Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi
1.77K subscribers
9.72K photos
1.28K videos
92 files
3.71K links
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabining rasmiy telegram kanali

“Kelingiz yoshlar, ziyolilar bu kun g’ayrat qiling, Uxlaganlarni agar Qodir esak, uyg’otamiz”Qodiriy

@aqodiriyijodmaktabi_bot
Download Telegram
#uchrashuv

Toshkent shahrida Janubiy Koreyaning Aju universiteti filiali faoliyat yuritayotganidan xabaringiz bor.

⚡️Kuni kecha Abdulla Qodiriy nomidagi ijodiy maktabga Aju universiteti ustoz-professorlari tashrif buyurishdi. 10-11- sinf o‘quvchilari bilan kechgan uchrashuvda mehmonlar oliy ta’lim maskani haqida batafsil ma’lumot berib o‘tishdi. O‘quvchilar tomonidan berilgan savollar qizg‘in muhokamalar asosida davom etdi.
🎯Ma’lumot uchun, Toshkentdagi Aju universiteti Oʻzbekiston va Koreya hamkorligidagi xalqaro universitet hisoblanadi. Oliy dargoh O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 30-noyabrdagi “Toshkent shahrida Aju universitetini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-4041-son qarori bilan Toshkent shahrida tashkil etilgan.

📌Ayni paytda Aju universiteti bakalavriatida to‘rtta yo‘nalish:

✔️Arxitektura

✔️Qurilish tizimlari muhandisligi

✔️Elektrotexnika va kompyuter injiniringi

✔️Koreys tili va filologiyasi
bo‘yicha yo‘nalishlar mavjud.


Telegram
Forwarded from Hilola Umarova
Namunali ota-ona bo‘la olyapmizmi?

So‘nggi kunlarda maktab o‘quvchilari bilan bog‘liq turli holatlarni kuzata turib, yurtimizdagi barcha ota-onalarga bir savol bilan murojaat qilishni istadim: bugun biz namunali ota-ona bo‘la olyapmizmi? Namunali ota-ona kim o‘zi?

Ijtimoiy tarmoqlarda farzandlarimiz tarbiyasi, aniqrog‘i tarbiyasizligi bilan bog‘liq ko‘plab videolar tarqalmoqda. Birida o‘g‘il bola o‘quvchi hech tap tortmay ustozi va qiz bola sinfdoshlari oldida kurakda turmaydigan mavzuda gapirishga haddi sig‘ayotgan bo‘lsa, boshqasida bir-bir bilan mushtlashayotgan o‘g‘il-qizlarga guvoh bo‘lish mumkin. Afsuski, bunday holatlar kam emas.

Kelajagimizni ta’minlashda har tomonlama yetuk avlodni tarbiyalash, mustaqil fikrlaydigan, ezgu fazilatlarga ega yoshlarni voyaga yetkazish bugungi kunning eng muhim vazifalaridan biriga aylanib bormoqda.

Xo‘sh, bunda bugungi ota-onalarning o‘rni va xizmatlari qanday bo‘lyapti? Bugungi namunali ota-onalarning hayotiy mezonlari nimalardan iborat?

Qayd etish joizki Vazirlik tomonidan ishlab chiqilgan “Namunali ota-ona” mezonlarida bu haqida quyidagicha muhim ta’riflar keltirib o‘tilgan.

Unga ko‘ra, o‘z farzandining ta’lim-tarbiyasi bilan muntazam shug‘ullanadigan, uni tinglash uchun doim vaqt topa oladigan, farzandida o‘qishga bo‘lgan ishtiyoqni oshirib, unga motivatsiya beradigan ota-onalar bu borada yetakchilik qiladi.

Farzandi ongida ma’naviy qadriyatlarni shakllantira oladigan, uni umuminsoniy va milliy qadriyatlar hamda jamiyatdagi qonun va qoidalarga hurmat ruhida tarbiyalaydigan, bu borada o‘zi shaxsiy namuna bo‘la oladigan ota-onalar ham ushbu mezonga to‘la mosdir.

Farzandining bo‘sh vaqtini kimlar bilan va qanday o‘tkazayotganini doimiy nazorat qilib boradigan, uni ta’lim oladigan maktab jamoasiga nisbatan hurmat ruhida tarbiyalayotgan insonlar namunali ota-onalardir.

Sababi, yuqorida keltirib o‘tilgan o‘quvchilar ishtirokidagi salbiy holatlarning tag zamirida ota-onalarning o‘z farzandi tarbiyasi, kelajak taqdiriga befarqligi va uning bo‘sh vaqtini qanday o‘tkazayotgani bilan qiziqmasligi yotibdi.

Istardimki, ota-onalarimiz, mahalla-ko‘y va bobo-buvilarimiz bolalarimiz bilan ko‘proq suhbat olib borishsa, ularning hayot, odob-axloq, kelajak orzulari, qiziqishlari haqida bolaning o‘zi bilan muloqot olib borsa.

Farzand tarbiyasidagi muvaffaqiyat kaliti bu albatta unga bo‘lgan muhabbat, g‘amxo‘rlik va hurmatdir. Farzand har jihatda namunani ota-onasidan oladi. Namunali ota-ona bo‘lishning shartlari esa juda oddiy va shu bilan birga juda murakkabdir. Ammo uning mevasi shirin, bu – farzand kamoloti va baxtidir.

Shunday ekan, aziz ota-onalar! Zimmangizga yuksak va ma’suliyatli vazifa yuklatilgan, oilangizda o‘rnatilgan namunali tartib va ijobiy muhit nafaqat farzandingiz tarbiyasiga, balki sizning kelajagingizga bevosita ta’sir etishini unutmasligingizni so‘rab qolaman.


Suratda bugungi kunda ikki nafar farzandi Prezident maktabida tahsil olayotgan, ularning ta’lim-tarbiyasida barchaga namuna bo‘la oladigan ota-onalardan biri Abdulhay va Nargiza Jo‘raevlar oilasi.
#Taqvim
 
Bugun 16-aprel - haftaning yakshanba kuni. Ushbu sanadagi voqealar bilan tanishing:   

🔶Butunjahon ovoz kuni

🔶Butunjahon nuqtali vergul kuni

🔶Avstraliya - Dengiz jonivorlari kuni

🔶Choy kashf etilgan kun

🔶Tojikiston - Dushanbe shahri kuni

🔶  Jazoir - Bilim va fan kuni

🔶Shoislom Shomuhamedov (2007) - sharqshunos, eronshunos olim, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1978) tavallud topgan

🔶Isroilda ilk bor “Koka-kola” sotuvga chiqdi

🔶Surxondaryo viloyatning Angor tumani tashkil topgan

🔶Sirdaryo viloyatida Guliston tumani tashkil etilgan
#Taqvim

Bugun 17-aprel, haftaning dushanba kuni.

Ushbu sanada:

✔️Niderlandiyada O'rmonchilar kuni

✔️Xalqaro olim va kashfiyotchilar bayrami kuni

🛫Samolyot ixtiro qilingan kun

📌Xalqaro ingliz tili bayrami kuni

🔥O’zbekistonda Yong‘in xavfsizligi xizmati xodimlari kuni.

📝Xalqaro yozuvchilar bayrami
Bu bayram, deyarli butun dunyoda nishonlanadi. Ushbu bayramning to'liq nomi Xalqaro yozuvchilar dunyosi kuni. Bayram Xalqaro PEN-klubning 48-kongressi qarori asosida ta'sis etilgan bo'lib, 17-18-aprel 1986-yili o'tkazilgan. PEN-klubga 1921-yil Londonda asos solingan. Klub nomi qisqartirilgan nomi Poets — shoirlar, Essayists — ocherkchialr, Novelists — romannafislar. Yana bir qiziq fakt: pen – ingliz tilidan tarjimasi – ruchka ma'nosini beradi. 1923 -yil Londonda PEN-klubning ilk xalqaro konferensiyasi bo'lib o'tgan, u vaqtda pen-sentrlar 11 mamlakatda tashkil etilgan. Bugungi kunda markazlar 130 davlatda faoliyat yuritadi.

Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram Facebook
#togaraklar_faoliyati

Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabining “Tasviriy va raqamli san’at” to’garagi a’zosi, “Raqamli avlod qizlari - 2023” respublika inklyuziv IT oromgohining g’olibasii, 8-“b” sinf o’quvchisi Yusupaliyeva Marg’ubaning ijodiy ishlaridan namunalar.

Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram Facebook
#hamkorlik

🏫 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularda xalqimiz tarixi va ma’naviy qadryatlarimizga nisbatan yuksak tuyg‘uni, ma’naviy-ruhiy faol hayotiy pozitsiyani shakllantirishga qaratilgan tadbirlar tashkil etish maqsadida ijod maktabining Yo.H.V.R.T bo'yicha direktor o‘rinbosari B Xalilov boshchiligida 10-sinf o’quvchilari O‘zbekiston Respublikasi Toshkent shahar Milliy Gvardiyasi boshqarmasining “Chavondozlar maktabi"da o‘quv amaliy mashg’ulotlarida ishtirok etishdi.

🐎Chavandozlik bo'yicha mutaxassislar o'quvchilarga tushuntirish ishlarini olib borishdi. Jasur qizlarimiz otga minib, bu borada ham o‘zlarini sinab ko‘rishdi. Mazkur amaliy mashg‘ulot ishtirokchi o‘quvchilarda katta tassurot qoldirdi.

Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram Facebook
#referendum

⭕️ Mamlakatimizda joriy yilning 30 aprel kuni bo‘ladigan muhim siyosiy tadbir – Referendum o‘tkazilishiga ham oz qolyapti. Toshkent shahri Olmazor tumani 775-referendum o‘tkazish uchastkasi Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabida joylashgan.

⚡️Kuni kecha ijod maktabi faollar zalida referendum o‘tkazish komissiyasi a’zolari, “Ma’naviyat va ma’rifat” markazi xodimlari, mahalla faollari va ijod maktabi o‘qituvchilari ishtirokida uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuvda yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning mazmun mohiyati haqida so‘z yuritildi. Shuningdek, referendum o‘tkazuvchi uchastka komissiyalari faoliyatining huquqiy asoslari, tashkiliy masalalar, fuqarolar ro‘yxatini shakllantirish, muddatidan oldin ovoz berishni tashkil etish, ovoz berish kunida komissiya a’zolarining faoliyati, ovozlarni sanash jarayonlari, kuzatuvchilar bilan ishlash kabi mavzularga ham to‘xtalib o‘tildi.

Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram Facebook