Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi
2.34K subscribers
10.2K photos
1.31K videos
93 files
3.83K links
Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi. “Bizga jadid bobolarimiz kabi g’arb ilm-fani yutuqlari bilan birga milliy qadriyatlar ruhida tarbiya topgan yetuk kadrlar suv bilan havodek zarur” Sh.Mirziyoyev
🗳️ Online qabulxona: @aqodiriyijodmaktabi_bot
Download Telegram
#tadbir

21 oktyabr - O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Jamoat Xavfsizligi Universiteti “Tillarni o‘rganish kafedrasi” tomonidan “Tilga e’tibor – elga e’tibor” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi tashkil etildi.

Mazkur tadbirda Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi direktori Hilola Nazirova ham “Xorazm tarjimonlik maktabining namoyondolari” mavzusida ma’ruza qildi.

Konfirensiya davomida o‘zbek tilining huquqiy maqomini belgilashda yengib o‘tilgan qiyinchiliklardan tortib hozirgi kunda tilimizning boy imkoniyatlaridan keng foydalanish uchun yaratilgan shart – sharoitlar hamda davlat tilini yangi pog‘onaga olib chiqish borasida qilinayotgan sa’y-harakatlar alohida e’tirof etildi.

Tadbir nihoyasida Universitet jamoasi tomonidan tashakkurnoma taqdim etildi. Hamda Universitet va maktab orasida hamkorlik qilishga kelishib olindi.
#tadbir
📝"Turkiston muxtoriyati"ning tashkil etilganligining 105 yilligi!  📚"Turon" kutubxonasida "Turkiston muxtoriyati"ning 105-yilligiga bag'ishlangan O'zR FA Tarix instituti, "Turon" kutubxonasi va Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi rahbariyati hamkorligida tadbir uyushtirildi. Tashkilot rahbarlari tomonidan qutlov so'zlari aytildi.  Tarix instituti bosh ilmiy xodimi Qahramon Rajabov, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasiyaning professori Saidakbar Agzamxodjayev va boshqalar so‘zga chiqdilar.
  Maktab o‘quvchilari Abdulla Qodiriyning "Ahvolimiz" va Abdulhamid Sulaymon o‘g‘li Cho‘lponning "Turkiston muxtoriyati madhiyasi" she'rlari bilan ishtirok etdilar.
  Tadbirda tashkilot tarixi va tarixiy shaxslar, milliy matbuot, Turkiston birligi g‘oyasi hususida va tushunchalarga  ta'riflar berildi.
   🎤🎥  O‘quvchilar O‘zMTRKga intervyular berdilar. Tadbir oyina.uzda ham yoritildi. O‘quvchilarda o‘zlikni anglash dolzarbligi, ajdodlar jasorati va matonati haqida yangi bilim hosil bo‘ldi.

t.iss.one/qodiriy_abdulla
#tadbir
O‘zbek adabiyoti namoyondalari va ularning asarlarini keng targ‘ib qilish maqsadida Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabida oliy toifali o‘qituvchi Leyla Tagiyeva boshchiligida "Abdulla Qodiriy asarlarini va ijodini rus tilida o‘rganamiz" mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbir milliy an'analarimiz va san'atimizni o‘zida mujassam etgan ko‘rgazmadan boshlandi. 📚Adib asarlari asosida 🎥videorolik va 🖼 rasmlar 🎨 tanlovi, "O‘tkan kunlar" asari asosida o‘quvchilar 🎭 sahna ko‘rinishini ijro etishdi, 📝she'riy va 🎼musiqiy chiqishlar bo‘ldi. Adibning hayoti va ijodi bo‘yicha viktorina tashkil etildi.  Mehmon sifatida Abdulla Qodiriyning navaralari Sherkon Qodiriy tashrif buyurdilar. Hay'at a'zolari o‘quvchilarning barcha chiqishlarini baholab, g‘oliblarni taqdirladilar🥇. Bunday tadbirlar o‘quvchilarda adib ijodini chuqurroq o‘rganish bilan birga ularda rus tilida ravon so‘zlashga, kreativlikka sabab bo‘ladi. Qahramonlarning ichki kechinmalarini horij tilida tushunish ko‘nikmasi hosil bo‘ldi.

t.iss.one/qodiriy_abdulla
#Ijodiy uchrashuv
#tadbir
Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabining o‘quvchilari "Turon" AKM da 🎭 "Abdulla Qodiriy hayoti teatr sahnasida" nomli madaniy-ma'rifiy tadbirda ishtirok etishdi. O‘quvchilar O‘zbekiston Davlat drama teatri tomonidan sahnalashtirilgan "Jinlar bazmi" spektaklidan parcha tomosha qilishdi va aktyorlarning ijodlari xususida suhbatlashishdi.

t.iss.one/qodiriy_abdulla
#konstitutsiya_30_yillik
#tadbir
#konstitutsiya_bosh_qomusimiz

Bugun Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabida O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 30 yilligiga bag‘ishlab "Konstitutsiya-bosh qomusimiz" mavzusida ma'naviy-ma'rifiy tadbir o‘tkazildi.

Tadbir davomida o'quvchilar bosh qomusimizda keltirib o'tilgan moddalar haqida atroflicha ma'lumotlarga ega bo'ldilar.

t.iss.one/qodiriy_abdulla
#tadbir
#abdulla_qodiriy_ijod_maktabi_3_yoshda
#ayyom_muborak

Bugun Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi tashkil topganligining 3 yilligi nishonlandi.
Tadbirni maktab direktori, falsafa fanlari doktori Nazirova Hilola ochib berdi. Mehmon sifatida tashrif buyurgan Al-Buxoriy universitetining rektori, t.f.n. Muzaffar Ahmedov so‘zga chiqib, barchani muborakbod etdi.
Tadbirda yil yakunlari sarhisobiga ko'ra "'Eng faol o‘qituvchi" tanlovi g'oliblari taqdirlanishdi.
Bayram tadbiri "Tasviriy va raqamli san'at" to‘garagi ko‘rgazmalari, "Chig’atoy gurungi" ansamblining chiqishi: xalq kuyi va musiqalari ijro etildi, bahr-u bayt aytildi, drama to‘garagi a'zolari ishtirokida "Shu Vatan saodatini qaytarmoq uchun" sahna ko‘rinishi bilan ziynatlandi.
Tadbir yakunida O‘zbekiston tarixi davlat muzeyining ilmiy xodimi Jamshid Pirimqulov va Abdulla Qodiriyning avlodi Sherkon Qodiriy so‘zga chiqib, moziyga qaytib o‘tganlarni yod etdilar va yoshlarni ruhlantirdilar.

t.iss.one/qodiriy_abdulla
#tadbir
#ijodiy_togarak


🔰Bugun Yozuvchilar uyushmasida O’zbekiston xalq shoiri Rauf Parfi tavalludining 80 yilligi keng nishonlandi. Ushbu tadbirga Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabining Ijodiy to’garak faollari ham tashrif buyurishdi. Tadbirda Usmon Azim, Farida Afro’z kabi taniqli shoirlar so’zga chiqib, shoirni xotirladilar. Rauf Parfi hayoti va ijodiga bag’ishlangan hujjatli film namoyish etildi, yangi kitob taqdimoti bo’lib o’tdi.

❇️Sahifalarimizni kuzatishda davom eting

Telegram | Instagram |Facebook
#tadbir

🔰Kuni kecha 28-sentyabr kuni Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi o’quvchilari va jamoasi “O’zbekiston tarixi” telekanaliga tashrif buyurib, “Tarixiy savol” ko’rsatuvida ishtirok etishdi. O’quvchilarimizdan Abdug’aniyeva Komila, Sayitboyeva Malikalar ishtirok etishdi.
Ustoz Nilufar Ibragimova bilan birga ko’rsatuvda ishtirok etgan o’quvchilar yorqin taassurotlar bilan qaytishdi.

Eslatib o’tamiz, “Tarixiy savol” ko’rsatuvining muallifi maktabimiz direktori Hilola Nazirovadir.

Telegram | Instagram |Facebook
#tadbir


🔰Sentyabr tadbir-u bayramlarga boy bo’ldi! Bugun Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabida ana shu tadbirlarning, tanlovlarning sarhisobi bo’lib o’tdi. An’anaviy yig’ilish bu safar ko’tarinki kayfiyat bilan o’tdi. Ham ustozlar, ham o’quvchilar munosib e’tirof etildi.

🎊1-oktyabr “O’qituvchi va murabbiylar kuni”ga atalgan tanlov g’oliblari taqdirlandi. Butun respublikada o’tkazilgan “Xon atlas–2023” chellenji ishtirokchilari ham rag’batlantirildi.
👩🏻‍🏫 Shuningdek, maktabimizdagi fidokorona mehnati, jonkuyarligi bilan o’rnak bo’lgan o’qituvchilar agentlikning maxsus tashakkurnomasi bilan taqdirlanishdi.

🛑Yuqorida ushbu jarayonning fotosuratlari bilan tanishishingiz mumkin.


Telegram | Instagram |Facebook
#tadbir
#ajdodlar_yodi


🔰Bugun “Turon” kutubxonasida “Qaramlik, qatag’on va millat” umummilliy ilmiy yig’ini bo’lib o’tdi. Tadbir O’zbekiston Respublikasi Fanlar akamediyasining Tarix instituti, Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi va “Turon” kutubxona axborot markazi hamkorligida tashkil etildi.

🛑Tadbirni Tarix instituti direktori Azamat Ziyo, “Turon” kutubxonasi direktori Dildora Abduazizova, maktabimiz direktori Hilola Nazirovalar ochib berishdi. So’ngra qatag’on siyosati, jadidchilik harakati to’g’risida bir qancha olimlar o’z ma’ruzalari bilan chiqish qilishdi.

Shuningdek, Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi direktori Hilola Nazirova “Ijod maktablarida jadidlar merosi: Is’hoqxon Ibrat va Abdulla Qodiriy maktablari misolida” mavzusida ma’ruza qildi.

Telegram | Instagram |Facebook
#tadbir

🔰Bugun shoir va tarjimon Faxriyor tavalludining 60 yilligi keng nishonlanmoqda.
Shu munosabat bilan O’zbekiston Fanlar akademiyasi O’zbek tili, adabiyoti va folklori institutida “Yangi davr adabiyotida Faxriyor ijodining oʻrni” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo’lib o’tdi.

📚Ushbu anjumanga maktabimizning o’qituvchi va o’quvchilari ham tashrif buyurishdi. 8- “V” sinf o’quvchilari Eshqulova Marjona, Shakarova Shalolalar Faxriyor ijodidan yod olishib, shoirning “Izlam” kitobini qabul qilib olishdi.

🛑Shuningdek, tadbirda adabiyotshunos olim Qozoqboy Yo’ldosh, “Akademnashr” nashriyoti direktori Sanjar Nazar, Sa’dulla Quronov kabi olimlar Faxriyor ijodi haqida ma’ruzalar qilishdi.


Sahifalarimizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Instagram |Facebook
#tadbir


🔰Kuni kecha bo'lib o'tgan ushbu tadbirda Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi o'quvchilari ham qatnashishdi.
#tadbir
#ustozlar_kuni


🔰1994-yilda xalqaro YUNESKO tashkiloti tomonidan 5-oktyabr “Xalqaro o’qituvchilar kuni” sifatida nishonlanadi. Kecha Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabida shu kunga bag’ishlangan bayram tadbiri o’tkazildi. Tadbir Rus tili fani o’qituvchisi Leyla Tagiyeva boshchiligida tashkil etildi.

🛑8-sinf o’quvchilari tomonidan tayyorlangan sahnaviy chiqishlar, qiziqarli she’r-u qo’shiqlar ustoz-murabbiylarimizga ko’tarinki kayfiyat bag’ishladi.


Telegram | Instagram |Facebook
#tadbir
#ona_tilim_faxrim

🏤Bugun O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati binosida “Ona tilim – faxrim” nomli bayram tadbiri o’tkazildi. Bayram 21-oktyabr O’zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi jamoasi va o’quvchilari ishtirokida bo’ldi.

📌Maktabimiz o’quvchilari dastlab senatorlar bilan samimiy va ochiq muloqot o’tkazishib, so’ngra bayramona dasturni taqdim etishdi.

🔰Tadbirni Oliy Majlis Senatining Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qo’mitasi raisi o‘rinbosari Toshmuhammedova Dilorom G'ofurjonovna ochib berdi.

📚So’ngra maktabimiz direktori, tarix fanlari bo’yicha falsafa doktori, matnshunos olima Hilola Nazirova o’zbek tilining tarixiy taraqqiyoti, tarjimonchilik masalalari, tilimizga e’tibor mavzularida ma’ruza qildi.


🎼Tadbir so’ngida kuylangan “Go’zal, Turkiston” qo’shig’i barchaning dilida g’urur, ona tiliga bo’lgan muhabbatning ramziy ko’rinishi bo’ldi.


Telegram | Instagram |Facebook
#tadbir
#taqdimot


🔰Kecha Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabining ustoz va o’quvchilari Yoshlar ishlari agentligi Pres klubida bo’lib o’tgan “Uyg’onish” hamda “Zulfiqor ruh” kitoblarining taqdimotida ishtirok etishdi.

📌Unda “Uyg’onish” to’plami mualliflari Abdulqodir Zohidiy, Feruza Muhiddinova kabi olimlar ishtirok etib, taqdimotning birinchi qismida ma’ruza qilishdilar.

🛑Tadbirning ikkinchi qismi olovqalb shoir Shavkat Rahmonning “Zulfiqor ruh” saylanmasiga bag’ishlandi. Bunda shoirning turmush o’rtog’i, oila a’zolari ham ishtirok etdi.

Shuningdek, tadbirda Mirzo Kenjabek, Xurshid Davron kabi ustoz shoirlar Shavkat Rahmon bilan bog’liq xotiralarini bo’lishdilar.

Eslatib o’tamiz, maktabimiz Ijodiy to’garak rahbari Nigora Asqaraliyeva “Anorbooks” nashriyotining muharriri ham hisoblanadi.

Yuqorida ana shu tadbirdan lavhalarni tomosha qilishingiz mumkin.


Telegram | Instagram |Facebook
#tadbir
#bayrogim_iftixorim

🔰Bugun “Turon” AKM da davlat bayrog’i qabul qilinganligining 32 yillik tantanasi bo’lib o’tdi.

📌Ana shu tadbirda Abdulla Qodiriy ijod maktabi o’quvchilari ham faol ishtirok etishdi. Bayroq haqidagi ma’lumotlar, o’zlari yozgan she’rlarni yoddan aytishdi. Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir Davron Rajab ham miliy ramzimiz haqida o’z fikrlarini bayon etib o’tdi.


Telegram | Instagram |Facebook