODIRIY NOMIDAGI IJOD MAKTABI O‘QUVCHILARINING 2022-2023-O‘QUV YILIDAGI NATIJALARI

⚡️ Joriy yilda Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabini 37 nafar bitiruvchi tamomladi.

Xalqaro til bilish sertifikatlarini 28 nafar o‘quvchi qo‘lga kiritgan bo‘lib, ularning 24 nafarini bitiruvchilar tashkil etadi.

❗️Ijod maktabining 11 nafar 10-11-sinf o'quvchilari Bilim va malakani baholash agentligining ona tili va adabiyot fanidan "Umumta'lim fanini bilish to‘g‘risida SERTIFIKAT"ni qo‘lga kiritishdi.

🟢 Joriy yilda ijod maktabi o‘quvchilari “Jadidlarning ma’rifiy faoliyati: g‘oyalari, maqsadlari, vazifalari va Turkiston taraqqiyotiga qo‘shgan hissasi” mavzusidagi xalqaro konferensiyada, “Kitob - kamolot kaliti” nomli xalqaro ilmiy-ma’rifiy kitoblar ko‘rgazmasida, Ozarbayjon Respublikasining Gabali shahrida o`tkazilgan “Yosh Qutqaruvchilar” xalqaro musobaqasida faol ishtirok etdilar.

💯 Ijod maktabining bitiruvchilari Gulobod Nuraliyeva Turkiyaning Ege universiteti "Turk tili va adabiyoti" yoʻnalishiga, Farangiz Hakimova nufuzli xorijiy universitetlar - University of Missouri, Adelphi University, The University of Arizonaga, Kumushxon Salimova Amerika Qo'shma Shtatlarining Shimoliy Karolina shtatida joylashgan Wingate universitetiga talabalikka qabul qilindi.

➡️ Maktabning 34 nafar bitiruvchisi 100 foizlik natija ko‘rsatgan holda, test imtihonlaridan o‘tib talaba bo'lishdi. Ularning 3 nafari OTMga kirish imtihonlarida eng yuqori ballarni egallashdi:
Gulsanam Abduhakimova - 187.9 ball
Farangiz Aktamxonova - 184.8 ball
Hafiza Hasanova - 183.7 ball

Ijod maktabining o‘quvchilari 17 ta IELTS, 13 ta CEFR ,1 ta TOPIC, 2 ta SAT kabi Xalqaro va milliy sertifikatlarga ega bo‘lishdi.

🌐 Ijod maktabining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Telegram
Facebook
Instagram

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#bizning_shunday_oʻqituvchilarimiz_bor
#ijod_maktabi
#ustozlar_kuni

⚡️ Agentligimiz tizimidagi Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi direktori, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori, matnshunos, manbashunos olima, jurnalist va pedagog Hilola Nazirovaning mehnat faoliyati haqida quyida tanishishingiz mumkin.
Tarixshunoslik, manbashunoslik va tarixiy tadqiqot metodlari bo‘yicha katta ilmiy xodim unvoni sohibi;
100 ta ilmiy-ommabop ko‘rsatuvlar, 2 ta monografiya va 60 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar muallifi;
“O‘zbekiston tarixi” telekanalida “Tarixiy savol” ko‘rsatuvi muallifi va boshlovchisi;
The Islamic Manuscript Association (TIMA), The European Society for Central Asian Studies (ESCAS), Central Eurasian Studies Society (CESS) xalqaro tashkilotlarining a’zosi;
30 dan ziyod xalqaro konferensiyalar ma’ruzachisi;
Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti qoshidagi “Xalqaro Ogahiyshunoslar” kengashining ilmiy kotibi;
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik instituti katta ilmiy xodimi;
"Qo‘ng‘irotlar sulolasi tarixnavisligida Muhammad Rizo Ogahiyning “Zubdat ut-tavorix” asari" mavzusida dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qildi;
Sharqshunoslik institutining “Bilimkent" seminari ta’sischisi;
"Mustaqillikning 30 yilligi" ko'krak nishoni bilan taqdirlangan.

