Audio
#Boburga_ehtirom
📻"Ovozi tojik" radiokanali F‘M 105, 5 to‘lqini, "Adabiyotimiz durdonalari" eshittirishi
📌Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi ustoz va o'quvchilaridan Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti va ijodiga bir nazar...
🎙Ona tili va adabiyoti fani o‘qituvchisi Tog‘aymurodov Abduvoid
🎙10-B sinf o‘quvchisi Mahmarajabova Gulsanam
🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating ⬇️
Telegram Facebook
📻"Ovozi tojik" radiokanali F‘M 105, 5 to‘lqini, "Adabiyotimiz durdonalari" eshittirishi
📌Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi ustoz va o'quvchilaridan Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti va ijodiga bir nazar...
🎙Ona tili va adabiyoti fani o‘qituvchisi Tog‘aymurodov Abduvoid
🎙10-B sinf o‘quvchisi Mahmarajabova Gulsanam
🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating ⬇️
Telegram Facebook
#Boburga_ehtirom
BOBUR
Otlar elar shiddatdan terlab,
Yangrar xatar to‘la taqalar,
Hurkib ko‘kka sapchir,patirlab,
Tun uyqusi — qora qarg‘alar.
Otlar elar,
Tillarang xazon
Suvoriylar uzra sochilar,
Elas-elas yangraydi azon —
Tog‘lar uzra osmon ochilar.
Otlar elar og‘zi ko‘pirib,
Uyg‘otgancha mudroq yo‘llarni,
Go‘yo to‘gon bandin o‘pirib,
Toshqin quvib kelar ularni.
“Zahiriddin,qayga borursan,
Bobong yurtin,taxtini tashlab?!
Qora taqdir seni qul kabi
Qayonlarga ketmoqda boshlab?!
Zahiriddin, bu qanday savdo,
Qora hijrat sari yuz tutmoq?
Yuragingni etar-ku ado,
Tirik turib,Vatandan ketmoq?!
Zahiriddin,ortga bir qara,
Ortga boq,ey,sheri sargardon,
Axir,keyin tushlaringda ham,
Bu tuproqni ko‘rmog‘ing gumon”.
Ot pishqirib to‘xtar, chavandoz
Uzangiga tirar oyogin
Va bo‘g‘ziga to‘plar beovoz
Vujudiga to‘lgan ingrogin.
Alam bilan yuragi urar,
Shivirlaydi titroq lablari:
“Hamma yerdan ko‘rinib turar
Samarqandning minorlari”.
✍️Hurshid DAVRON
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating ⬇️
Telegram
BOBUR
Otlar elar shiddatdan terlab,
Yangrar xatar to‘la taqalar,
Hurkib ko‘kka sapchir,patirlab,
Tun uyqusi — qora qarg‘alar.
Otlar elar,
Tillarang xazon
Suvoriylar uzra sochilar,
Elas-elas yangraydi azon —
Tog‘lar uzra osmon ochilar.
Otlar elar og‘zi ko‘pirib,
Uyg‘otgancha mudroq yo‘llarni,
Go‘yo to‘gon bandin o‘pirib,
Toshqin quvib kelar ularni.
“Zahiriddin,qayga borursan,
Bobong yurtin,taxtini tashlab?!
Qora taqdir seni qul kabi
Qayonlarga ketmoqda boshlab?!
Zahiriddin, bu qanday savdo,
Qora hijrat sari yuz tutmoq?
Yuragingni etar-ku ado,
Tirik turib,Vatandan ketmoq?!
Zahiriddin,ortga bir qara,
Ortga boq,ey,sheri sargardon,
Axir,keyin tushlaringda ham,
Bu tuproqni ko‘rmog‘ing gumon”.
Ot pishqirib to‘xtar, chavandoz
Uzangiga tirar oyogin
Va bo‘g‘ziga to‘plar beovoz
Vujudiga to‘lgan ingrogin.
Alam bilan yuragi urar,
Shivirlaydi titroq lablari:
“Hamma yerdan ko‘rinib turar
Samarqandning minorlari”.
✍️Hurshid DAVRON
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating ⬇️
Telegram