Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi
1.78K subscribers
9.75K photos
1.28K videos
92 files
3.72K links
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabining rasmiy telegram kanali

“Kelingiz yoshlar, ziyolilar bu kun g’ayrat qiling, Uxlaganlarni agar Qodir esak, uyg’otamiz”Qodiriy

@aqodiriyijodmaktabi_bot
Download Telegram
#Bizning_o‘quvchilar

🎉Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi 11-B sinf o‘quvchisi Murodova Rayxona turk tilini bilish bo‘yicha B2 darajasini qo‘lga kiritdi.

💫 Rayxonani yana bir yutug‘i bilan tabriklab, kelgusi ishlarida zafarlar tilab qolamiz!
#Bizning_o'quvchilar
#Zomin_seminari_shahar_bosqichi

⚡️O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi tomonidan yosh ijodkorlarning an’anaviy Zomin seminarining Toshkent shahar bosqichi o‘tkazildi. Bu bosqichda 13 nafar yosh o‘z ijodiy iste’dodini namoyish etdi. Yozuvchi va shoirlardan iborat hakamlar hay’ati esa ularning ijodiy mashqlarini ko‘rib chiqdi.

✔️Bu bosqichda Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabining bitiruvchi o'quvchisi Xudoyberdiyev Jamshid ham ishtirok etib, sertifikat bilan taqdirlandi.
#Xalqaro_musobaqa
#Bizning_o'quvchilar

Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tomonidan keyingi yillarda “Yosh qutqaruvchilar” musobaqasini tashkillashtirish, uni o`tkazish va yoshlar o`rtasida qutqaruvchilik kasbiga bo`lgan qiziqishni uyg`otish borasida qator amaliy ishlar olib borilmoqda. Jumladan, shu kunlarda Toshkent shahrining yosh qutqaruvchilar terma jamoasi Оzarbayjon Respublikasining Gabali shahrida o`tkazilayotgan “Yosh Qutqaruvchilar” halqaro musobaqasida Respublikamiz sharafini himoya qilmoqdalar.

Telegram | Instagram |Facebook
#Xalqaro_musobaqa
#Bizning_o'quvchilar

“Yosh Qutqaruvchilar” orasida Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi o‘quvchilari Shokirova Iroda, Normurotova Sabina, Anvarova Farzonalarning borligi biz uchun quvonarli hol.

Ma’lum bo‘lishicha, musobaqa shartlaridan biri -rasm chizish bo‘lib, unda Shokirova Irodaning chizgan surati va uni bir nechta tilda izohlab bergani uchun mazkur shart bo‘yicha jamoa birinchilikni egallagan.

Maktab jamoasi nomidan o‘quvchilarimiz va boshqa yosh qutqaruvchilarimizga kuch-g‘ayrat va muvaffaqiyatlar tilaymiz. Yurtimiz sharafini munosib himoya qilishlariga tilakdoshmiz!

Telegram | Instagram |Facebook
#Bizning_o'quvchilar

Joriy yilning 25.06.2023 - 4.07.2023 sanalarida O'zbekistonning faol hamda ijodkor yoshlari Ozarbayjonning Gabala shahrida tashkil qilingan "Yosh qutqaruvchi" tanlovida ishtirok etishdi.

♻️ Ular 10 kun davomida turli xil bosqichdagi musobaqalarda Ozarbayjon, Qozog'iston, Qirg'iziston, Turkiya, Pokiston kabi o'nga yaqin mamlakatlardan kelgan tanlov ishtirokchilari bilan bellashishdi.

⚡️Bu tanlovda Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabining o'quvchilari - Shokirova Irodaxon, Normurotova Sabina, Anvarova Farzonalarning ham borligi bizni quvontirdi.

Telegram | Instagram |Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Bizning_o'quvchilar

💫11-sinf o'quvchisi Shokirova Irodaxon musobaqaning 4-turida "Mening Vatanim - mening jamoam" nomli rasmi uchun faxrli 1-o'rinni qo'lga kiritdi hamda sertifikat va esdalik sovg'alar bilan taqdirlandi.

⚡️Shuningdek, 9-sinf o'quvchilari Normurotova Sabina va Anvarova Farzona badiiy chiqish jarayonida milliyligimizni yaqqol ko'rsatib berishdi.

💥 O'quvchilarimiz Ozarbayjonda Vatanimiz sharafini munosib himoya qildilar va sovg'a-salomlar bilan yurtimizga qaytib keldilar.
Ularning kelgusii ishlarida omad tilab qolamiz.

Telegram | Instagram |Facebook