Wikipedia

🗣Ijod maktabi natijalari:
Maktabning 34 nafar bitiruvchisi 100 foizlik natija ko'rsatgan holda test imtihonlaridan o‘tib talaba bo'lishdi. Ularning 3 nafari OTMga kirish imtihonlarida eng yuqori ballarni egallashdi.
Ijod maktabining o‘quvchilari 17 ta IELTS, 13 ta CEFR ,1 ta TOPIC, 2 ta SAT kabi Xalqaro va milliy sertifikatlarga ega bo‘lishdi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Zamin_Foundation
#ijod_maktabi

⚡️Toshkentda "Bolalar va yoshlar harakatda — Markaziy Osiyoda iqlim o‘zgarishi" xalqaro forumi bo‘lib o‘tdi.

📝Forum ishtirokchilari ekota’lim mavzusini muhokama qilar ekanlar, o‘quv jarayonida yangi axborot texnologiyalaridan foydalanish muhim ekanini qayd etdi. Markaziy Osiyo ekofaollari iqlim o‘zgarishiga qarshi kurash bo‘yicha siyosat va dasturlarni ishlab chiqishda, ko‘rilayotgan choralarni monitoring qilish va ularning borishini baholashda bolalarning ham ishtirok etish huquqi borligini alohida ta’kidladilar.

🗺Forum doirasida tashkil etilgan tadbirda Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabining o‘quvchilari tomonidan Orolni asrab-avaylashga qaratilgan sahna ko‘rinishi forum ishtirokchilari e’tiboriga havola etildi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#ijod_maktabi
#taqdimot

KITOBDAN YAXSHI DO’ST YO’QDIR JAHONDA…

⚜️ Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi o’quvchilari adibimiz Abdulla Qodiriyning besh jildlik “To’la asarlar” kitobi taqdimotida o’z chiqishlari bilan qatnashdi.

🖇 Bugun Alisher Navoiy nomidagi O’zbekiston Milliy kutubxonasida "INFO CAPITAL BOOKS" nashriyoti tomonidan, adibimiz Abdulla Qodiriyning besh jildlik “To’la asarlar”i yangi va zamonaviy ko’rinishda, yangicha uslub va dizayn asosida qayta nashr etilgan kitoblar taqdimoti bo'lib o'tdi.

📌 Ushbu kitob "Info Capital Books" nashriyoti hamda Milliy kutubxona bilan hamkorlikda, adibning nevarasi
Xondamir Qodiriy mas’ulligida
tayyorlandi.

⚡️XX asr O’zbek adabiyotining ulkan namoyondalaridan biri, o’zbek romanchiligi asoschisi Abdulla Qodiriyning besh jildlik “To’la asarlar”ida sevimli asarlarimizdan biri “O’tkan kunlar”, “Mehrobdan chayon”, “Diyori bakr” va “Obid ketmon” asarlari o’rin olgan.

Shuningdek, “O’tkan kunlar" asariga O’zbekiston qahramoni, tarjimon Ibrohim G’afurov, "Mehrobdan chayon" asariga O’zbekiston xalq shoiri -Usmon Azim, "Obid ketmon" asariga adabiyotshunos olim - Umarali Normatovlar so’zboshi yozganlar.

📌 Ijod maktabi o’quvchilari, xususan, Abdulla Qodiriyning evara-yu chevaralari Samariddin Qodiriy, Akromova Nozimaxonlar nutq so’zlab, bobolariga mos avlodlar bo’lishga va’da berishdi. Shuningdek, ijod maktabi o’quvchisi Yo’ldasheva Shirin adib qalamiga mansub “Ahvolimiz” she’rini yoddan aytib berdi.

