Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi
1.77K subscribers
9.82K photos
1.28K videos
92 files
3.75K links
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabining rasmiy telegram kanali

“Kelingiz yoshlar, ziyolilar bu kun g’ayrat qiling, Uxlaganlarni agar Qodir esak, uyg’otamiz”Qodiriy

@aqodiriyijodmaktabi_bot
Download Telegram
#Ehtirom

Bobur yodi...

Sabr yaxshilikning goʻzal mevasi,
Ildizi oʻqdayin boʻlmogʻi kerak.
Faryod etar Umarshayxning bevasi,
Taxtida dilbandi, u ham bir goʻdak.

Yoshlik, begʻuborlik oxir unutib,
Taxt, jang-u jadalga qoʻshildi majbur.
Ey avlod, unutma sening ajdoding,
Yosh boshin egmadi, yurgandir magʻrur.

Na bu shavkatli taxt, na urugʻ aymoq,
Bevafo yaqinlar tirnadi yurak.
Kerakmi insonni yurtdan ayirmoq,
Suyanchiq yoʻqdir onadan boʻlak.

Ey Bobur onasi Qutlugʻ Nigorxon,
Farzandin ortida suyanchiq bir togʻ.
Avlodi yurt uchun berar edi jon,
Yoridan ayrilgan koʻnglida bor dogʻ.

Bobur bormoqdadir Hindiston sari,
Iqbolin koʻzlagan sen yosh bir sulton.
Endi dard, gʻavgʻolar tugarmi bari,
Lek vatan sogʻinchi qiynardi hamon.

Andijon yoʻlida handalak isi,
Vatandan uzoqda joni ham halak.
Ona yurt tomondan uzolmas koʻzi,
Bas, yetar yigʻidan toʻxtagin yurak.

Shunday davlat boʻldi Boburiy nomi,
Zamoni kelganda suribdi davron.
Sher boʻlib jang qilar, shoirdek kuylar,
U asl Turkiydir, asl musulmon

✍️Abdulla Qodiriy ijod maktabining 9 A sinf oʻquvchisi Abdugʻaniyeva Komila

🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating ⬇️

Telegram Facebook
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Chellenj
#Bobur_kabi_seving_Vatanni

Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabining 10-"B"sinf o'quvchisi Mahmarajabova Gulsanam

🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating ⬇️

Telegram Facebook
Audio
#Boburga_ehtirom

📻"Ovozi tojik" radiokanali F‘M 105, 5 to‘lqini, "Adabiyotimiz durdonalari" eshittirishi


📌Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi ustoz va o'quvchilaridan Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti va ijodiga bir nazar...


🎙Ona tili va adabiyoti fani o‘qituvchisi Tog‘aymurodov Abduvoid

🎙10-B sinf o‘quvchisi Mahmarajabova Gulsanam


🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating ⬇️

Telegram Facebook
😄Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida “Barqaror taraqqiyotda ayollar: ilm-fan va sifatli ta’lim” mavzuidagi Xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi.

Unda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Shahlo Turdiqulova ishtirok etdi.

Tafsilotlar O‘zbekiston24 telekanali lavhasida (11.02.2023)
——————————
😄В Ташкентском государственном университете востоковедения состоялась международная конференция «Женщины в устойчивом развитии: наука и качественное образование».

В ней приняла участие заместитель министра высшего образования, науки и инноваций Шахло Турдикулова.

Подробности в репортаже телеканала Узбекистан24 (11.02.2023)

TDSHU Matbuot xizmati/Пресс-служба ТГУВ/Press secretary of TSUOS

🌐Telegram |🌐Facebook |🌐 Youtube |📹 Instagram| 🌐Twitter | 🗄 tsuos.uz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#motivatsiya

Qattiq mehnat evaziga eng katta mukofot – inson uni evaziga nima olishida emas, balki uni qilgandan so‘ng kimga aylanishidadir...

©Jon Raskin


🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating ⬇️

Telegram Facebook
#happy_Bobur_day

🅱️ugun 14-fevral, haftaning seshanba kuni.

📌Ushbu sanada shox va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud topgan.

📍Boburning otasi — Umarshayx Mirzo Fargʻona viloyati hokimi, onasi — Qutlugʻ Nigorxonim Moʻgʻuliston xoni va Toshkent hokimi Yunusxonning qizi edi. Bobur ota tomondan Amir Temurning uchinchi o‘g‘li Mironshoh Mirzo naslidan bo'lsa, ona tomonidan Tug‘luq Temurxonning o‘g‘li Xizr Xo‘jaxon naslidan edi uning yettinchi avlodi edi.

🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating ⬇️

Telegram Facebook
#Boburga_ehtirom

BOBUR

Otlar elar shiddatdan terlab,
Yangrar xatar to‘la taqalar,
Hurkib ko‘kka sapchir,patirlab,
Tun uyqusi — qora qarg‘alar.

Otlar elar,
Tillarang xazon
Suvoriylar uzra sochilar,
Elas-elas yangraydi azon —
Tog‘lar uzra osmon ochilar.

Otlar elar og‘zi ko‘pirib,
Uyg‘otgancha mudroq yo‘llarni,
Go‘yo to‘gon bandin o‘pirib,
Toshqin quvib kelar ularni.

“Zahiriddin,qayga borursan,
Bobong yurtin,taxtini tashlab?!
Qora taqdir seni qul kabi
Qayonlarga ketmoqda boshlab?!

Zahiriddin, bu qanday savdo,
Qora hijrat sari yuz tutmoq?
Yuragingni etar-ku ado,
Tirik turib,Vatandan ketmoq?!

Zahiriddin,ortga bir qara,
Ortga boq,ey,sheri sargardon,
Axir,keyin tushlaringda ham,
Bu tuproqni ko‘rmog‘ing gumon”.

Ot pishqirib to‘xtar, chavandoz
Uzangiga tirar oyogin
Va bo‘g‘ziga to‘plar beovoz
Vujudiga to‘lgan ingrogin.

Alam bilan yuragi urar,
Shivirlaydi titroq lablari:
“Hamma yerdan ko‘rinib turar
Samarqandning minorlari”.

✍️Hurshid DAVRON

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating ⬇️

Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Chellenj
#Bobur_kabi_seving_Vatanni

🎙Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabining 9-"B"sinf o'quvchisi Xalilova Mubina

🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating ⬇️

Telegram Facebook
Audio
#Chellenj
#Bobur_kabi_seving_Vatanni

🎙Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabining 9-"B"sinf o'quvchisi Temurbayeva Feruza

🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating ⬇️

Telegram Facebook
Boshda havodur (BESTMUSIC.UZ)
Ozodbek Nazarbekov
#Boburxonlik

Sochiyu qoshiyu kuzidin boshta havodur,
Ne boshda havo — har birisi boshqa balodur.

Qosh yosi bila ul qora kuz gamza uqini
Ushshoqdin uzga soriga otsa khatodur.

Gar chin desangiz, kuzi oning ohui Chindur,
Khattini, khato qilmasangiz, mushki Khitodur.

Evrulsam oning boshiga, topshursam onga jon,
Jonimda havas ulduru boshda bu havodur.

Ishq ichra yoshurgon yurakim qonini, vahkim,
Bu seli sirishkim bori olamga yoyodur.

Bobur desa oyini, ne tong, javru jafoliq —
Kim, husn eli oyini, bale, javru jafodur.

🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating ⬇️

Telegram Facebook
ABDULLA QODIRIY IJODI YOSHLAR NIGOHIDA

Joriy yilning 13-18-fevral kunlari bo'lib o'tuvchi "Ma'naviyat haftaligi"ning uchinchi loyihasiga start beriladi.

