Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi
1.77K subscribers
9.72K photos
1.27K videos
92 files
3.71K links
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabining rasmiy telegram kanali

“Kelingiz yoshlar, ziyolilar bu kun g’ayrat qiling, Uxlaganlarni agar Qodir esak, uyg’otamiz”Qodiriy

@aqodiriyijodmaktabi_bot
Download Telegram
#Zamin_Creаtive
#Imtihon

Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabida "Zamin Creative” inklyuziv ijod studiyalariga qabul imtihonlari bo‘lib o‘tdi.

❇️Zamin Creative” ta'lim dasturi bo'yicha  aktyorlik mahorati, Fashion Design va media savodxonlik sohalarida ko‘nikmalarga ega bo‘lishga qaratilgan ushbu jarayonlarga ijod maktabi o'quvchilari hamda Toshkent shahridagi  101,102, 106-maxsus (imkoniyati cheklangan bolalar) maktablari o'quvchilari jalb etildi.

🔰Zamin Creative” studiyalaridagi o'quv kurslari o'quvchilarning bo'sh vaqtlarini  samarali tashkil etish va zamonaviy kasb-hunarlarni egallashlariga qaratilib , unda ròyxatdan  o'tgan o'quvchilar ishtirok etmoqdalar.      

Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram                     Facebook
#Zamin_Creаtive
#Taqdimot


❇️ Xabaringiz bor, Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabida “Zamin Creative” ta'lim dasturi doirasida aktyorlik mahorati, Fashion Design va media savodxonlik sohalari bo‘yicha to‘garaklar faoliyat yuritadi. Mazkur mashg‘ulotlarda ijod maktabi o‘quvchilari Toshkent shahridagi 101,102, 106-maxsus (imkoniyati cheklangan bolalar) maktablari o'quvchilari bilan birga ko‘nikmalarga ega bo‘lishadi.

⚡️Kuni kecha “Zamin Creative”ning aktyorlik yo‘nalishi a’zolari Antuan de Sent-Ekzyuperining “Kichkina shahzoda” asaridan parcha sahnalashtirib, ijod maktabi o‘qituvchi va o‘quvchilari uchun taqdimot o'tkazishdi. Bir oy davomida tayyorlanilgan mazkur ijodiy ish tomoshabinlarga manzur bo‘ldi.

Yuqorida spektakl namoyishidan lavhalar...

Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram Instagram Facebook
#Zamin_Creаtive
#2_kun

📖Xabaringiz bor, 14–18-aprel kunlari Farg’ona viloyati Marg’ilon shahrida Respublikamizning turli hududlaridan yig’ilgan iqtidorli o’quvchilar uchun “Inson va tabiat” mavzusida seminar tashkil etildi.

⚡️"Zamin Creative" loyihasi doirasida alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga Media, Aktyorlik, Dizayn to'garagi rahbarlari, surdotarjimon o'qituvchilar yordamida tashkil etilgan darslar juda qiziqarli o’tdi.

📌Unda Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi to’garak rahbarlari – Rasul Tog’ayqulov, Maftuna Xolmatova, Hamdam Shorahmedov va iqtidorli o’quvchilar ana shu tadbir uchun ijodiy safarda bo’lib qaytishdi.

Ikkinchi kunda dasturda ko‘rsatilgan rejaga asosan “Yodgorlik” ipak fabrikasiga sayohat uyushtirildi. Ishtirokchilar ipakchilik tarixi bo‘yicha kerakli xulosaga ega bo‘ldilar.


📸Safarning ikkinchi kunidan lavhalarni tomosha qiling!
Muallif: Hamdam Shorahmedov


🌐 Ijod maktabining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Telegram
Facebook
Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM