Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi
2.35K subscribers
10.3K photos
1.31K videos
93 files
3.85K links
Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi. “Bizga jadid bobolarimiz kabi g’arb ilm-fani yutuqlari bilan birga milliy qadriyatlar ruhida tarbiya topgan yetuk kadrlar suv bilan havodek zarur” Sh.Mirziyoyev
🗳️ Online qabulxona: @aqodiriyijodmaktabi_bot
Download Telegram
#Balli_qizlar


⚡️Nafosat va go‘zallik bayrami munosabati bilan o‘quvchi qizlar o‘rtasida sharqona tarbiya, milliy va umuminsoniy qadriyatlar hamda sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, , faol o‘quvchi qizlarni rag‘batlantirish, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabida “Balli qizlar” tanlovi tashkil qilindi.

💫7-9-10- sinf o‘quvchilari beshtalik jamoaga aylanib, turli bilimlarda o‘zaro kuch sinashdilar.

💥Qizlar yetti xil:
• “Ekologo” – ishlatilgan buyumlardan nimadir yasash;
• Uy-ro‘zg‘orga oid savol javoblar;
• Berilgan masalliqlardan salat tayyorlash;
• Turli musiqalarga mos raqsga tushish;
• Fanlarga oid test yechish;
• “Zamonaviy o‘zbek olimasi” mavzusida insho yozish;
• “Sirli mehmon savoli” kabi shartlar asosida bellashdilar.

🎯Tanlovga hakamlar safida “Mehnat shuhrati” ordeni sohibasi ,”Ichan qal’a” muzeyi ilmiy xodimi Zaynab Abdullayeva va “Kokos+” fancheyzing asoschisi Hilola Xolmurodova tashrif buyurishdi. Yettinchi shart bo‘yicha Hilola Xolmurodova tomonidan qizlarga vatman qog‘ozlar ulashilib, o‘n daqiqada kelajakdagi biznes g‘oyalarini tasvirlab berishlari talab etildi.

🥇Shartlarga qo‘yilgan baholarga ko‘ra 10-“A” sinf qizlari 271 ball bilan g‘oliblikni qo‘lga kiritdilar.
🥈Ikkinchi o‘rin 9-“A” sinfiga (267 ball),
🥉 Uchinchi o‘rin esa 10-“B" (264 ball) sinf jamoalariga nasib qildi.

🎊Shuningdek, ko‘tarinki ruhda o‘tkazilgan tadbirda turli sovrinli lotoreya o‘yinlari o‘ynaldi va omadli qatnashchilarga yutuqlar taqdim etildi. Tadbirga taklif qilingan onajonu buvijonlar ham kuy-qo‘shiqlarga raqsga tushib, yanada ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishlashdi.

Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram Facebook