📚 Har bir kitob o’zi hikmatlarga yo’g’rilgan ulkan xazina bo’lib, kitob o’qish - xalqimiz ma’naviyatini, uning dunyoqarashini yanada boyitishga hissa qo’shishi bilan birga, inson uchun muvaffaqiyat va saodat eshiklarini ochuvchi kalit va hayot yo’llarini yoritguvchi chiroq kabidir.

Ijod maktabining rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Instagram |Facebook
#ijod_maktabi
#yashil_makon

⚡️“Daraxtlarni nomiga emas, hayotimiz, ertangi kunimiz uchun ekish kerak” — Shavkat Mirziyoyev.

🟢 Bugun, Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabida “Yashil makon” loyihasi doirasida 20 tup ko’chat ekildi.

Ayni kunlarda butun Respublikada keng targ’ib qilinayotgan “Yashil makon” loyihasi kuzgi mavsum ko’chat ekish aksiyasida maktabimiz hovlisiga ham shamshod daraxtining ko’chatlari ekildi.

Ijod maktabining rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Instagram |Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#ijod_maktabi

⚡️ Kitobsevarlarga yangilik (+video)


🟢 Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida buyuk adibimiz, o‘zbek romanchiligi asoschisi Abdulla Qodiriyning besh jildlik “To‘la asarlar” kitoblari taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Ushbu kitoblar to‘plami “Info Capital Books” nashriyoti tomonidan yangicha uslub va dizayn asosida qayta nashr etildi.

Batafsil: https://uza.uz/posts/541270

▶️ https://youtu.be/HZTKO8CSodY

Ijod maktabining rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Instagram |Facebook
#ijod_maktabi

⚡️ Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi o'quvchilari "O'zlikka yo'l" ko'rsatuvida ishtirok etishdi.

🖇 Ushbu ko'rsatuv Turkiston Muxtoriyatining 108 yilligi munosabati bilan suratga olindi. Unda maktabning "Chig'atoy gurungi" va Drama to'garagi a'zolari o'z chiqishlari bilan qatnashdilar.

📌Ijod maktabining rasmiy sahifalariga ulanish:

Telegram | Instagram |Facebook
#ijod_maktabi

⚡️ Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabining iqtidorli o'quvchilari orasidan Maktab prezidenti saylandi

Maktab prezidentligiga o'z nomzodlarini qo'ygan o'quvchilar Maktab rahbariyati tomonidan ogohlantirish olmagan, baholari a'lo bo'lishi, shuningdek, o'qituvchi va o'quvchilarga o'zlari tayyorlagan taqdimotni ko'rsatib berishlari kerak.

🟢 Saylovda 11- sinf o'quvchilari Iroda Shokirova, Umaraliyev Abdulbori, 10- sinf o'quvchilari Mohichehra Abduazizova, Feruzabonu Yaqubbayeva qatnashdi. Natijalarga ko'ra, Umaraliyev Abdulbori 134 ta ovoz bilan 66.3 % to'plab, Maktab prezidenti etib saylandi.

💫 Oʻquvchimizning kelgusidagi oʻqish va ishlarida omad tilaymiz!

Ijod maktabining rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Instagram |Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#ijod_maktabi

⚡️ O'zbek romanchiligi asoschisi Abdulla Qodiriy hayoti va ijodi haqida hujjatli film suratga olindi

Mazkur film O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil Adiblar xiyoboniga tashrifi davomida berilgan topshiriqlari yuzasidan "Xalq yuragi" turkumi ostida tayyorlandi.

➡️ Ushbu kartinaning ssenariysini Farrux Jabborov, Iqbol Qo‘shshayeva va Umid Hamdamovlar yozgan. Kartinada arxiv hujjatlardan unumli foydalanilgan. Abdulla Qodiriy boshdan kechirgan qiyinchiliklar oshkora, bo‘yoqlarsiz ko‘rsatilgan. "O‘tgan kunlar" va "Mehrobdan chayon" kabi badiiy filmlardan parchalar kiritilgan.

Ijod maktabining rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Instagram |Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM