Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi
1.78K subscribers
9.72K photos
1.28K videos
92 files
3.71K links
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabining rasmiy telegram kanali

“Kelingiz yoshlar, ziyolilar bu kun g’ayrat qiling, Uxlaganlarni agar Qodir esak, uyg’otamiz”Qodiriy

@aqodiriyijodmaktabi_bot
Download Telegram
#uchrashuv

🔴ABDULLA QODIRIY NOMIDAGI IJOD MAKTABIDA ADABIY UCHRASHUV!

🗓️19-yanvar juma kuni maktabimizda iste’dodli shoir, “Darvesh qo’shig’i”, “Jazba” kitoblari muallifi Jontemir Jondor bilan ijodiy
uchrashuv bo’lib o’tadi.

Soat 14:15 da


TABRIZ SOGʻINCHI

Ozod qushlar, sayyoh qushlar,
Tabrizga eltinglar mani.
Oʻngarilib solih tushlar,
Tabrizga eltinglar mani.

Qodir zamin, masih samo,
Jobir quyun, foram sabo,
Yopintirib juldur qabo,
Tabrizga eltinglar mani.

Haqdan oʻzga sevgoni yoʻq,
Mashrabmanam devoni yoʻq,
Vale mandek devona yoʻq,
Tabrizga eltinglar mani.

Yoʻl koʻrsating safedorlar,
Shams Tabrizim, Shahriyorlar,
Duo qiling Choriyorlar,
Tabrizga eltinglar mani.

Man Atoman Havom qani?
Gʻazalnavis aʼvom qani?
Bundan ortiq daʼvom qani?
Tabrizga eltinglar mani.

Ishq deganda dilim qonmas,
Tilim kuymas, tanim yonmas,
Alloh, Alloh, jovidonmas,
Tabrizga eltinglar mani.

Firavnga teng gʻururi,
Poshsho edim kibor, poʻrim,
Gado boʻldim tushda koʻ-oʻrib,
Tabrizga eltinglar mani.

Shahrisabz baridan pesh,
Biroq koʻngil visolga esh,
Diydorlashsin ikki darvesh,
Tabrizga eltinglar mani.

Qazo topsin shabi anduh,
Kel, ey Duldul, Kemai Nuh,
Tark etmayin koʻzani ruh,
Tabrizga eltinglar mani.

Tabrizga eltinglar mani.
Tabrizga eltinglar mani.



🌐 Ijod maktabining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Telegram
Facebook
Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#vikipediya
#uchrashuv


📌Bugun Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabida Yoshlar ishlari agentligining mashhur loyihasi bo’lgan – “Wikistipendiya” tashkilotchilari bilan uchrashuv tashkil etildi.

Bu uchrashuv bevosita respublikamizdagi boshqa ijod maktablariga ham Zoom platformasi orqali uzatildi. Loyiha xodimlari Jamshid Nurqul va Asliddin Yunusovlar hamda Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi mas’ul xodimi Zarina G’aniyevalar maktabimiz o’quvchilariga “Wikistipendiya marafoni”, o’zbekcha Vikipediya haqida qiziqarli va to’la ma’lumotlarni ulashishdi.

📆Ma’lumot uchun, 2001-yil 15-yanvar Wikipediyaning wiki-ensiklopediya sayti ilk bor ishga tushirilgan edi.



🌐 Ijod maktabining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Telegram
Facebook
Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#ijodiy_togarak
#uchrashuv

📌Xabaringiz bor, bir necha kun avval Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabida shoir Jontemir bilan uchrashuv bo’lishi xabar berilgan edi.

Bugun maktabimizning “Mujda” to’garagi a’zolari va o’quvchilari ishtirokida ana shu ijodiy uchrashuv bo’lib o’tdi.

🔥Dastlab shoirning o’zi haqidagi fikrlari, adabiyot, she’riyat haqidagi qarashlaridan so’ng qizg’in bahs-munozara boshlanib ketdi. O’quvchilar o’zlarining qiziqtirgan savollariga javob olishdi.

📚
Uchrashuv so’ngida maktabimiz ilk qaldirg’ochi Aziz Toshqorayev maktab kutubxonasiga Jontemirning “Jazba” kitobini taqdim qildi.


🌐 Ijod maktabining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Telegram
Facebook
Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#uchrashuv
#mahorat_darsi

📌Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabida bugun O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, taniqli adabiyotshunos Qozoqboy Yo’ldoshev bilan ijodiy uchrashuv bo’lib o’tdi.

Uchrashuv mavzusi “She’r, she’riy san’atlar, she’riyat tushunchasi”. Professor tomonidan o’tilgan ma’ruzada o’quvchilarga qimmatli bilimlar ulashildi. Mahorat darsi so’ngida o’zaro savol-javoblar bo’lib o’tdi.


🌐 Ijod maktabining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Telegram
Facebook
Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#uchrashuv


📌Xabaringiz bor, Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabida Kolumbiya universiteti professori, olima Aziza Shonazarova bilan uchrashuv bo’lib o’tishi xabar qilingan edi.

Uchrashuvda asosan maktabning 10-11 sinf o’quvchilari, ya’ni talabalikka qadam qo’yish arafasida bo’lgan yoshlar o’rtasida tashkil etildi.

📚Olima avvalo O’zbekiston va chet el ta’lim tizimlari, ular orasidagi o’xshashlik va farqli jihatlarni batafsil tushuntirdi. O’quvchilar o’zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi.

📸Uchrashuvdan qaynoq lavhalarni tomosha qiling!


🌐 Ijod maktabining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Telegram
Facebook
Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#uchrashuv

📌Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabida Sharqshunoslik instituti katta ilmiy xodimi, PhD Oysara Madaliyeva bilan “Navoiy merosi” nomli adabiy uchrashuv bo’lib o’tadi!

Ertaga, soat 15:00 da barchangizni kutamiz!


Tariximiz va adabiyotimizda katta shaxs bo’lgan Navoiy haqidagi dilbar suhbatimizga siz ham keling!


🌐 Ijod maktabining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Telegram
Facebook
Instagram
#uchrashuv

📌Xabar berganimizdek, Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabida “Navoiy merosi” mavzusida adabiy uchrashuv bo’lib o’tdi.

Olima Oysara Madaliyeva “Alisher Navoiy hayoti va shoirning lirik merosi” mavzusida qiziqarli ma’ruza o’qib, o’qituvchi hamda o’quvchilarga Navoiy devonlari haqida yangi ma’lumotlar ulashdi.

🛑
Uchrashuv so’ngida falsafa fanlari doktori, professor Baxtiyor Karimov Navoiy tilining jahon hamjamiyatidagi o’rni, jadidlar orzusi haqida fikr bildirdi.


🌐 Ijod maktabining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Telegram
Facebook
Instagram
#uchrashuv


Bugun Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabida Olmazor tumani Yo’l-patrul xizmati boshqarmasi xodimi, kichik serjant Diyorbek Safarov o’quvchilarimiz bilan yo’l harakati qoidalari, piyodalar yo‘lagida harakatlanish tartibi bo‘yicha mahorat darsi olib bordi.

📌Qiziqarli va foydali ma’lumotlarga boy bo’lgan uchrashuvda savol-javob o’tkazilib, mavzu borasida kerakli bilimlar berildi.

🛑
Uchrashuv Yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash bo'yicha direktor o'rinbosari Behzod Xalilov tashabbusi bilan tashkil etildi.


🌐 Ijod maktabining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Telegram
Facebook
Instagram
#uchrashuv

⚡️DIQQAT E’LON!!!

📌Ertaga, 12-fevral kuni soat 14:00 da Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabida Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Raqamli ta'limni rivojlantirish markazi direktori Shuhrat Sattorov bilan
uchrashuv bo’lib o’tadi!

Uchrashuv mavzusi: “Muvaffaqiyatli boshqaruvda liderlik ko'nikmalari”.

🛑Ushbu uchrashuvga barcha o’quvchilarni taklif qilamiz!


🌐 Ijod maktabining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Telegram
Facebook
Instagram