📌Yoshlarni ajdodlarimizning boy madaniy me'rosiga nisbatan hurmat va ehtirom tuyg'ulari bilan tarbiyalash maqsadida 15-fevral kuni soat 14:00 da Turon kutubxonasida "Abdulla Qodiriy ijodi yoshlar nigohida" mavzusida ilmiy konferensiya bo'lib o'tadi.

Ilmiy konferensiyada quyidagi hollarda ishtirok etishingiz mumkin:
- Kuzatuvchi sifatida;
- Ma'ruzachi sifatida/loyihalar taqdimoti bilan

❗️Ma'ruzachi sifatida yoki loyihalar taqdimoti bilan ishtirok etishni istagan yoshlar uchun:

https://telegra.ph/Abdulla-Qodiriy-ijodi-yoshlar-nigohida-mavzusidagi-ilmiy-konferensiya-02-12

🚀Siz ham mazkur konferensiyada ishtirok etishni istaysizmi? U holda darhol @Komila_HAMROYEVA manzili orqali hoziroq ro'yxatdan o'ting.

Ro'yxatga olish 14-fevral kuni soat 12:00 ga qadar davom etadi. Joylar soni chegaralangan!

🔎
@universe_evh
🔎
@Poytaxt_sardorlari_official
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Chellenj
#Bobur_kabi_seving_Vatanni

🎙Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabining rus tili fani o'qituvchisi Leyla Tagiyeva

🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating ⬇️

Telegram Facebook
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Chellenj
#Bobur_kabi_seving_Vatanni

🎯Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabining Tabiiy fanlar metod birlashmasi o'qituvchilari

🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating ⬇️

Telegram Facebook
Toshkent, Andijon va Qarshidagi “Zamin Creative” inklyuziv ijod studiyalariga qabul o‘tkazilmoqda.
“Zamin Creative” ta'lim dasturi aktyorlik mahorati, Fashion Design va mediasavodxonlik sohalarida ko‘nikmalar egallashga qaratilgan.
“Zamin Creative” loyihasining hamkorlari - O’zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi va “Digital Generation Uzbekistan” NNM.

15 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar tanlov asosida “Zamin Creative” ishtirokchisiga aylanishlari mumkin.
Ro‘yxatdan 22-fevralga qadar bu yerda o‘tish mumkin.



Проводится набор в инклюзивные творческие студии Zamin Creative в Ташкенте, Андижане и Карши.
Образовательная программа Zamin Creative нацелена на получение навыков в сфере актерского мастерства, Fashion Design и медиа грамотности.
Партнёрами проекта Zamin Creative выступают Министерство дошкольного и школьного образования и ННУ Digital Generation Uzbekistan.

Стать участником Zamin Creative на конкурсной основе могут подростки от 15 до 18 лет.
Зарегистрироваться до 22 февраля можно здесь.

Zamin | Facebook | Instagram
#jarayon

10-"A sinfda ona tili fanidan tashkil etilgan bugungi darsda o'quvchilar mashhur tadbirkor " Alibaba" kompaniyasining asoschisi Jek Manning yoshlarga yo'llagan murojaat matni bilan tanishdilar.

📌Qizg'in bahs va mulohazalarga boy bo'lgan ushbu dars orqali o'quvchilarda kelajakka ishonch, optimist bo'lish, hech qachon taslim bo'lmaslik ko'nikmalari shakllantirildi.Ushbu matn Z.M.Bobur hayotiga bog'lab tahlil qilinar ekan, yoshlar qalbiga ulug' ajdodlarimizga bo'lgan faxr va iftixor, Vatanparvarlik tuyg'ulari singdirildi.

Ona tili va adabiyoti fani o'qituvchisi Ibragimova Nilufar

🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating ⬇️

Telegram Facebook
#Bobur_tavalludining_540_yilligi
#Fotoreportaj

Alisher Navoiy tavalludining 582 yilligi va Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 540 yilligiga bag'ishlab "Tarix qa'rida ikki yulduz" nomli bayram tadbiridan fotoreportaj.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube